Ishlab chiqarish boshqaruvi

Ko’pgina kichik va o’rta korxonalar texnologiyalari faol rivojlanayotgan va qayta yangilanib turayotgan ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilingan. Ishlab chiqarishning muvaffaqiyatli boshqaruvi uchun menejment, iqtisod, tadbirkorlik sohasida bilim va malakaga ega bo’lgan mutaxassislar kerak.

Ushbu dasturda ta’lim oluvchi talabalar quyidagilarni o’rganadilar:

  • tarix, falsafa, mantiq, huquqshunoslik, jamiyatshunoslik, psixologiya, chet tili, rasmiy muloqot, iqtisod;
  • matematika, statistika, axborot texnologiyalari, boshqaruv tizimlari tadqiqoti, operatsiyalar tadqiqoti, tizimli tahlil, boshqaruvga oid qarorlarni qa’bul qilish uslublari.

O’qish jarayonida alohida e’tibor menejment nazariyasiga, loyihalar boshqaruviga, sarmoya menejmenti, hisob va tahlil, moliya menejmenti, inson resurslarini boshqarish, biznes-jarayonlarni modellashtirish, sarmoyaviy tahlil fanlariga beriladi.

Maxsus fanlar dasturiga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish, strategik menejment, biznes-jarayonlarni modellashtirish, logistika, rasmiy kommunikatsiya, reklama asoslari, sifat boshqaruvi;
  • tadbirkorlik asoslari, tashkilotning moliya-xo’jalik faoliyatining tahlili, soliq va soliqqa tortilish, biznes-rejalashtirish.

Xohish asosida tashkiliy loyihalashtirish, tashkilotning axborot-texnologiya manbalarini boshqarish, mehnat huquqi, tashkilot narxini baholash, mehnat haqini tashkil qilish, me’yorga keltirish va amalga oshirish va boshqa fanlar o’tiladi.

Ta’lim natijasida bitiruvchi:

  • tashkilotning o’sish sur’atlari yoki kichik koronalarning ishlab chiqarishdagi rivojini, yangi texnologiya va mahsulotlarni o’zlashtirishni, ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviylashtirish yoki kengaytirishni tahlil qiladi;
  • ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini va rejalashtirilishini tadqiqot qiladi, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshishini tashkil qiladi;
  • ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirish borasidagi loyihalar biznes-rejalarini ishlab chiqadi va tahlil qiladi;
  • kichik korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari doirasidagi faoliyatini rejalashtiradi, tashkil qiladi va nazorat qiladi.

Ishga joylashmoq

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar yangi va mavjud bo’lgan tadbirkorlik tuzilmalarida, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarining ishlab chiqarish-texnologik va rejalashtirish-iqtisodiy bo’limlarida quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • ishlab chiqarishni tashkil qilish bo’yicha mutaxassis;
  • loyiha va bo’lim rahbarlari;
  • tadbirkor va tadbirkorlik guruhlari.

Примерный учебный план

Посмотрите примерный учебный план программы BBA: Управление производствомпримерный учебный план BBA: Финансы


O’qitish davomiyligi:
2,5 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
“Ishlab chiqarish boshqaruvi”dasturida ta’lim olgach va diplom loyihasini himoya qilgach, siz quyidagi ikki diplomga ega bo’lasiz:

  1. RF ning davlat namunasidagi bakalavr diplomi
  2. Xalqaro namunadagi biznes boshqaruvi (BBA) bakalavriga ega bo’lganlik haqidagi diplom hamda chet el tashkilotlariga taqdim etilishi uchun qo’shimcha tarjima yoki rasmiylashtirisni talab qilmaydigan ingliz tilidagi umumiy evropa ilovasi (Diploma Supplement).

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
(120 000 rub.)*
120 000 rub.
33 900 rub.
(55 900 rub.)*
55 900 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика