3D-printerda elektrbatareykalar nashr etildi

Litiy-ionli batareykalarni 3D-printer yordamida chiqarish mumkin — bu ishni Urban-Kampeyndagi Illinoys Universiteti va Garvard Universitetidan olimlar jamoasi amalga oshirdi. Printerdan chiqarilgan batareylaning kattaligi — qum zarrachasidan kichkina, uning bo’limlari tashkil topgan elektrodlar esa — inson sochidan ham ingichka.

Bundan oldin ham olimlar nihoyatda kichkina kattalikdagi elektron moslamalarni kashf etishgan — tibbiy implantlar, uchar robot-hasharotlar, ko’zoynaklar ichiga qurilgan jajji videokameralar va mikrofonlar. Ammo ularga kerak bo’lgan batareykalar kattaligi odatda yoki moslama bilan teng yoki undan kattaroq bo’lar edi.

Oddiy usul bilan yaratishga harakat qilishgan batareykalar o’zining nihoyatda yupqa dizayni va anod hamda katod sifatida an’anaviy materiallarning ishlatilishi sababli kelajak mikrobuyumlarini yetarli darajada quvvat bilan ta’minlay olmasdilar.

Olimlar yassilikda emas, balki hajmda qurilgan nihoyatda yupqa elektrodlarning o’zaro bog’lanishidan tashkil topadigan batareyani yaratish fikri miyalariga keldi. Ushbu g’oyani ular buning uchun eng mos keladigan tehnologiya — 3D-printer yordamida amalga oshirishga qaror qildilar. Keyin ular mahsus funksional siyohlarni yaratib, ularning tarkibida metallik litiy oksidi mavjud edi. Natijada mahsus kimyoviy va elektr hususiyatlarga ega bo’lgan “siyohlar” yordamida ular eng aniq shakldagi batareya tuzilmasini printerdan chiqardilar. Finalda ishlab chiqaruvchilar elektrodlarni jajji konteynerga o’rab, elektrolit bilan to’ldirdilar.

Ushbu batareyka ta’minlay oladigan quvvat hajmiga kelsak, olimlarning ta’kidlashi bo’yicha bu batareyka parametrlari bo’yicha hozirda bozorda mavjud batareykalaridan qolishmaydi – ya’ni ular huddi shunday zaryadini hatto nihoyatda kichik o’lchovlarga qaramay ushlab tura oladi.

Bu kashfiyot nafaqat elektr batareykalarini olish uchun 3D-chiqarishdan foydalanish gorizontlarini ochadi, balki kelajakda yangi avlod tibbiy moslamalarini yaratishga ham imkon yaratadi. Inson tanasi ichida uzoq vaqt davomida ishlay oladigan ishonchi quvvat omillari bo’lmagan ichiga kiritiladigan elektronikaning paydo bo’lishini ushbu yangilik tezlashtirishi mumkin.

Manba: detalimira.com

Яндекс.Метрика