Moscow Technological Institute

Hozirgi vaqtda Rossiyaning kadrlar bozorida hatto eng ommaviy faoliyat sohalarida ham yuqori malakali mutaxassislar taqchilligi sezilayotgani hech kimga sir emas. Bu muammo barcha davralarda va barcha darajalarda — hukumat majlislari va ilmiy-ma’rifiy konferentsiyalardan ish beruvchilar va kadrlar xizmatlari mutaxassislari ishtirokidagi biznes-forumlargacha — qizg‘in muhokama qilinmoqda. Mazkur muammoni yechish har bir inson uchun ochiq bo‘lgan yuqori sifatli va uning butun kasbiy faoliyati jarayonida uzluksiz ta’lim tizimini yaratishni taqozo qiladi.

Moscow Technological Institute ta’lim sifatining yuqoriligi, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, dunyoning istalgan nuqtasida turib o‘qish imkoniyatining mavjudligi bilan boshqa oliy o‘quv yurtlaridan ajralib turadi. MTI — bu jahonda oliy ta’lim sohasida to‘plangan eng yaxshi tajribani o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlod oliy ta’lim muassasasi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

MTI tarixi Rossiya Federatsiyasi hukumatining Rossiya ta’lim tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish sohasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va uning maxsus bo‘linmalari (UNESCO va UNIDO) bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslaridan boshlangan. Mazkur hamkorlik doirasida Rossiyada «XXI asr ochiq ta’lim tizimi» global dasturi amalga oshirilmoqda. Bu dastur bir-biri bilan bog‘langan ikki loyiha — «Yangi axborot muhitida distantsion ta’lim» (Descop) va «Butunjahon texnologiya universiteti» (hozir — MTI)ni o‘z ichiga oladi.

Moscow Technological Institute o‘z distantsion ta’lim metodikalarini ishlab chiqish va amalga samarali joriy etish orqali ta’limning ochiqligi va uzluksizligi muammolarini hal etgan. Ayni vaqtda MTI filiallar va vakolatxonalar keng xalqaro tarmog‘iga ham ega. MTIda ko‘p sonli o‘qituvchilar va tyutorlar mehnat qiladi, ular barcha xohlovchilarga ularning yashash joyi, yoshi, sog‘lig‘ining holati, ijtimoiy mavqei va mavjud ma’lumot darajasidan qat’i nazar, sifatli ta’lim olishda madad ko‘rsatadi.

Hozirgi vaqtda MTI Moskva shahridagi eng yirik oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. U ta’lim sohasida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish borasida ko‘p yillik tajribaga ega. MTIni tamomlagan minglab yuqori malakali mutaxassislar Rossiyaning barcha mintaqalarida mamlakat iqtisodiyotining ravnaqi yo‘lida mehnat qilmoqdalar. MTI Rossiyada yangi avlod ta’lim tizimini yanada rivojlantirish ustida birgalikda ish olib borish uchun bir qator nufuzli o‘quv yurtlarini birlashtirgan «Zamonaviy ta'lim» xoldingida haqli ravishda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

Agar siz hozirgi zamon iqtisodiyotining istiqboli porloq sohalaridagi kadrlar bozorida talab etilgan chinakam professional bo‘lishni istasangiz, MTI ta’lim dasturlari orasida o‘zingizning hozirgi ma’lumot darajangiz va shaxsiy imkoniyatlaringiz (yoshingiz, ijtimoiy mavqeingiz, yashash joyingiz, sog‘lig‘ingizning holati, bandlik darajangiz)ga mos keladiganini albatta topasiz.

Яндекс.Метрика