Talabalar uchun asbiy faoliyat

Bugungi kunda Moskva texnologiya instituti mansab pillapoyalaridan ko‘tarilishni kafolatlaydigan zaruriy kasbiy tayyorgarlikdan o‘tish uchun imkoniyat yaratadi.

MTI o‘z sohalarida peshqadamlik qiluvchi «MTS» OAJ va «Pruffi» internet-rekruting agentligi singari yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilish orqali talabalar va bitiruvchilarga turli darajadagi rahbarlar, menejer, marketolog, dasturiy ta’minot ishlovchisi, axborot texnologiyalari mutaxassisi lavozimlariga ishga joylashishda har tomonlama ko‘maklashadi.

Moskva texnologiya instituti Rossiya va MDH mamlakatlaridagi yetakchi telekommunikatsion operator — «MTS» kompaniyasi bilan hamkorlikda sizga mamlakatdagi eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan biriga ishga joylashish imkoniyatini taklif qiladi.
Hozirgi vaqtda «MTS chakana savdo tarmog‘i»da quyidagi ochiq vakansiyalar bor:

MTS komandasiga qo‘shiling!

Magazin-Salon rahbari

Vazifalari:

  • sotuvlar ofisi uzluksiz ishlashini ta’minlash
  • savdo nuqtasi assortimentini aktual holatda saqlash, hisobot
  • ma’muriy muammolarni hal qilish
  • hujjatlarni ko‘rib chiqish
  • xodimlar (3-7 kishi)ga ish o‘rgatish
  • tovarni sotish va qabul qilish

Talablar:

Yoshi: 18 — 45 yosh
Fuqaroligi: RF, Belorussiya
Ma’lumoti: to‘liq o‘rta
Ish tajribasi: rahbarlik lavozimlarida kamida 1 yil (mobil riteyl sohasida)
Ish haqi: qayd etilgan maosh 26 000 rubl + har oylik bonuslar (26 000 rubl va undan ortiq)

Biz quyidagilarni bajonidil taqdim etamiz:

  • Ish grafiki 5/2 (10 soatdan) + suzuvchan dam olish kunlari
  • Mehnat haqini o‘z vaqtida to‘lash
  • RF Mehnat kodeksi bo‘yicha ishga rasmiylashtirish (tibbiy sug‘urta, 28 kunlik mehnat ta’tili, haq to‘lanadigan talabalik ta’tillari va kasallik varaqalari)
  • Ixtiyoriy Tibbiy Sug‘urta polisi (xizmatlar ko‘rsatish shaharning eng yaxshi tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladi)
  • Bepul korporativ ta’lim va treninglar, kasbiy rivojlanish va mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish imkoniyatlari
  • Kompaniya mahsulotiga skidkalar
  • Vaqti-vaqti bilan konferentsiyalar va korporativ safarlar
  • Yirik sovrinlar olish imkonini beradigan rag‘batlantirish dasturlari

Agar sizni mazkur vakansiya qiziqtirgan bo‘lsa, o‘z rezyumengizni BogdanovaRR@mtsretail.ru manziliga yuboring yoki kompaniya menejeri Bogdanova Regina bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘laning: +7 (916) 790-54-56, +7 (917) 477-85-55.

MTS komandasiga qo‘shiling!

MTS sotuvlar ofisi mutaxassisi

Vazifalari:

  • Tovarni sotish va mijozlarga maslahatlar berish
  • Mijozlarga, shu jumladan korporativ mijozlarga abonentlik xizmatlari ko‘rsatish
  • Kassa va ichki hujjatlar bilan ishlash
  • Salonda tozalik va tartibni saqlash

Sizdan nima istaymiz:

  • Serg‘ayratlik va tirishqoqlik (biz faqat shunday insonlar yutuqqa erishishiga ishonamiz)
  • Komandada ishlash ko‘nikmasi (nainki mijozlar, balki o‘z hamkasblaringiz bilan ham xushmuomala bo‘ling)
  • Keng dunyoqarash (biz o‘z bilimlarimiz va tajribamizni har bir xodim bilan o‘rtoqlashishga tayyormiz)

Talablar:

Yoshi: 18 — 45 yosh
Fuqaroligi: RF, Belorussiya
Ma’lumoti: to‘liq o‘rta
Ish tajribasi: shart emas

Яндекс.Метрика