Strategik boshqaruv

Strategik menejment nafaqat yirik, balki kichik korxonaar uchun ham zarur. Ushbu funksiyani yuqori sifatda va samarali amalaga oshirish uchun iqtisod, menejment, tadbirkorlik sohasida chuqur bilimlar kerak.

Ushbu dasturda ta’lim oluvchi talabalar quyidagilarni o’rganadilar:

  • tarix, falsafa, mantiq, huquqshunoslik, jamiyatshunoslik, psixologiya, chet tili, rasmiy muloqot, iqtisod;
  • matematika, statistika, axborot texnologiyalari, boshqaruv tizimlari tadqiqoti, operatsiyalar tadqiqoti, tizimli tahlil, boshqaruvga oid qarorlarni qa’bul qilish uslublari.

O’qish jarayonida alohida e’tibor menejment nazariyasiga, loyihalar boshqaruviga, sarmoya menejmenti, hisob va tahlil, moliya menejmenti, inson resurslarini boshqarish, biznes-jarayonlarni modellashtirish, sarmoyaviy tahlil fanlariga beriladi.

Maxsus fanlar dasturiga quyidagilar kiradi:

  • Strategik menejment, biznes-jarayonlarni modellashtirish, logistika, rasmiy kommunikatsiya, reklama asoslari, sifat boshqaruvi;
  • Tadbirkorlik asoslari, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, tashkilotning moliya-xo’jalik faoliyatining tahlili, soliq va soliqqa tortilish, biznes-rejalashtirish.

Xohish asosida zamonaviy strategik tahlil, strategik marketing, xodimlarni boshqarish strategiyasi, o’zgarishlarni boshqarish, kompaniya qayta tuzilmalanishi, axborot-texnoligik manbalarni boshqarish, antikrizis boshqaruvi.

Ta’lim natijasida bitiruvchi:

  • o’z tashkilotida strategik rejalarni, dastur va loyihalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • Noaniqlik sharoitida tadbirkorlik tuzilmalari rivojlanishini ta’minlaydi;
  • Strategik tahlil va yangi bozor imkoniyatlari qidiruvini amalga oshiradi, yangi loyihalarning biznes-rejalarini ishlab chiqadi va taqdim etadi;
  • “nol” dan boshlab kichik korxonalar tashkil etadi va mavjud bo’lgan tuzilmalar rivojlanishini amalga oshiradi;
  • Biznesning barcha qizziqqan taraflari bilan samarali kommunikatsiyalarni yo’lga qo’yadi.

Ishga joylashmoq

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar yangi va mavjud bo’lgn tadbirkorlik tuzilmalarida, turli sohalarga tegishli bo’lgan o’rta va kichik korxonalarning strategik rivojlanish va rejalashtirish bo’limlarida; konsalting, moliya va tahlil kompaniyalarning loyihalar tahlili va tadbirkorlik imkoniyatlari tadqiqoti bo’limlarida quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • mutaxassis, tahlilchi, maslahatchi;
  • loyiha va bo’limlar rahbari;
  • tadbirkor va tadbirkorlik guruhlari a’zosi.

Примерный учебный план

Посмотрите примерный учебный план программы BBA: Стратегическое управлениепримерный учебный план BBA: Стратегическое управление


O’qitish davomiyligi:
2,5 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
“Strategik boshqaruvda ish boshqaruvi bakalavri”dasturida ta’lim olgach va diplom loyihasini himoya qilgach, siz quyidagi ikki diplomga ega bo’lasiz:

  1. RF ning davlat namunasidagi bakalavr diplomi
  2. Xalqaro namunadagi biznes boshqaruvi (BBA) bakalavriga ega bo’lganlik haqidagi diplom hamda chet el tashkilotlariga taqdim etilishi uchun qo’shimcha tarjima yoki rasmiylashtirisni talab qilmaydigan ingliz tilidagi umumiy evropa ilovasi (Diploma Supplement).

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
(120 000 rub.)*
120 000 rub.
33 900 rub.
(55 900 rub.)*
55 900 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика