Sintetik o’simlik-chiroqlarni yaratmoqdalar

Ot aravalari eskirib ketgandek yaqin orada sun’iy ko’cha yoritilishi ham eskirib ketishi mumkin. Genomi yangi loyiha doirasida qurilishi kerak bo’lgan nur taratadigan o’simliklar endi ko’chalarni elektr chiroqlarning o’rniga yoritadilar.

Sintetik biologiya sohasidan tarixdagi birinchi loyiha Kikstarterda – yangi start-uplar uchun pul mablag’larini yig’ishga yordam beradigan resursda ro’yhatga olingan. Stenford universitetidan olimlar guruhi Glowing Plants loyihasini jpylashtirib, uni amalga oshirish uchun ular 65 000 $ yig’ishlari kerak bo’ladi.

«Nur taratuvchi batareyalaridan foydalanadigan chiroq o’qish uchun yetarli bo’lgan fotonlarning oqimini ta’minlaydi, — deb aytadi loyiha boshqaruvchisi Entoni Evans (Antony Evans). — Ishonchimiz komilki, biz ko’chada elektr yoritilishidan to’liq qutilishimizga imkon beradigan o’simliklarni tuza olamiz».

Olimlar shahar ko’chalarida, parklarda va shaxsiy uylarning hovlilarida ekish uchun qulay bo’ladugan o’simliklarni yaratishni rejalashtirganlar. O’simliklar hantal oilasiga oid o’simliklarning, bakteriyalarning nur taratuvchi qismlarning DNK dan yaratiladi, va buning natijasida yangi organizmlar nur taratish hususiyatiga ega bo’ladilar.

Aynan qaysi o’simliklardan foydalanish kerakligini kompyuter modellash yordamida aniqlash kerak bo’ladi, bu jarayon mobaynida birlamchi material DNK sidan yangi organizmning genomi tuziladi. Superkompyuterda tadqiqodlarni va hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun loyiha mualliflariga 65 000 $ yig’ishlari kerak.

Kikstarter mustaqil filmlarga, hamda muhandislik loyihalarga mablag’ yig’ish bo’yicha loyihalari bilan mashxur. Glowing Plants Kikstarter tarixida birinchi kompyuter-biologik start-updir.

Loyiha mualliflari Glowing Plants bir paytda ikkita masalani hal qilishga yordam berishiga ishonchlari komil. Yangi o’simliklar qimmatli quvvatni sarflayotgan eskirgan tizimlardan qutilish uchun yahshi asos yaratadilar. Loyihaning yana bitta maqsadi – organizmlarga yangi hususiyatlarni dasturchilar dastur kodiga yangi funksiyalarni joylashtirganlaridek oson qo’shishga imkon beradigan yangi organizmlarni tuzish metodikasiga ega bo’lish hisoblanadi.

Manba: detalimira.com

Яндекс.Метрика