NASA kosmik kemalarni kosmosda bosib chiqaradi

Agentlik vaznsizlikda katta hajmli bosma texnologiyalarini ishlab chiqarishga mablag’ ajratayotganini rasmiy ravishda tasdiqladi. Taxmin qilinishicha, o’rgimchaksimon robotlar — 3D printerlar orbitaning o’zidayoq bo’lajak kosmik stansiyalarning alohida segmentlarini yaratadi va 2020 yil bir butun qilib yig’a oladi.
 
Loyiha maqsadi — tortishish kuchi mavjud bo’lmagan sharoitda, qattiq harorat va radiatsiya rejimida polimer va boshqa materiallardan konstruksiyani bosib chiqara oladigan 3D-printer yaratish. Buning uchun bosib chiqarilayotgan element qatlamlarini mustahkam birlashtirish va quyoshning to’g’ri nurlari tushmaydigan past haroratda hamda quyosh nurlanishi ostidagi yuqori haroratda to’g’ri qotishi muammosini yechmoq kerak. Shunisi aniqki, loyiha pudratchisi bo’lmish Tethers Unlimited bu masalada o’z g’oyalariga ega, chunki, NASAning namoyishiga ko’ra, ilk robot-printerlar orbitada qurilish ishlarini 2020 yildanoq boshlashlari kerak.
 
 
Bu robotlarning ko’rinishi g’alati bo’ladi, biroq funksiyaviy. Boshqaruv platformasi bir necha o’zaro bog’langan ushlagichlardan iborat va ular yordamida robot yaratilayotgan konstruksiyada mustahkamlanadi va harakatlanadi. Platformaga manbalarni, o’z ichiga olgan idishlar, bosma uskunasi, katta bo’lmagan quyosh panellari bloki, akkumulyator va tegishli ravishda, boshqaruv va aloqa tizimi biriktiriladi. Robotlar harakatlarni o’zaro bir-biriga moslashlari, turli alohida qismlardan umumiy bir konstruksiyani birgalikda yaratishni bilishlari kerak bo’ladi.
 
Kosmosda har qanday hajmdagi va qiyinlikdagi tuzilmalarni bosib chiqish imkoniyatining o’zi ularni orbitaga yetkazib berish uchun mablag’lar bo’lmaganligi tufayli Yer sharida loyihalashtirilishi hech qachon olib borilmagan obyektlarni yaratishning revolutsion imkoniyatlarini ochib beradi. Masalan, diametri yuzlab yoki minglab metrli linzaning qattiq tuzilmasiga ega bo’lgan teleskopni orbitaga olib chiqib bo’lmaydi. Biroq, bu kabi qurilmani 3D-bosma orqali kosmosning o’zida yaratish mumkin, agar bu kabi bosma texnologiyasiga ega bo’lsangiz. Robot-printerlar 2020 yilda o’z qurilishini aynan noyob teleskop yaratishdan boshlaydilar.
 
Kosmik 3D bosma texnologiyalari orbitada MKSdan kattaroq bo’lgan kosmik apparatlarni barpo etishga imkon beradi. U kosmik kemalar yaratilishini sezilarli darajada arzonroq qiladi, chunki, kerakli materiallar konveyer tarzda orbitaga Elon Maskaning bir kilogramlik og’irlikning kosmosga olib chiqilishi juda arzon bo’lgan ko’p martalik raketasi orqali yetkazib beriladi va joyda robotlar tomonidan katta konstruksiyalarga aylanadi. Vanihoyat, orbitada robot-printerlarni ishlatib ko’rib, ularni Oyga, Marsga bazalar yaratish uchun yuborsa bo’ladi.
 
 
Robotlar qurilishga oid vazifalar uchun cheksiz ravishda kerakli miqdordagi kesimlarni yaratgan holda o’zlarini ham bosib chiqarishlari mumkinligini e’tiborga olsak, qisqa muddat ichida hajm va funksionallik jihatdan bajarilib bo’lmas kosmik konstruksiyalarni ishlab chiqish ham mumkin bo’ladi. Albatta, “Yulduzlar jangi” dagi O’lim yulduzini robot-printerlar hali beri bosib chiqara olmaydi, biroq, Yer orbitasi hamda kosmosning har qanday nuqtasida istalgan masshtabdagi ilmiy va sanoat inshootlarini nazariy yaratish imkoniyati muhandis va konstruktorlarda yaqin orada paydo bo’ladi.
 
Qizig’i shundaki, NASA uchun bu texnologiyani ishlab chiqish hozircha 600 ming dollargagina tushdi. Bir yil oldin 100 ming ajratilgan edi — 2012-yil avgust oyida — va yaqinda Tethers Unlimited tashkiloti agentlikka oraliq natijalarni taqdim etganida 500 ming ajratildi.
 
Manba: detalimira.com
Яндекс.Метрика