MTIda ishlang

Moskva texnologiya instituti printsiplari va qadriyatlari unga Rossiya va MDHdagi eng zamonaviy texnologik oliy o‘quv yurtlaridan biriga aylanish imkonini berdi.

Hozirgi vaqtda MTIda Moskva, Sankt-Peterburg, Almati, Asbest, Vladivostok, Yekaterinburg, Kiev, Krasnodar, London, Novosibirsk, Orenburg, Palo-Alto (Kaliforniya), Praga, Taganrog, Xabarovsk va Chimkentda 500 dan ortiq odam mehnat qiladi.

Biz ishdan lazzat olish zarur deb hisoblaymiz, shu sababli qiziqarli loyihalar, murakkab vazifalar, ularni yechish uchun zamonaviy usullar va vositalar taklif qilamiz. Ochiqlik printsiplariga asoslangan korporativ madaniyat Moskva texnologiya instituti xodimlariga ham shaxsiy, ham kasbiy jihatdan muntazam rivojlanish, shuningdek o‘z g‘oyalari bilan yuqori rahbariyatga chiqish va ularni amalga oshirish imkonini beradi.

Biz menejerlar, o‘qituvchilar, marketologlar, dasturiy ta’minot ishlovchilari, axborot texnologiyalari mutaxassislari va kompaniyaning boshqa xodimlariga mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish uchun keng imkoniyatlar yaratamiz.

Bugungi kunda MTIda quyidagi vakansiyalar ochilgan:

Moskva texnologiya instituti — bu yuqori malakali boshqaruvchilar, menejerlar, o‘qituvchilar va turli soha mutaxassislaridan iborat komanda. Biz sizga ularning safiga qo‘shilishni va jahondagi yirik va mashhur kompaniyada ishlashning barcha afzalliklaridan foydalanishni taklif qilamiz.

Moskva texnologiya instituti xodimlari:

  • butun dunyo bo‘ylab zamonaviy va qulay ofislarda ishlaydi
  • RF Mehnat kodeksida nazarda tutilgan tartibda ishga joylashtiriladi va ijtimoiy ta’minotga ega bo‘ladi
  • raqobatbardosh rasmiy ish haqini o‘z vaqtida olib turadi
  • kasbiy va shaxsiy o‘sish uchun barcha imkoniyatlarga ega
  • eng yaxshi o‘qituvchilar va ekspertlar qo‘lida kompaniya hisobidan ta’lim oladi

Agar Siz mos keladigan vakansiyani topmagan, lekin bizda ishlashni juda xohlayotgan bo‘lsangiz, o‘z rezyumengizni quyidagi manzilga yuboring: adm@mti.edu.ru. Sizning nomzodingiz ma’lumotlar bankiga kiritiladi va yangi vakansiyalar ochilganda biz albatta Siz bilan bog‘lanamiz.

Яндекс.Метрика