Qurilish biznesi

Qurilish sohasi tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlarga ega. Biroq, bu imkoniyatlargan foydalanish uchun bozorning hozirgi sharoitida mustahkamlanib olishi va olg’a ko’tarilishiga imkon beradigan malakaga ega bo’lish zarur.

Ushbu dasturda ta’lim oluvchi talabalar quyidagilarni o’rganadilar:

  • tarix, falsafa, mantiq, huquqshunoslik, jamiyatshunoslik, psixologiya, chet tili, rasmiy muloqot, iqtisod;
  • matematika, statistika, axborot texnologiyalari, boshqaruv tizimlari tadqiqoti, operatsiyalar tadqiqoti, tizimli tahlil, boshqaruvga oid qarorlarni qa’bul qilish uslublari.

Alohida e’tibor quyidagi fanlarga beriladi: menejment nazariyasi, marketing, innovatsion menejment, hisob va tahlil, moliya menejmenti, inson resurslarini boshqarish, biznes-jarayonlarni modellashtirish, investitsion tahlil va boshqalar.

Maxsus fanlar dasturiga quyidagilar kiradi:

  • loyihalarni boshqarish, strategik menejment, biznes-jarayonlarni modellashtirish, logistika, rasmiy kommunikatsiya, reklama asoslari, sifat boshqaruvi;
  • tadbirkorlik asoslari, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish, tashkilotning moliya-xo’jalik faoliyatining tahlili, soliq va soliqqa tortilish, biznes-rejalashtirish.

Xohish asosida qurilish ishlab chiqaruvini tashkil qilish, qurilish ishlarini mablag’ bilan ta’minlash, byudjet harajatlari ishi asoslari, qurilishdagi qonunchilik, bino va inshootlarni loyihalashtirish, qurilish mollari va boshqa fanlar o’tiladi.

Ta’lim natijasida bitiruvchi:

  • qurilish xizmatlari sohasida yangi bozor imkoniyatlari qidiruvini amalga oshiradi, yangi loyihalarning biznes-rejasini ishlab chiqadi va taqdim etadi;
  • “nol”dan boshlab yangi qurilish tashkilotlarini tashkil etadi va mavjud bo’lgan tuzilmalarni rivojlantirishni amalga oshiradi;
  • Qurilishdagi ishlab chiqarishning operatsion jarayonlarini  rejalashtiradi, tashkil qiladi va nazorat qiladi;
  • Qurilish loyihalariga mablag’ topishni tashkil qiladi;
  • Mijozlar, loyihachilar va qurilishning boshqa ishtirokchilari bilan muloqot samaradorligini o’rnatadi.

Ishga joylashmoq

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar ishlab chiqarish-texnik faoliyat olib boruvchi turli masshtabdagi qurilish tashkilotlarida , rejalashtirish-iqtisod bo’limlarida, strategik rivojlantirish bo’limida quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • mutaxassis va bo’lim hamda loyiha rahbarlari;
  • kompaniya direktori.

Примерный учебный план

Посмотрите примерный учебный план программы BBA: Строительный бизнеспримерный учебный план BBA: Строительный бизнес


O’qitish davomiyligi:
2,5 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
“Qurilish biznesi”dasturida ta’lim olgach va diplom loyihasini himoya qilgach, siz quyidagi ikki diplomga ega bo’lasiz:

  1. RF ning davlat namunasidagi bakalavr diplomi
  2. Xalqaro namunadagi biznes boshqaruvi (BBA) bakalavriga ega bo’lganlik haqidagi diplom hamda chet el tashkilotlariga taqdim etilishi uchun qo’shimcha tarjima yoki rasmiylashtirisni talab qilmaydigan ingliz tilidagi umumiy evropa ilovasi (Diploma Supplement).

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
(120 000 rub.)*
120 000 rub.
33 900 rub.
(55 900 rub.)*
55 900 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика