WTU UNESCO logo (Логотип всемирного технологического университета UNESCO)

 

Moscow Technological Institute tarixi

XX asrning 80-yillaridayoq UNESCO a’zolari yuksak texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi sa’y-harakatlarning internatsionallashuvi, hamma uchun ochiq bo‘lgan va uzluksiz texnologik ta’limni ta’minlash, shuningdek oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘zaro aloqani mustahkamlashga qaratilgan texnik oliy o‘quv yurtlari xalqaro tarmog‘i g‘oyasini ilgari surgan edilar. Bunday tarmoqni yaratishni fan-texnika taraqqiyotining misli ko‘rilmagan darajadagi jadal sur’atlari, mazkur jarayon natijalarining globallashuvi, o‘z bilimlaridan jamiyat ravnaqi yo‘lida foydalanish va yuz berishi mumkin bo‘lgan texnogen halokatlarning oqibatlari uchun texnik mutaxassislar mas’uliyatining sezilarli darajada oshishi taqozo qilgan edi. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish uchun butun jahondagi eng yaxshi o‘quv yurtlarini jalb qilish, bilim berish jarayonini arzonlashtiradigan zamonaviy texnologiyalarni ishga solishga qaror qilindi.

Siz buni bilasizmi?

UNESCO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti) — BMTning asosiy vazifasi qashshoqlikka barham berish va xalqlar o‘rtasida umumiy qadriyatlarni asoslashga asoslangan muloqot o‘rnatish orqali tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirishdan iborat bo‘lgan ixtisoslashgan agentligi.

UNESCO tashkiloti 1945 yil 16 noyabrda, UNESCO Ustavini qabul qilish bilan yakunlangan BMT London Konferentsiyasining oxirgi kuni tashkil etilgan. Ustav bir yildan so‘ng ratifikatsiya qilingan, 1946 yil 19 noyabrda esa Sorbonna Universiteti (Parij)da tarixda birinchi UNESCO Bosh Konferentsiyasi ochilgan, unda 30 mamlakat vakillari ishtirok etgan. Hozirgi vaqtda tashkilot tarkibiga 193 haqiqiy va 7 kuzatuvchi a’zo-davlatlar kiradi. UNESCO qarorgohi Parijda joylashgan, butun dunyoda uning yana 67 byurosi va bo‘linmalari bor.

Yana qarang: UNESCO rasmiy sayti va Wikipedia dagi sahifa

UN logo

 

Moscow Technological Institute tarixi Rossiya Federatsiyasi hukumati Rossiya ta’lim tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish sohasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va uning maxsus bo‘linmalari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha bir qator tashabbuslarni ilgari surgan XX asrning 90-yillaridan boshlanadi.

Siz buni bilasizmi?

Birlashgan Millatlar Tashkiloti — Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng 51 davlat vakillari tomonidan butun dunyoda tinchlik va xavfsizlikni quvvatlash, mamlakatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, ijtimoiy taraqqiyotga va yer yuzida yashaydigan barcha xalqlarning turmush darajasini yaxshilashga ko‘maklashish uchun ta’sis etilgan xalqaro tashkilot. BMT vakolatlari unga keng doiradagi masalalar bo‘yicha bevosita faoliyat olib borish imkonini beradi, tashkilotga a’zo 192 davlat vakillari esa BMT Bosh Assambleyasi, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, shuningdek uning boshqa organlari va qo‘mitalari majlislarida ishtirok etish orqali o‘z nuqtai nazarini bildirish va jahondagi voqealarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

BMT maxsus muassasalari qatoriga Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, BMTning Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti (UNIDO), BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti (UNESCO) va boshqa obro‘li tashkilotlar kiradi.

UNESCO logo

  1993 yil 25 iyun, Moskva. Rossiya Federatsiyasi bilan BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti (UNESCO) o‘rtasida o‘zaro aloqa to‘g‘risida MemorandumМеморандум о взаимодействии РФ и UNESCO imzolandi.

UNIDO logo

 

1993 yil 8 iyul, Jeneva. Rossiya Vazirlar Kengashi — Hukumati bilan BMTning Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti (UNIDO) o‘rtasida sanoatni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Siz buni bilasizmi?

