Reklama biznesi va Internet-marketing

Zamonaviy iqtisodda reklama nafaqat savdo dvigateli, balki mijozlarni jalb qilish va ushlab qolishning asosiy mexanizmlaridandir. Reklama va marketing sohasining professionallashtirilishi yirik tadbirkorlik imkoniyatlarining paydo bo’lishiga olib keladi va ularni topish va ishlatish uchun tadbirkorlik, iqtisod, menejment, marketing, reklama, iste’molchilar axloqi sohasida mustahkam bilimlar bo’lishi zarur.

Ushbu dasturda ta’lim oluvchi talabalar quyidagilarni o’rganadilar:

  • tarix, falsafa, mantiq, huquqshunoslik, jamiyatshunoslik, psixologiya, chet tili, rasmiy muloqot, iqtisod;
  • matematika, statistika, axborot texnologiyalari, boshqaruv tizimlari tadqiqoti, operatsiyalar tadqiqoti, tizimli tahlil, boshqaruvga oid qarorlarni qa’bul qilish uslublari.

O’quvda alohida e’tibor quyidagilarga beriladi: menejment nazariyalari, loyihalarni boshqarish, innovatsion menejment, hisob va tahlil, moliya menejmenti,inson resurslarini boshqarish, biznes-jarayonlarni modellashtirish, investitsion tahlil.

Maxsus fanlar dasturiga quyidagilar kiradi:

  • marketing, strategik menejment, biznes-jarayonlarni modellashtirish, logistika, rasmiy kommunikatsiyalar, reklama asoslari, sifat boshqaruvi;
  • tadbirkorlik asoslari, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish, tashkilotning moliya-xo’jalik faoliyatining tahlili, soliq va soliqqa tortilish, biznes-rejalashtirish.

Xohish asosida marketing tadqiqotlar, internet-marketing, marketing kommunikatsiyalari, brend boshqaruvi, multimedia asoslari, iste’molchilar axloqi, reklama asoslari va boshqalar o’tiladi.

Ta’lim natijasida bitiruvchi:

  • reklama va internet–marketing sohasida yangi bozor imkoniyatlari qidiruvini amalga oshiradi;
  • Reklama va PR-targ’ibot ishlarini, internet-marketing loyihalarini rejalashtiradi va amalga oshiradi;
  • Reklama va marketing agentligining joriy operatsiyalarini rejalashtiradi, tashkil qiladi va nazorat qiladi.

Ishga joylashmoq

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar kichik va o’rta tashkilotlarning marketing va reklama bo’limlarida, maxsus loyiha va targ’ibot ishlarida, reklama va marketing agentlilarida quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • reklama, internet-marketing, bozor tadqiqoti mutaxassislari;
  • bo’lim va loyiha rahbarlari, direktor va tadbirkorlar.

Примерный учебный план

Посмотрите примерный учебный план программы BBA: Рекламный бизнес и интернет-маркетингпримерный учебный план BBA: Рекламный бизнес и интернет-маркетинг


O’qitish davomiyligi:
2,5 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
“Reklama biznesi va Internet-marketing” dasturida ta’lim olgach va diplom loyihasini himoya qilgach, siz quyidagi ikki diplomga ega bo’lasiz:

  1. RF ning davlat namunasidagi bakalavr diplomi
  2. Xalqaro namunadagi biznes boshqaruvi (BBA) bakalavriga ega bo’lganlik haqidagi diplom hamda chet el tashkilotlariga taqdim etilishi uchun qo’shimcha tarjima yoki rasmiylashtirisni talab qilmaydigan ingliz tilidagi umumiy evropa ilovasi (Diploma Supplement).

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
(120 000 rub.)*
120 000 rub.
33 900 rub.
(55 900 rub.)*
55 900 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика