Qattiq disk: bitta o'ntaning o'rniga

Nemis olimlari qattiq disk fizik hajmini o’n marta kamaytirishga erishdilar.
Gamburg Universiteti mutahassislari qattiq disk hajmini sezilarli darajada qisqartirish uslubini topdilar. Olimlar tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya asosida XX asrning 60-yillarida ba’zi elementar zarrachalar andozasi sifatida britaniyalik fizik Toni Skrim tomonidan taklif qilingan skirmionlar — o’ziga xos magnit holatlar yotadi. Shuni aytish joizki, qattiq disklarda ma’lumot metal plastinaning magnitlangan qismlari ko’rinishida joylashadi.
 
Bu kabi ma’lumot tashuvchining yozuv zichligi materialning fizik xususiyatlari bilan chegaralangan. Agar ikki magnitlangan yuzni bir - biriga juda yaqin joylashtirilsa (25 nanometrdan kamroq masofada), ularning magnit maydonlari bir-biriga ta’sir qiladi, bu esa ma’lumot yo’qolishiga olib keladi. Skirmionlar esa bu effektga deyarli duchor bo’lmaydi — ular orasidagi masofani 6 nanometrgacha qisqartirsa bo’ladi.
 
Elektronlar oqimi va skanerlovchi tunnel mikroskopi yordamida nemis olimlari yangi texnologiyalar orqali ma’lumotni pakkadiy eritmasidan va ikki atomli temirdan qilingan plastinaga yoza oldilar. Bu uslub ma’lumot tashuvchilari va boshqa shu kabi moslamalarning fizik hajmini o’n martalab qisqartirishga imkon beradi.
 
Biroq, hammasi shunday oson emas: skirmionlar palladiy yuzasida faqat 269 daraja Selsiy haroratidagina hosil bo’ladi.
 
Manba: popmech.ru
Яндекс.Метрика