Atom soatlar barqarorlikning eng yuqori natijasini o’rnatdilar

Itterbiya atomlari asosidagi soatlar yangi tajribalar o’tkazish (xususan, umumiy nisbiylik nazariyasi sohasida) hamda yuqori aniqlikdagi asboblarni yaratish (masalan, dunyo miqyosidagi pozitsiyalash tizimlarida koordinatalarni aniqlash uchun) imkoniyatini ochib bermoqda.
 
Yuqori natijani o’rnatgan bir juft atomi soatlar konstruksiyasi asosida 10mkK gacha sovutilgan (deyarli mutlaq nolgacha) va optik panjara tugunlarida vakuum kamerada mustahkamlangan 10 mingga yaqin itterbiya atomlari mavjud. Sekundiga 518 trillion impulslarni chiqaruvchi lazer atom soatning ikki energiyaviy holati — “tik” va “tak” orasidagi atomlar o’tishini keltirib turadi turadi.
 
 
Shunday ekan, atom soatlar “barqarorligi” deganda nima nazarda tutiladi? Bu aniqlik sinonimi emas. Barqarorlik “tik” va “tak” orasidan o’tuvchi vaqt oraliqlari liniyasidagi farq bilan aniqlanadi. Vaqtni unchalik katta bo’lmagan barqarorlik bilan atom soatlari yordamida aniq o’lchash uchun, murakkab o’rta miqdor bilan hisoblash algortimlarini qo’llashga to’g’ri keladi. Qancha barqarorlik ko’p bo’lsa, aniq ko’rsatkichlarga erishish uchun soat shunchalik ko’p “tik” va “tak” qilishi kerak. Misol uchun, AQSHda milliy etalon bo’lib xizmat qiluvchi NIST-F1seziy atom soatlari o’rtacha ko’rsatkich uchun 400 000 sekund (5 kun atrofida) talab qiladi. Yangi ettirbiy soatlari xuddi shu ko’rsatkichni o’rtacha miqdorga keltirishning bir sekunddan kamroq vaqt ichida erishishga qodir. Ularning barqarorsizligi trillionga 2tagina qismni tashkil qiladi — asosan, atomlarni ko’p miqdorda ishlatish hisobiga.
 
Manba: popmech.ru
Яндекс.Метрика