O‘quv jarayoni moddiy-texnika ta’minoti

Binolar
Moscow Technological Institute ta’lim faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish uchun foydalaniladigan binolarning umumiy maydoni o‘n ming kvadrat metrdan ortiq. O‘quv korpuslari Moskva shahrining talabalar qatnashi uchun qulay bo‘lgan hududlarida joylashgan.

Binolar tarkibiga o‘quv mebeli, ko‘rgazmali-uslubiy qo‘llanmalar va stendlar bilan jihozlangan ma’ruza auditoriyalari, lingafon kabinetlari, amaliy mashg‘ulotlar uchun asbob-uskunalar, laboratoriyalar, kompyuter sinflari va ma’muriy binolar kiradi.

Xavfsizlik
Binolar xavfsizligi Davlat Yong‘in Nazorati talablariga to‘la mos keladi — yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish to‘g‘risida, institut binolari sanitariya-epidemiologiya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar mavjud.

Sport maydonchalari
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun bino institut ijaraga olgan hududda joylashgan. Talabalarning mashg‘ulotlari tasliqlangan grafikka binoan, kerakli sport anjomlari: gimnastika snaryadlari, voleybol to‘rlari, to‘plar, turniklar va hokazolardan foydalangan holda o‘tkaziladi.

Tibbiy xizmatlar ko‘rsatish
Institut o‘zining maxsus jihozlangan xonalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzgan.

Tibbiyot shoxobchasida quyidagi ishlar bajariladi:

  • har yili talabalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish (sentyabr-oktyabrda);
  • birinchi kurs talabalarini birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish, ularning har biriga tibbiy karta yuritish;
  • profilaktik emlashlar, vaktsinatsiyalar o‘tkazish;
  • har yili sil kasalligining oldini olish uchun barcha talabalarni flyuorografik ko‘rikdan o‘tkazish;
  • stomatologik yordam ko‘rsatish;
  • birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, talabalar va o‘qituvchilarni dori-darmonlar bilan bepul ta’minlash;
  • sanitariya-oqartuv ishini olib borish (kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va hokazolar uchun talabalarning turli soha shifokorlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish);
  • talabalarga fakultetlarning dekanatlariga taqdim etish uchun tibbiy ma’lumotnomalar berish;
  • shifokorlar tayinlagan davolash tadbirlari (inyektsiyalar, bog‘ich qo‘yish va h.k.)ni o‘tkazish.

Ovqatlanish
Talabalar va xodimlar uchun umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ovqatlanish tashkil etilgan.

Axborot texnologiyalari
Barcha sinflar Internet tarmog‘iga (kanalning o‘tkazish qobiliyati 8 mb/c), shuningdek institut kutubxonasining elektron resurslariga ulangan.

Laboratoriyalar
Moscow Technological Institute 5 laboratoriyani o‘z ichiga oladigan moddiy-texnika bazasiga ega. Asbob-uskunalar holati va xonalarning jihozlanishi barcha zaruriy talablarga mos keladi. Texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilishga doir ro‘yxatdan o‘tkazish jurnallari mavjud. Laboratoriyalar va xonalar o‘t o‘chirish vositalari bilan me’yorlarga muvofiq ta’minlangan.

MTI o‘quv-laboratoriya majmuasiga quyidagi binolar kiradi:

Яндекс.Метрика