BMTning Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti, YUNIDO (ingl. UNIDO — United Nations Industrial Development Organization) — Birlashgan Millatlar Tashkilotining ishlab chiqarish unumdorligini oshirish yo‘li bilan qashshoqlikka qarshi kurashuvchi ixtisoslashgan tashkiloti.

Tashkilot o‘z maqsadlariga erishish uchun bilimlar, tajriba, axborot va texnologiyalarni safarbar etadi va shu tariqa unumli bandlikka, raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirishga va ekologik barqarorlikni ta’minlashga ko‘maklashadi.

Yana qarang: UNIDO rasmiy sayti va Wikipedia dagi sahifa (ingl. tilida)

 

1995 yil 14 noyabr, Parij. UNESCO, UNIDO va Rossiya Federatsiyasining Oliy ta’lim bo‘yicha davlat qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro tushunish Memorandumi imzolandi. Bu hujjatni imzolashning eng muhim maqsadlaridan biri «XXI asr ochiq ta’lim tizimi» qo‘shma loyihasini amalga oshirishda uch tomonlama hamkorlik hisoblanadi. Mazkur loyihada ishtirok etish prezident B. Yeltsin ko‘rsatmasiga binoan RF Hukumati tomonidan ishlab chiqilgan «Chegarasiz ta’lim» milliy dasturi vazifalarini hal qilish imkonini berar edi. Qo‘shma xalqaro dasturni amalga oshirish uchun asos sifatida ikki loyiha — «Butunjahon texnologiya universiteti» va «Yangi axborot muhitida distantsion ta’lim», DESCOP belgilandi.

 

1995 yil 25 oktyabr — 16 noyabr, Parij. UNESCO Bosh konferentsiyasining 28-sessiyasida Rossiya Federatsiyasi Oliy ta’lim bo‘yicha davlat qo‘mitasining bir qator xalqaro va milliy ta’lim dasturlarini, shu jumladan «Butunjahon texnologiya universiteti» loyihasini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish to‘g‘risida rezolyutsiya loyihasi (28 C/DR. 235) ishlab chiqish uchun qabul qilindi.

  1996 yil 10 iyul, Moskva. UNESCO va Butunjahon texnologiya universiteti o‘rtasida o‘zaro aloqa to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Bu hujjatda BTU «mustaqil namunali ilmiy-ta’lim markazi» sifatida e’tirof etiladi.
1997 yil 6 yanvar, Moskva. Rossiya Federatsiyasi Hukumatining Hukumat Raisi V. Chernomirdin tomonidan imzolangan 13-r-son Farmoyishi qabul qilindi. Mazkur hujjatda RF Ta’lim vazirligiga Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda «RFda Butunjahon texnologiya universiteti va UNESCOning ta’lim va yangi axborot texnologiyalari sohasidagi siyosat bo‘yicha institutini tashkil etish tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlash», shuningdek Rossiya Davlat mulk qo‘mitasi bilan hamkorlikda mazkur muassasalarga Ta’lim vazirligiga biriktirilgan Moskvadagi Kedrov ko‘chasida joylashgan binolarni taqdim etish buyurildi.
1997 yil 2 oktyabr, Moskva. Butunjahon texnologiya universiteti Rossiya Federatsiyasi hududida Moskva Hukumati huzuridagi Moskva registratsion palatasidan yuridik ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma oldi.

N.G. Malishev

 

1998 yil, Moskva. BTU Prezidenti etib Ta’lim vazirligining 1925-son buyrug‘i bilan Rossiya fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, professor Nikolay Malishev tayinlandi.

N.G. Malishev

Nikolay Grigoryevich Malishev 1945 yil Moskvada tug‘ilgan. 1969 yilda u Taganrog radiotexnika instituti (TRTI)ni «Avtomatika va telemexanika» ixtisosligi bo‘yicha tamomladi, nomzodlik dissertatsiyasini muddatidan ilgari yoqladi va 31 yoshida o‘zi o‘sib voyaga yetgan kafedra rahbariga aylandi, 1982 yilda «Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari kafedrasi»ni tashkil etdi va unga rahbarlik qila boshladi, 1986 yilda esa TRTI rektori lavozimiga tayinlandi. Ayni vaqtda N.G. Malishev «Sistemotexnika» ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga rahbarlik qildi va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari sohasida tadqiqot faoliyatini olib bordi, 1979 yilda unga texnika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi. 1991 yilda u «Axborot texnologiyalari» ixtisosligi bo‘yicha Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir a’zoligiga saylandi. N.G. Malishev 129 ilmiy ish, shu jumladan 1 monografiya, 3 kitob muallifi va 8 ixtirolar to‘g‘risidagi mualliflik guvohnomalari egasi.

1990 yildan 1992 yilgacha N.G. Malishev RSFSR Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari va RSFSR fan va oliy maktab ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi lavozimlarini egalladi.

1992 yildan 1998 yilgacha u Fan va oliy maktab ishlari bo‘yicha RF Davlat maslahatchisi, Fan va oliy maktab ishlari bo‘yicha RF Prezidenti Maslahatchisi, RF Prezidenti ma’muriyatining Prezident dasturlari markazi rahbari, RF Prezidenti huzuridagi Ilmiy-texnika siyosati bo‘yicha Kengash Kotibi, RF haqiqiy davlat maslahatchisi lavozimlarida ishladi.

Hukumatdagi ish bo‘yicha o‘z hamkasbi, RF Oliy ta’lim bo‘yicha davlat qo‘mitasi va RF Ta’lim vaziri lavozimlarini oldinma-ketin egallagan V.G. Kinelev bilan hamkorlikda N.G. Malishev o‘zining Rossiyada «xalqaro darajadagi zamonaviy oliy o‘quv yurti»ni tashkil etish orzusini UNESCO va xorijiy o‘quv muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali ro‘yobga chiqarish ustida hormay-tolmay ish olib bordi. Ko‘p jihatdan Malishevning sa’y-harakatlari bilan «yangi axborot texnologiyalari» Rossiya ta’limidan mustahkam o‘rin oldi va Butunjahon texnologiya universiteti (BTU) ularni ishga solgan dastlabki o‘quv yurtlaridan biriga aylandi. Mazkur o‘quv maskanini rivojlantirish uchun Malishev hukumatdagi ishni tashlab ketdi. 1998 yildan beri N.G. Malishev RF Oliy ta’lim bo‘yicha davlat qo‘mitasi va UNESCO Butunjahon texnologiya universitetining prezidenti hisoblanadi.

Yana qarang: katta biografik entsiklopediya va Wikipedia dagi sahifa

Federiko Mayor  

1999 yil 10 fevral, Parij. UNESCO Bosh direktori Federiko Mayor va Butunjahon texnologiya universiteti Prezidenti Nikolay Malishev UNESCO va BTU o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzoladilar. Bu hujjatda BTU maqsadlari hamda BTU va UNESCO o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi. Shu sanadan e’tiboran Butunjahon texnologiya universiteti (hozirda Moscow Technological Institute) ta’lim va tadqiqot faoliyatining voqealarga boy tarixi boshlandi.

1999 yil 13 may, Moskva. BTU kontseptsiyasi va sherikchilik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha Birinchi xalqaro maslahat kengashida UNESCO Bosh direktori F. Mayor, Rossiya ta’lim vaziri V. Filippov, 12 mamlakatdan 60 universitet va ilmiy markazlarning 97 vakili, shuningdek rossiyalik sanoatchilar, olimlar va oliy o‘quv yurtlarining rahbarlari ishtirok etdilar. Anjuman doirasida BTU logotipi, BTUda beriladigan daraja va unvonlar, ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar shakli va mazmuni tasdiqlandi. Maslahat kengashi natijalariga ko‘ra BTU tarkibida muhandis kadrlar tayyorlash 18 yo‘nalishi bo‘yicha, shuningdek iqtisod, informatika va chet tillar bo‘yicha 25 bo‘lim tashkil etildi. Rossiyaning 82 oliy o‘quv yurti hamda bir qator xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan bitimlar imzolandi.

Moscow Business School

 

1999 yil 11 noyabr, Parij. UNESCO Bosh konferentsiyasining 30-sessiyasida 30 C/DR. 94 rezolyutsiyasi loyihasi ishlab chiqish uchun qabul qilindi. Unda Rossiyadagi Butunjahon texnologiya universiteti bilan yaqinlashish va unga ko‘maklashish bo‘yicha «2000-2001 yillar uchun dastur va byudjet loyihasi (30 S/5)»ga bir qator tuzatishlar kiritildi. Rezolyutsiya loyihasida UNESCO va BTU o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning 1995–1999 yillardagi qisqacha tarixi bayon etilgan.

2000 yil, Moskva. 1999 yilda qabul qilingan UNESCO rezolyutsiyasi loyihasiga muvofiq, UNESCO vakillari, «BTU» Muassislar Kengashi a’zolari va «BTU» rahbariyati ishtirokida xalqaro maslahat kengashi o‘tkazildi, natijada UNESCO Butunjahon texnologiya universitetiga rivojlanish va o‘z rejalarini amalga oshirish borasida ko‘mak ko‘rsatdi.

2000 yil, Moskva. Rossiya Federatsiyasida o‘rnatilgan tartibga muvofiq Butunjahon texnologiya universiteti akkreditatsiya qilingan oliy o‘quv yurti maqomini oldi.

2003 yil, Orenburg. Butunjahon texnologiya universiteti o‘zining birinchi filiali ni ochdi..

2006 yil 05 fevral. Taqsimlangan turdagi korporativ axborot-ta’lim muhitini rivojlantirish kontseptsiyasiga muvofiq Butunjahon texnologiya universitetining bir nechta bo‘linmalari tashkil etildi: Yuksak texnologiyalar xalqaro markazi (Taganrog sh.), Moscow Business School biznes-ta’lim departamenti (Moskva sh.), Rossiya va MDHning turli shaharlarida 5 vakolatxona, Rossiya va MDHning turli shaharlarida bir qator vakolatxonalar.

Siz buni bilasizmi?

Moscow Business School — BTU (hozirda Moscow Technological Institute) ning yetakchi ta’lim markazlaridan biri bo‘lib, unda Rossiya va g‘arb bozorlarida peshqadamlik qilayotgan kompaniyalarning xodimlari ta’lim oladi. Moscow Business School — bu yuqori malakali mutaxassislar: boshqaruvchi, menejer, trener va amaliyotchilar komandasi bo‘lib, o‘qish jarayonida ular bilan muloqot qilish tinglovchilarga yangi bilim va g‘oyalarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda, ularni amalga tatbiq etishga turtki ham beradi.

Moscow Business School filiallari Rossiyaning barcha yirik shaharlarida, MDH mamlakatlarida, shuningdek Buyuk Britaniya, Shveytsariya va AQShda ishlab turibdi. Moscow Business School mutaxassislari dunyo bo‘ylab vakolatxonalar tarmog‘ini rivojlantirmoqdalar. Bundan ko‘zlangan maqsad — biznes va ta’limning barcha sohalaridagi yangi jarayonlar va dolzarb axborotni joylarda, xususan Rossiya mintaqalarida va jahonning biznes poytaxtlarida kuzatib borish.

Yana qarang: Moscow Business School rasmiy sayti va Wikipedia dagi sahifa

 

2007 yil 04 iyul, Moskva. UNESCO byurosi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiyadagi Butunjahon texnologiya universitetini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. UNESCO va BTU uchun diqqatga sazovor bo‘lgan, yaqin kelajak uchun mo‘ljallangan tizimli loyihalar belgilandi.

2007 yil 11 iyul, Moskva. Muassislar Kengashining 1999 yil 13 maydagi 4-son qaroriga muvofiq BTU logotipi, shuningdek BTUda beriladigan daraja va unvonlar, ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar shakli va mazmuni tasdiqlandi, BTU Bayrog‘ining ikkinchi tahriri tayyorlandi.

