Hamkorlik haqida taklif

MTI maqsadlari

  • Barcha ijtimoiy tabaqa vakillarining ko‘p darajali kasb-hunar ta’limiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;
  • Ta’limni tashkil etish kompaund (qo‘shma) sxemasiga ega bo‘lgan global ta’lim tizimini yaratish hamda uni boshqarishni takomiliga yetkazish;
  • Akademik ayirboshlash tizimini rivojlantirish;
  • Jahon hamjamiyati yagona axborot-ta’lim muhitini yaratish.

MTI bilan hamkorlik jarayonida tashkilotlarga beriladigan imtiyozlar

  • O‘quv ahamiyatiga molik to‘liq matnli resurslarning integral elektron kutubxonasi (100 Gb dan va 20 000 nomdan ortiq);
  • O‘qituvchi-konsultantlarning har bir fan bo‘yicha alohida tizimlashtirilgan integral bazasi;
  • Bilimlarni nazorat qilish korporativ taomillari uchun har bir fandan test topshiriqlari (AST va FEPO) integral bazasi (of- va onlayn-testlash);
  • MTI korporativ axborot portali tarkibida namunaviy veb-sayt (bepul xosting va diskda ancha keng o‘rin);
  • Internet orqali ta’lim olayotgan kontingent uchun «Rossiya ochiq ta’lim portali» federal ta’lim portali, LMS Moodle va LearningSpace vositalaridan tekinga foydalanish imkoniyati

Taklif qilinadigan hamkorlik shakllari

  • Kasb-hunar tayyorgarligi, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasida ta’lim loyihalarini amalga oshirishda MTI manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish; maqsad — Rossiya Federatsiyasi, MDH davlatlari va boshqa mamlakatlar hududida yagona marketing siyosatini ta’minlash;
  • Barcha ta’lim dasturlarini distantsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish uchun tashkiliy-uslubiy va telekommunikatsion sharoitlar yaratish maqsadida MTI hududiy byurosi (hududiy shoxobchasi)ni tashkil etish; byuro tashkil etish uchun ta’lim sohasida litsenziya talab etilmaydi;
  • Ta’lim franchayzingi shartnomasini tuzish; ushbu shartnoma bo‘yicha sherik MTI dasturlari, texnologiyalariga ko‘ra va uning nazorati ostida ishonchli va sertifikatlashtirilgan ta’lim jarayonini amalga oshiradi, sherikda ta’lim sohasida litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda, «qo‘sh diplom» dasturi amalga oshirilishi, shuningdek sherik va MTIning qo‘shma bo‘linmasi tashkil etilishi mumkin;
  • O‘rta maktablarning 10-11 sinflari negizida MTI litsey sinfini tashkil etish;
  • MTI butun tarmog‘i (mintaqaviy va xalqaro) bo‘ylab sherikning ta’lim xizmatlari, dasturlari va boshqa mahsulotlarini ilgari surish va amalga oshirish uchun ta’lim provaydingi shartnomasini tuzish;
  • MTI ta’lim-konsalting xizmatlari, dasturlari va boshqa mahsulotlarini sherik mintaqasida yoki o‘zi uchun ustuvor bo‘lgan bilimlar sohasida ilgari surish va amalga oshirish uchun ko‘p funktsiyali ta’lim yoki konsalting qo‘shma tashkilotini ta’sis etish, bu holda sherik-tashkilot sho‘’ba muassasa hisoblanadi va MTIning to‘la huquqli strategik sherigiga aylanadi;
  • MTI ochiq ta’lim tizimi (MTI OTT)da bakalavrlar va magistrlar tayyorlash ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish va konsaltingni tashkiliy-uslubiy quvvatlash, MTI talabalari va tinglovchilari MTI OTTdan foydalanishlari uchun hududiy shoxobcha tashkil etish, shuningdek BTU manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish huquqini tasdiqlovchi tashkiliy sertifikatlashtirish.

Shartnomalar va bitimlar

Bosh bitimlar

Ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim (loyiha)
Akademik hamkorlik to‘g‘risida bitim (loyiha)
«BTU» MTI manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish to‘g‘risida shartnoma (loyiha)

«BTU» MTI hududiy Byurosi (hududiy shoxobchasi)ni tashkil etish. Byuro uchun ta’lim sohasida litsenziya talab etilmaydi.

Butunjahon texnologiya universiteti ochiq ta’lim tizimiga qo‘shilish uchun hududiy shoxobcha tashkil etish bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi (loyiha)
Qo‘shimcha bitim (loyiha)

Ta’lim franchayzingi shartnomasi. Sherik va BTU qo‘shma bo‘linmasi tashkil etilishi mumkin.

Ko‘p darajali ochiq uzluksiz kasb-hunar ta’limi sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma (loyiha)
Hamkorlik printsiplari va moliyaviy hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risida bitim (loyiha)
Axborot resurslaridan foydalanish to‘g‘risida bitim (loyiha)
«BTU» MTI «1S: Pullik ta’lim hisobini yuritish» yagona tizimida ishlash to‘g‘risida bitim (loyiha)
O‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma (loyiha)
O‘rta maktab o‘quvchilari uzluksiz kasb-hunar ta’limi tizimini yaratish va rivojlantirish borasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma (loyiha)

O‘rta maktablarning 10-11 sinflari negizida «BTU» MTI Litsey sinfini tashkil etish.
Maslahat xizmatlari ko‘rsatish uchun shartnoma (loyiha)
Ariza (loyiha)
Sertifikat (loyiha)

Ta’lim provaydingi shartnomasi. «BTU» MTI butun tarmog‘i bo‘ylab oliy ta’lim xizmatlarini ilgari surish va amalga oshirish (Rossiya Federatsiyasi, MDH va uzoq xorij mamlakatlari).

Ta’lim provaydingi shartnomasi (loyiha)

Tashkiliy sertifikalashtirish. Ochiq ta’lim tizimida bakalavriat / magistratura ta’limining tashkiliy-uslubiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish va maslahat berish huquqini tasdiqlaydi.

Tashkiliy sertifikatlashtirish to‘g‘risida 2008 yil 24 noyabrdagi 05-04-117-son Nizom

Rekvizitlar

Hisobvaraq (RUB)
Hisobvaraq (USD)
Hisobvaraq (EUR)

MTI bilan sheriklik

Aholi turar joyining nomini kiritishni boshlang va taklif etilgan ro’yhatdan tanlang
Яндекс.Метрика