Olimlar elektron mikroskopda DNK o’ramlarini ko’rishga muvaffaq bo’ldilar

Italiyadagi Genui Universiteti olimlari ilk bor DNK o’ramlarini ko’rishga imkon beradigan elektron mikroskopiya texnologiyasini ishlab chiqdilar.
 
Tasvirga erishish uchun olimlarga nuklein kislota mustahkam turadigan mutlaqo yangi qistirmani yaratishlariga to’g’ri keldi. Unda shunday mikroskopik tayanchlar bor ediki, ular orasidan DNK ipi o’tkazilgan edi, shu holda qistirmadagi molekula tagida elektron nurlar uchun teshik qilindi.
 
Natijada, olimlar DNK ning A-shakli burishiqlari aniq ko’rinib turadigan tasvirni olishga erishdilar.
 
 
Tasvirdagi molekula yo’g’onligi haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Ehtimol, bu loyihada bittali molekula va olti nuklein kislotadan iborat bog’lamalar qo’llanilgani sabablidir. Bittali DNK bilan ishab bolmaslikni olimlar elektronlarni sur’atga tushiruvchi matritsalarning yetarli darajada sezuvchan emasligi bilan izohlaydilar. Shu sababli tasvirning kerakli ekspozitsiyasi vaqtida bittali molekulalar elektronlar bombardimoni ta’siri ostida buzilishga ulguradi.
 
Yangi texnologiya DNK- oqsil o’zaro ta’sirini (masalan, transkriptsion jihatlar joylashuvi) nuklein kislotalarning alohida molekulalarida o’rganish imkoniyatini beradi.
 
Bundan oldin boshqa bir olimlar guruhi atom-kuch mikroskopiyasi orqali DNKda nukleotidlar ketma-ketligini aniqlashni o’rgandilar.
 
Manba: lenta.ru
Яндекс.Метрика