2007 yil 07 sentyabr, Moskva. Ta’lim bo‘yicha federal agentlik Butunjahon texnologiya universitetini «O‘quv yurtlari darajasida elektron ta’limni joriy etish mexanizmini ishlab chiqish (O‘quv jarayoni standartlari, texnologiyalari, pedagogikasi, o‘quv jarayonini tashkil etish, sifatni xalqaro standartlar asosida boshqarish)» loyihasi bo‘yicha «2006–2010 yillarda ta’limni rivojlantirish maqsadli federal dasturi tanlovi» g‘olibi deb topdi (F-370-son), u bilan tegishli davlat kontrakti tuzdi.

   

2007 yil 22 noyabr, Moskva. Rossiya Fanlar akademiyasida Butunjahon texnologiya universitetining 10 yilligi tantanali ravishda nishonlandi. Marosimda UNESCOning Moskvadagi Byurosi direktori Dendev Badarch, Rossiya Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, BTU mutasaddilar kengashi raisi Nikolay Lavyorov, BTU prezidenti Nikolay Malishev, BTU rektori Vasiliy Soldatkin va boshqalar so‘zga chiqdilar. Tadbirda RF Davlat Dumasi ta’lim va fan bo‘yicha qo‘mitasi rahbarlari, Ta’lim va fan sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati, Ta’lim bo‘yicha federal agentlik, Ta’lim sifati va mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish ustidan jamoatchilik nazorati bo‘yicha agentlik vakillari, Rossiya oliy o‘quv yurtlarining rektorlari, Rossiya Fanlar akademiyasi va Rossiya Ta’lim akademiyasi akademiklari ham ishtirok etdilar.

 

2010 yil 2 fevral, Moskva. Moskva Hukumatining Moskva shahar davlat ramzlaridan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalar berish bo‘yicha Idoralararo Komissiyasi qaroriga binoan (2010 yil 20 yanvardagi 1-son qaror) BTU «Moskva» ramziy so‘zidan va uning asosida tashkil etilgan so‘zlar va so‘z birikmalaridan yuridik shaxs nomida, matbuotda, blanklarda va reklama e’lonlarida foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma oldi.

Moscow Technological Institute  

2010 yil 31 may, Moskva. Butunjahon texnologiya universiteti Moscow Technological Institute (MTI) deb qayta nomlandi.

2010 yil 19 iyul, Moskva. Moscow Technological Institute Rossiya Federatsiyasi hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan yangi litsenziya hamda akkreditatsiya oldi, bakalavriat, magistratur, MVA va MRA dasturlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha davlat namunasidagi ma’lumot to‘g‘risida hujjat berish huquqiga ega bo‘ldi.

2010 yil 1 sentyabr, Moskva. Navbatdagi o‘quv yilining boshlanishi bilan bir vaqtda biznes-ta’lim yangi dasturlarining butun bir turkumi — biznesni boshqarish bakalavri (Bachelor of Business Administration, BBA) amalga kiritildi.

2010 yil 15 dekabr, Moskva. MTI RIER sistemasida sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o‘tdi va energoauditorlar bilan energoekspertlarga ta’lim beruvchi vakolatli o‘quv-uslubiy markaz maqomini oldi.

2011 yil 20 fevral, Moskva. Moscow Technological Institute yangi kasbni qisqa muddatda (6-8 oy) va mehnat faoliyatidan ajralmasdan o‘zlashtirish imkonini beruvchi kasbiy qayta tayyorlash dasturlari turkumini amalga kiritdi.

2011 yil 21–23 fevral, Praga, Berlin. Moscow Technological Institute Germaniyada (Berlin shahri) va Chexiya Respublikasida (Praga shahri) o‘z filiallarini ochdi.

2011 yil 21 fevral, Moskva. Ta’lim va fan vazirligi Ta’lim va fan sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmatining «Ta’lim muassasalari (tashkilotlari) va ilmiy tashkilotlarning davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risida» 2011 yil 21 fevraldagi 383-son buyrug‘iga binoan MTI barcha MVA dasturlari va kasbiy qayta tayyorlash dasturlari bo‘yicha davlat namunasidagi diplomlar berish huquqi bilan davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etildi.

Яндекс.Метрика