Mehmonxona-turizm biznesi

Globalizatsiya jarayoni hamda turistlarning ommaviy qatnovi uchun yetarli manbalarning mavjudligi turistik faollikni tex su’ratlarda o’sishiga olib kelmoqda va bu bilan mehmonxona-turizm biznesi boshqaruvi sohasidagi yuqori malakaga ega mutaxassislarga bo’lgan talabni oshirmoqda.

Ushbu dasturda ta’lim oluvchi talabalar quyidagilarni o’rganadilar:

  • tarix, falsafa, mantiq, huquqshunoslik, jamiyatshunoslik, chet tili, rasmiy muloqot, iqtisod;
  • matematika, statistika, axborot texnologiyalari, boshqaruv tizimlari tadqiqoti, operatsiyalar tadqiqoti, tizimli tahlil, boshqaruvga oid qarorlarni qa’bul qilish uslublari.

O’qish jarayonida alohida e’tibor marketing, menejment nazariyasi, loyihalarni boshqarish, innovatsion menejment, hisob va tahlil, moliya menejmenti, inson resurslarini boshqarish, biznes-jarayonlarni modellash, sarmoyaviy tahlilga beriladi.

Maxsus fanlar dasturiga quyidagilar kiradi:

  • Reklama asoslari, sifat boshqaruvi, biznes-jarayonlarni modellashtirish, logistika, rasmiy kommunikatsiya;
  • tadbirkorliklik asoslari, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish, tashkilotning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlili, soliq va soliqqa tortilish, biznes-rejalashtirish.

Xohish asosida xizmatshunoslik asoslari, mehmonxona-turizm sohasi tashkiloti menejmenti, mehmonxona-turizm sohasi marketingi, brend boshqaruvi, savdo boshqaruvi, iste’molchilar axloqi, narxlarning vujudga kelishi va boshqalar.

Ta’lim natijasida bitiruvchi:

  • mehmonxona va turizm sohasida yangi bozor imkoniyatlari qidiruvini amalga oshiradi, yangi loyihalarning biznes-rejasini ishlab chiqadi va taqdim etadi;
  • yangi mehmonxona, otel, turistik kompaniya va boshqa tashkilotlarni tashkil etadi va mavjud bo’lgan tuzilmalarni(jumladan, tarmoqlilarni) rivojlantirishni amalga oshiradi;
  • Mehmonxona-turizm kompleksining operativ faoliyatini tashkil qiladi;
  • Mehmonxona-turizm sohasidagi yangi loyihalar, brendlar, tarmoqlar, xizmatlarni oldinga suradi.

Ishga joylashmoq

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar mehmonxona-turizm sohasidagi turli tashkilotlarning rejalashtirish, rivojlantirish, marketing va reklama, savdo bo’limlarida quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlamoqdalar:

  • bo’lim mutaxassislari va menejerlari, direktorlar, tadbirkorlar va tadbirkorlik guruhi a’zolari.

Примерный учебный план

Посмотрите примерный учебный план программы BBA: Гостинично-туристический бизнеспримерный учебный план BBA: Гостинично-туристический бизнес


O’qitish davomiyligi:
2,5 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
“Mehmonxona-turizm biznesi”dasturida ta’lim olgach va diplom loyihasini himoya qilgach, siz quyidagi ikki diplomga ega bo’lasiz:

  1. RF ning davlat namunasidagi bakalavr diplomi
  2. Xalqaro namunadagi biznes boshqaruvi (BBA) bakalavriga ega bo’lganlik haqidagi diplom hamda chet el tashkilotlariga taqdim etilishi uchun qo’shimcha tarjima yoki rasmiylashtirisni talab qilmaydigan ingliz tilidagi umumiy evropa ilovasi (Diploma Supplement).

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
(120 000 rub.)*
120 000 rub.
33 900 rub.
(55 900 rub.)*
55 900 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика