Disulfid molibdenning “oltin” xossalari

Tillaning nanozarrachalari disulfid molibden — “ikki o’lchamli” materialning elektrik tavsifnomalarini sezilarli darajada yaxshilaydi.
 
Grafen deyarli o’n yilliklar davomida tadqiqotchilarning e’tiboridan rohatlanib turgan bir vaqtda, uning uch atomlik enga ega “ikki o’lchamli” raqibi — disulfid molibden mashhurlik cho’qqisiga nisbatan yaqinda keldi. EPFL (Lozanna federal politenika maktabi) tadqiqotchilari disulfid molibden tranzistorlarda kremniy o’rnida ishlatilishi mumkinligini ko’rsatganlaridan beri, u “ikki o’lchamli” materiallar orasida o’ziga xos raqobatdosh o’rinni egalladi, bu kabi materiallarning safi kengayib bormoqda: tadqiqotchilar MoS2ni yangi avlod nanosxemalari uchun mustaqil asos hamda grafenning bu sohadagi “sherigi”sifatida yorqin kelajak kutishini bildirishmoqda.
 
 
Kanzas shtati Universiteti (AQSH) tadqiqotchilari bu kelajagi porloq materialning xossalarini uni tilla nanozarrachalari bilan birlashtirish orqali yaxshilashga erishdilar. Vikas Berri rahbarligi ostidagi guruh disulfid molibden tarkibiga kiruvchi oltingugurt yuqori toifadagi metallar, jumladan, oltin bilan birgaikda birlashtiruvchi kondensatorlar hosil qilgan holda mustahkam aloqalar yaratishga qodir. Tillaning nanozarrachalari yordamida disulfid molibdenning xossalarini boshqarish orqali bu materialdan tayyorlangan tranzistorlarning tavsifini yaxshilash mumkin.
 
“Tadqiqotlar yangi avlod elektronlari va foton uskunalari yaratilishi uchun yo’l yaratadi, — deydi Berri. — Masalan, oltin nanozarralari ultraingichka materiallarga yuza plazmonlarini qo’yib yuborishga yordam berishga va bu bilan plazmonli mantiqiy elementlar faoliyati uchun sharoit yaratishga qodir”. Hozirgi vaqtda davom etayotgan grafen va disulfid molibden asosidagi tunnel tranzistorlarini ishlab chiqish jarayonida oltin nanozarrachalarini o’tkazgichlarning MoS2 yuzasiga birlashtirishda qo’llash mumkin. Oltinning disulfide molibdenga qo’shilishi yangi tranzistorlar, biokimyoviy sensorlar, plazmon uskunalari va katalik qistirmalar yaratishga imkon beradi.
 
Manba: popmech.ru
Яндекс.Метрика