Avtsraliyada hamisha quruq qoplama ihtiro qilindi

Sidney Universitetidagi bir guruh olimlar tabiat tomonidan ilhomlanib shunday innovatsion qoplama tuzilmasini ihtiro qildilarki, u biror-bir yuzaga yoyilganda uni nam yoki quruq holatda saqlab turishga qodir bo’ladi.
 
Tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan qoplama sferik nanozarrachalar klasteridan ishlab chiqilgan, va ular bir–biri bilan shunday joylashganki, tashqi ko’rinishi bilan malinani eslatib turadi. Qoplama xossalari uni qanday zarrachalar hosil qilishiga bo’g’liq tarzda o’zgaradi. Agar bu ftorlangan polimer bo’lsa, u yuzaning suvni yuqori darajada itarib yuborish qobiliyatini ta’minlaydi. Zaryadlangan zarrachalar, aksincha, qoplamaga suvni shimib olish imkoniyatini beradi.
 
Avstraliyalik olimlar atirgul yaproqlari va ularga tushayotgan suv tomchilarning pufakchalarga aylanib qolishi bilan ilhomlandilar.
 
“Biz hamisha quruq turuvchi va tozalashni talab qilmaydigan qoplamani yaratishimiz mumkin, u bakteriyalarni itarib yuborishi va hatto mog’or va zamburug’larning vujudga kelishini oldini oladi”, — deb aytdi doktor Endryu Telford, Sidney Universitetining yetakchi tadqiqotchisi.
 
Bunday materiallar qurilishda qo’llanilishi mumkin. Bundan tashqari, olimlar bu kabi qoplama havo kemalari kabinalaridagi kondensatsiyani tushirish uchun hamda sterillangan operatsiya xonalari tashqarisida ham qo’r’qmasdan ishlatish mumkin bo’lgan tibbiyot asbblarini ishlab chiqarishda qo’llanilishi mumkin deb faraz qilmoqdalar.

 

Manba: popmech.ru
Яндекс.Метрика