Savdo boshqaruvi

Kichik va o’rta biznes muvaffaqiyati savdo o’sishini takomillashtirish va qo’llashga bog’liq. Bu masalaning yechimi oddiy emas va menejment, marketing, iqtisod, tadbirkorlik sohasida kasbiy mahoratlarni talab qiladi.

Maxsus fanlar dasturiga quyidagilar kiradi:

  • tarix, falsafa, mantiq, huquqshunoslik, jamiyatshunoslik, psixologiya, chet tili, rasmiy muloqot, iqtisod;
  • matematika, statistika, axborot texnologiyalari, boshqaruv tizimlari tadqiqoti, operatsiyalar tadqiqoti, tizimli tahlil, boshqaruvga oid qarorlarni qa’bul qilish uslublari.

O’qish jarayonida alohida e’tibor menejment nazariyasiga, innovatsion menejment, hisob va tahlil, moliya menejmenti, biznes-jarayonlarni modellashtirish, sarmoyaviy tahlil fanlariga beriladi.

Maxsus fanlar dasturiga quyidagilar kiradi:

  • operatsiyalar boshqaruvi, strategik menejment, biznes-jarayonlarini modellashtirish, logistika, ramiy kommunikatsiya, reklama asoslari, sifat boshqaruvi;
  • tadbirkorlik asoslari, tashkilotning moliya-xo’jalik faoliyatining tahlili, soliq va soliqqa tortilish, biznes-rejalashtirish.

Xohish asosida tashkiliy loyihalashtirish, loyihalarni boshqarish axborot tizimlari, mahsulot va xizmatlarni loyihalashtish, o’zgarishlarni boshqarish, liderlik, narxlarning vujudga kelishi, ,etrologiya, standartizatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa fanlar o’tiladi.

Ta’lim natijasida bitiruvchi:

  • kichik va o’rta korxonalarning biznes jarayonlari tahlili, baholanishi va takomillashishini amalga oshiradi;
  • jarayonlar samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi boshqaruv texnologiyalarini joriy etadi va rivojlantiradi;
  • rivojlantirish, yangi mahsulot va xizmatlar chiqarish, yangi texnologiyalarni o’zlashtirish loyihalarini ishlab chiqaradi va amalga oshiradi;
  • loyihalarni boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy qiladi.

Ishga joylashmoq

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar tadbirkorlik tuzilmalarida, kichik va o’rta korxonalarning ishlab chiqarish-texnologiya bo’limlarida, loyiha va dasturlar bo’limida, alohida loyihalar doirasida,loyiha va jarayonlar menejmenti sohasiga maxsuslashtirilgan konsalting va trening tashkilotlarda quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • biznes-jarayonlar tasnifi va takomillashtirilishi,loyiha boshqaruvi mutaxassisi,  biznes-tahlilchi;
  • loyihalar rahbari va nazoratchisi.

Примерный учебный план

Посмотрите примерный учебный план программы BBA: Управление продажами примерный учебный план BBA: Управление продажами


O’qitish davomiyligi:
2,5 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
“Savdo boshqaruvi”dasturida ta’lim olgach va diplom loyihasini himoya qilgach, siz quyidagi ikki diplomga ega bo’lasiz:

  1. RF ning davlat namunasidagi bakalavr diplomi
  2. Xalqaro namunadagi biznes boshqaruvi (BBA) bakalavriga ega bo’lganlik haqidagi diplom hamda chet el tashkilotlariga taqdim etilishi uchun qo’shimcha tarjima yoki rasmiylashtirisni talab qilmaydigan ingliz tilidagi umumiy evropa ilovasi (Diploma Supplement).

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
(120 000 rub.)*
120 000 rub.
33 900 rub.
(55 900 rub.)*
55 900 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика