Marketing boshqaruvi

Har qanday kompaniyaning mavjudligi marketing funksiyasining samarali amalga oshirilishiga bog’liq. Mijozlarni jalb qilish va ushlab qolish, yetkazish bozorlarini kengaytirish, yangi mahsulotni chiqarish, tashkilotning savdo aylanishini ko’tarish uchun bugungi kunda talab keskin ravishda o’sayotgan yuqori malakali mutaxassislar zarur.

Ushbu dasturda ta’lim oluvchi talabalar quyidagilarni o’rganadilar:

  • tarix, falsafa, mantiq, huquqshunoslik, jamiyatshunoslik, psixologiya, chet tili, rasmiy muloqot, iqtisod;
  • matematika, statistika, axborot texnologiyalari, boshqaruv tizimlari tadqiqoti, operatsiyalar tadqiqoti, tizimli tahlil, boshqaruvga oid qarorlarni qa’bul qilish uslublari.

O’qish jarayonida alohida e’tibor menejment nazariyasiga, loyihalar boshqaruviga, sarmoya menejmenti, hisob va tahlil, moliya menejmenti, inson resurslarini boshqarish, biznes-jarayonlarni modellashtirish, sarmoyaviy tahlil fanlariga beriladi.

Maxsus fanlar dasturiga quyidagilar kiradi:

  • marketing, strategik menejment, biznes-jarayonlarni modellashtirish, logistika, rasmiy kommunikatsiyalar, reklama asoslari, sifat boshqaruvi;
  • tadbirkorlik asoslari, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish, tashkilotning moliya-xo’jalik faoliyatining tahlili, soliq va soliqqa tortilish, biznes-rejalashtirish.

Xohish asosida marketing tadqiqotlar, internet-marketing, narxlarning vujudga kelishi, marketing kommunikatsiyalar, liderlik, strategik marketing, savdo boshqaruvi, iste’molchilar axloqi, reklama asoslari va boshqa fanlar o’tiladi.

Ta’lim natijasida bitiruvchi:

  • bozor tahlili va bozor o’sishini baholashni amalga oshiradi;
  • marketing tadqiqotlarni o’tkazadi va muvofiqlashtiradi;
  • marketing strategiyasini ishlab chiqadi va amalga oshirishini tashkillashtiradi;
  • savdo samaradorligini va talab darajasini oshiradi;
  • brendni boshqarish, mijozlar sodiqligini oshirish loyihalarini, reklama va PR-targ’ibotlarni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
  • tadbirkorlik tuzilmalari doirasida marketing funksiyasini to’liq bajaradi.

Ishga joylashmoq

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar yangi va mavjud bo’lgn tadbirkorlik tuzilmalarida, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish kompaniyalarida marketing va reklama bo’limlarida; konsalting kompaniyalarda, reklama va marketing agentliklarida quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • mutaxassis va tahlilchi, maslahatchi;
  • loyiha va bo’limlar rahbarlari;
  • tadbirkor va tadbirkorlik guruh a’zosi.

Примерный учебный план

Посмотрите примерный учебный план программы BBA: Управление маркетингомпримерный учебный план BBA: Финансы


O’qitish davomiyligi:
2,5 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
“Marketing boshqaruvi”dasturida ta’lim olgach va diplom loyihasini himoya qilgach, siz quyidagi ikki diplomga ega bo’lasiz:

  1. RF ning davlat namunasidagi bakalavr diplomi
  2. Xalqaro namunadagi biznes boshqaruvi (BBA) bakalavriga ega bo’lganlik haqidagi diplom hamda chet el tashkilotlariga taqdim etilishi uchun qo’shimcha tarjima yoki rasmiylashtirisni talab qilmaydigan ingliz tilidagi umumiy evropa ilovasi (Diploma Supplement).

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
(120 000 rub.)*
120 000 rub.
33 900 rub.
(55 900 rub.)*
55 900 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика