Go’zallik va fitnes sohasi biznesi

Go’zallik va fitnes sohasi bozori- eng tez su’ratlarda rivojlanuvchi sohalardan bo’lgani bilan eng raqbatboplardan hamdir. Bu sharoitlarda o’z ishini rivojlantirmoq uchun bu sohadagi maxsus ta’limga ega bo’lish hamda bu bilimlar va malakalarni doim takomillashtirish kerak.

Ushbu dasturda ta’lim oluvchi talabalar quyidagilarni o’rganadilar:

  • tarix, falsafa, mantiq, huquqshunoslik, jamiyatshunoslik, chet tili, rasmiy muloqot, iqtisod;
  • matematika, statistika, axborot texnologiyalari, boshqaruv tizimlari tadqiqoti, operatsiyalar tadqiqoti, tizimli tahlil, boshqaruvga oid qarorlarni qa’bul qilish uslublari.

O’qish jarayonida alohida e’tibor marketing, menejment nazariyasi, loyihalarni boshqarish, innovatsion menejment, hisob va tahlil, moliya menejmenti, inson resurslarini boshqarish, biznes-jarayonlarni modellash, sarmoyaviy tahlilga beriladi.

Maxsus fanlar dasturiga quyidagilar kiradi:

  • sifat boshqaruvi, biznes-jarayonlarni modellash, logistika, rasmiy kommunikatsiyalar;
  • tadbirkorliklik asoslari, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish, tashkilotning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlili, soliq va soliqqa tortilish, biznes-rejalashtirish.

Xohish asosida xizmatshunoslik asoslari, go’zallik va fitnes sohasidagi tashkilotni boshqarish, narxlarning kelib chiqishi, go’zallik va fitnes sohasida marketing kommunikatsiyalari, go’zallik va ftines sohasida brend boshqaruvi, savdo boshqaruvi, iste’molchilar axloqi, reklama asoslari fanlari o’tiladi.

Ta’lim natijasida bitiruvchi:

  • Go’zallik va fitnes sohasida yangi bozor imkoniyatlari qidiruvini amalga oshiradi, yangi loyihalarning biznes-rejasini ishlab chiqadi va taqdim etadi;
  • Sarmoyadorlar qidiruvini amalga oshiradi va yangi loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qiladi;
  • Noldan boshlab go’zallik saloni, fitnes-klub, SPA-markazlar, sport-sog’lomlashtirish komplekslari va boshqa tashkilotlarni tashkil etadi va mavjud bo’lgan tuzilmalarni rivojlantirishni amalga oshiradi;
  • Go’zallik va fitnes sohasi tashkilotini loyihalashtiradi va operativ faoliyatini tashkil qiladi;
  • Go’zallik va fitnes sohasidagi yangi loyihalar, brendlar, tarmoqlar, xizmatlarni oldinga suradi.

Ishga joylashmoq

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar go’zallik va fitnes sohasidagi turli tashkilotlarning rejalashtirish, savdo, strategik rivojlanish bo’limlarida quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlamoqdalar:

  • bo’lim mutaxassisi va menejerlari, direktor, tadbirkor, tadbirkorlik guruhlari a’zosi.

Примерный учебный план

Посмотрите примерный учебный план программы BBA: Бизнес в индустрии красоты и фитнесапримерный учебный план BBA: Бизнес в индустрии красоты и фитнеса


O’qitish davomiyligi:
2,5 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
“Go’zallik va fitnes sohasi biznesi”dasturida ta’lim olgach va diplom loyihasini himoya qilgach, siz quyidagi ikki diplomga ega bo’lasiz:

  1. RF ning davlat namunasidagi bakalavr diplomi
  2. Xalqaro namunadagi biznes boshqaruvi (BBA) bakalavriga ega bo’lganlik haqidagi diplom hamda chet el tashkilotlariga taqdim etilishi uchun qo’shimcha tarjima yoki rasmiylashtirisni talab qilmaydigan ingliz tilidagi umumiy evropa ilovasi (Diploma Supplement).

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
(120 000 rub.)*
120 000 rub.
33 900 rub.
(55 900 rub.)*
55 900 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика