Odatda beriladigan savollar va ularga javoblar

MTIga o’qishga kirish

O’qishga qanday kirishim mumkin va buning uchun nimalarni qilish zarur bo’ladi?

Siz o’qishga ariza topshirib, qabul komissiyasi bila bog’lanishingiz kerak bo’ladi, ushbu arizada siz o’zingiz haqidagi kerakli ma’lumotlarni, siz o’qimoqchi bo’lgan yo’nalish va mutahassislikni ko’rsatib o’tishingiz kerak bo’ladi. Qabul komissiyasining maslahatchilari sizga qulay bo’lgan paytda sizga qo’ng’iroq qilib, barcha zarur bo’lgan yo’riqnomalarni taqdim etadilar, shu bilan birga, o’quv jarayoni bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar bo’yicha maslahatlar va ma’lumotlar bilan ta’minlaydilar.

Siz, shuningdek, quyidagilar yordamida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin: ICQ: 628981682, Skype: mbsaler44 yoki elektron pochta yordamida: education@mti.edu.ru

Men qanday imtihonlarni topshirishim kerak bo’ladi?

Kirish imtihonlarning ro’yhati bilan siz quyidagi sahifada tanishib chiqishingiz mumkin MBA dasturlariga o’qishga kirish uchun telefon orqali suhbatdan o’tish lozim.

MTIda qanday o’qish shakllari mavjud?

Hozirgi paytda bizda quyidagi o’qish shakllari bor:

  • Dam olish kuni guruhi;
  • Sirtqi;
  • Masofadan o’qish shakli.

Akademik ma’lumotnoma qanday muddat davomida kuchga ega?

5 yildan ortiq emas

Bakalavriat va BBA dasturlariga o’qishga kirish uchun qanday hujjatlar zarur?

  • Pasport nushasi;
  • Oldingi ta’lim to’g’risidagi hujjatning asl nushasi;
  • YaDI natijalari to’g’risidagi guvohnoma (mavjud bo’lgan taqdirda);
  • 3x4 o’lchovli 6ta fotosurat;
  • Ariza;
  • Shartnoma;
  • Familiya o’zgarganligi to’g’risida guvohnoma nushasi (mavjud bo’lgan taqdirda).

Magistratura va MBA dasturlariga o’qishga kirish uchun qanday hujjatlar zarur?

  • Pasport nushasi;
  • Oldingi ta’lim to’g’risidagi hujjatning asl nushasi;
  • Mehnat daftarchasining nushasi;
  • YaDI natijalari to’g’risidagi guvohnoma (mavjud bo’lgan taqdirda);
  • 3x4 o’lchovli 6ta fotosurat;
  • Ariza;
  • Shartnoma;
  • Familiya o’zgarganligi to’g’risida guvohnoma nushasi (mavjud bo’lgan taqdirda).

Oliy ma’lumot va MBA dasturlarida o’qish muddati qanday?

  • Bakalavriat  (birinchi oliy) — 4–4,5 yil;
  • Bakalavriat  (ikkinchi oliy) — 3–3,5 yil;
  • Magistratura — 2 yil;
  • MBA — 2,2 yil.

MTI ga kirish imtihonlarini men qanday tarzda topshirishim mumkin?

Barca abiturientlar uchun kirish imtihonlari masofadan o’qish tizimidagi onlayn test sinovlari tarzida markaziy qabul komissiyasi tomonidan o’tkaziladi.

Kirish imtihonlarini topshirishga ruhsatga ega bo’lish uchun siz o’qishga ariza topshrishingiz kerak bo’ladi, undan keyin qabul komissiyasi maslahatchisi siz bilan bog’lanadi. Barcha kerakli hujjatlar tekshirilib bo’lgandan so’ng, sizga kirish imtihonlari belgilanadi.

Agarda men boshqa oliygohda o’qishga kirgan bo’lsam, MTIga o’qishga kirishim mumkinmi?

MTIga boshqa oliy o’quv yurtidan o’tish ma’lum muolajaning amalga oshirilishini nazarda tutadi. Talaba MTIning qabul komissiyasiga sinov daftarchasining nushasini yoki boshqa oliygohdan o’zlashtirish to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etishi shart. Shundan keyin, talabaga MTIning o’qishga o’tkazish tartibida qabul qilishga tayyorligini bildiruvchi ma’lumotnoma beriladi. So’ng talaba ushbu ma’lumotnomani o’z oliygohining dekanatida topshiradi va u o’qishdan o’tkazish tartibida bo’shatiladi, bunda u majburiy tarzda quyidagi hujjatlarni oladi:

  • O’tkazish tartibida o’qishdan bo’shatish haqidagi buyruqdan ko’chirma
  • 2 hafta ichida – davlat namunasidagi blankda akademik ma’lumotnomani.

Keyin talaba MTIning qabul komissiyasiga quyidagilarni topshiradi:

  • Аkademik ma’lumotnomani
  • O’tkazish tartibida o’qishdan bo’shatish haqidagi buyruqdan ko’chirmani
  • Аttestat

Undan keyin u oddiy o’qishga topshirish uchun kerakli bo’lgan hujjatlar to’plamini rasmiylashtirish jarayonidan o’tadi:

  • Ariza
  • Shartnoma
  • Fotosurat
  • Boshqa talab qilinayotgan hujjatlar (zaruriyat tug’ilganda)

Barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilgandan so’ng talaba o’qish uchun to’lovni amalga oshirib, rektor buyrug’iga asosan MTIga o’qishga qabul qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumotga ega bo’lish uchun, iltimos, qabul komissiyasining kotibiga bilan Moskvadagi telefon orqali morojaat eting: + 7 (495) 648-62-26 yoki 8 800 700 33 04 (Rossiya bo’yicha qo’ng’iroq bepul).

Bakalavriat va magistratura orasidagi farq nimada?

Agar siz birinchi oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga ega bo’lsangiz, sizning o’qish muddatingiz qayta sinovdan o’tkazilgan fanlarning miqdoriga bog’liq holda 2,5-3,5 yilgacha qisqartirilishi mumkin. Diplomga ilovada o’tilgan soatlar miqdori ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

Ikkinchi oliy ma’lumotni qisqartirilgan muddatda olish imkoniyatiga ega bo’lishim mumkinmi?

Agar siz birinchi oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga ega bo’lsangiz, sizning o’qish muddatingiz qayta sinovdan o’tkazilgan fanlarning miqdoriga bog’liq holda 2,5-3,5 yilgacha qisqartirilishi mumkin.

Birinchi oliy ma’lumot tog’risidagi diplomga ega bo’lmay turib, MBAga o’qishga kirishim mumkinmi?

Rossiya davlatining qonunchiligiga asoslangan holda, MBA dasturlariga (ish yuzasidan boshqarish masteri) o’qishga kirish uchun oliy ma’lumot mavjud bo’lishi shart (tugatilgan bakavriat, mutahassislik, va unda yuqori).

Oliy ma’lumotga ega bo’lmasangiz, BBA dasturlariga (ish yuzasidan boshqarish bakalavri).

MTIda o’qish

Masofadan o’qish shaklida o’qish mobaynida Moskvaga kelishim shart bo’ladimi?

Yo’q, masofadan o’qish shakli o’quv yurtiga kelib yurmasdan, onlayn rejimida o’qish imkoniyatini taqdim etadi.

Faqatgina yakuniy davlat imtihonlarini topshirish va bitiruv diplom ishini ximoya qilish uchun kelish kerak bo’ladi.

MTT (Masofadan ta’lim olish tizimi) da o’qish uchun o’quv rejam va test sinovlarini topshirish grafigim bo’ladimi?

Ha, sizga shaxsiy o’quv tejasi taqdim etiladi. Test sinovlari, kurs ishlari va imtihonlar fanlarni o’rganish davomida topshiriladi.

O’qish jarayonida test sinovlari qanday o’tkaziladi?

Mashq, nazorat va yakuniy test sinovlari mavjud. Test sinovlari onlayn-testlar ko’rinishida fanlarni o’zlashtirish davomida o’tkaziladi.

O’tilgan fanlar bo’yicha test sinovlarini nechta marta topshirishga ruhsat beriladi?

Yakuniy testlarni 3 marta topshirishga ruhsat etiladi.

O’qishga kirganimdan so’ng qaysi o’quv materiallardan foydalanishim mumkin bo’ladi?

Oliy ma’lumotning barcha dasturlari bo’yicha o’qitish jarayoni MTTdagi masofadan o’qitish tehnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Barcha kirish imtihonlari topshirilgandan va o’qishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqdan so’ng siz MTTga qo’shilasiz va shaxsiy kabinetingizga kirish uchun login va parolga ega bo’lasiz. MTTda siz kurslarning barcha elektron darsliklaridan, kutubhonadan, oraliq va yakuniy testlardan foydalana olasiz. Siz o’qituvchilar va kursdoshlar bilan muloqot qila olasiz, vebinarlar va veb-anjumanlarda qatnasha olasiz.

Masofadan ta’limning barcha imkoniyatlari to’g’risidagi siz ushbu sahifada ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Diplomlar va guvohnomalar

Bakalavriatda o’qishni bitirganimdan so’ng men qanday diplomga ega bo’laman?

“HTU” MTIning bakalavriat dasturida o’qishni bitirgandan so’ng, siz tanlangan yo’nalish bo’yicha bakalavr darajali davlat namunasidagi oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga ega bo’lib, unga rus tilidagi va umumevropalik namunasidagi (Diploma Supplement) ilovalar ilova qilinadi.

Magistraturada o’qishni bitirganimdan so’ng men qanday diplomga ega bo’laman?

“HTU” MTIning magistratura dasturida o’qishni bitirgandan so’ng, siz tanlangan yo’nalish bo’yicha magistr darajali davlat namunasidagi oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga ega bo’lib, unga rus tilidagi va umumevropalik namunasidagi (Diploma Supplement) ilovalar ilova qilinadi.

BBA dasturida o’qishni bitirganimdan so’ng men qanday diplomga ega bo’laman?

“HTU” MTIning BBA dasturida o’qishni bitirgandan so’ng, siz tanlangan yo’nalish bo’yicha bakalavr darajali davlat namunasidagi oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga ega bo’lib, unga rus tilidagi va umumevropalik namunasidagi (Diploma Supplement) ilovalar ilova qilinadi, shuningdek, belgilangan namunadagi “HTU” MTIning diplomi beriladi.

Umumevropalik ilova bu nima (Diploma Supplement)?

Diploma Supplement — bu Evropa komissiyasi, Evropa Ittifoqi va UNESCO/CEPES tomonidan Bolon deklaratsiyasi doirasida evropa oliygohlarining bitiruvchilari uchun ishlab chiqilgan hujjat bo’lib, uning yordamida mamlakatlar bir-birining oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarini tan oladilar.

Diploma Supplement diplom egasi, malaka nomi va darajasi, ECTS (Evropa sinov tizimi) tizimining kreditlarida ifodalangan o’qitish tarkibi va natijalari haqidagi kerakli ma’lumotni, shu bilan birga, Rossiya davlatining ta’lim tizimi to’g’risidagi ma’lumotni aks ettiradi.

Diploma Supplement horijda o’qish va ishlashni davom ettirish uchun zarur, va shu bilan birga, transmilliy va horijiy kompaniyalarga ishga joylashish uchun kerak.

Agar men masofadan o’qish tarzida oliy ma’lumotga ega bo’lsam, bu diplomda ko’rsatiladimi?

Yo’q, diplomga ilovada faqat o’qish shakli ko’rsatiladi: sirtqi yoki eksternat.

Moscow Technological Institute

O’qish uchun to’lovni amalga oshirish

O’qish uchun to’lovni qanday tarzda amalga oshirishim mumkin?

MTIda o’qish uchun to’lovni siz har qanday qulay usul bilan amalga oshrishingiz mumkin:

  • Bankning har qaysi qulay bo’linmasida kvitantsiya bo’yicha;
  • Hisob raqamdan hisob raqamga;
  • Visa, Master Card yoki Diners Club kredit kartalari yordamida;
  • Kompaniyadan naqdsiz hisob-kitob yo’li bilan.

MTIda o’qish uchun qancha to’lanadi?

“HTU” MTIda o’qish uchun to’lovlar qiymatini ushbu sahifada ko’rishingiz mumkin..

O’qishning qaysi muddati uchun to’lovni amalga oshirish lozim?

Siz bir yil uchun to’lovni amalga oshirishingiz mumkin.

MBA dasturlarida o’qish doirasida to’lov faqat to’liq kurs (2 yil) uchun amalga oshiriladi, o’qish jarayoni mobaynida boshqa to’lovlar amalga oshirilmaydi.

Bank orqali bo’lib to’lash imkoniyatiga qanday ega bo’lis mumkin?

Bank orqali bo’lib to’lash imkoniyatiga RF fuqarosi bo’lgan va quyidagi talablarga javob beradigan shaxs ega bo’lishi mumkin:

  • Yoshi 21 dan 60 yoshgacha bo’lgan.
  • Moskva, Moskva viloyati, Voronej, Ekaterinburg, Qozon, Kaluga, Kostroma, Krasnodar, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Naberejnye Chelny, Nijnekamsk, Neftekamsk, Omsk, Perm, Ryazan, Rybinsk, Rostov-na-Donu, Samara, Sankt-Peterburg, Surgut, Saratov, Sterlitamak, Tula, Tyumen, Ufa, Chelyabinsk va Yaroslavlda doimiy ro’yhatda turgan.
  • Statsionar uy va ish telefonlariga, ta’lim bank rassrochkasi bo’yicha qarzdorlikni to’lash uchun imkon beradigan doimiy ish joyi va daromadga ega bo’lgan shaxs.

Bank rassrochkasi kalkulyatori yordamida birinchi va kelgusi badallarning siz uchun eng optimal bo’lgan qiymatini tanlang.

O’qish uchun grantlaringiz bormi?

Afsuski, hozirgi paytda biz BPO va MBA bo’yicha o’qish dasturlariga grantlar taqdim etmaymiz. Siz elektron pochta orqali habar yuborish tizimiga yozilishingiz mumkin va biz sizga bunday imkoniyat paydo bo’lgan paytda bu haqda ma’lum qilamiz.

Shu bilan birga, e’tiboringizni biz sizga grantlar, ularning paydo bo’lish sanasi, o’rinlar miqdori, ularni olish shartlari va boshqalar to’g’risida batafsil ma’lumotni bera olmasligimizga qaratamiz.

Nostrifikatsiya

Nostrifikatsiya – bu nima?

Nostrifikatsiya — bu horijiy davlatlarning oliy va oliygohdan keyingi professional ta’lim to’g’risidagi hujjatlarini tan olish muolajasi hisoblanib, ya’ni u RF davlat hukumatining muvofiq organlarining ushbu hujjatlarning RF hududida qonuniy kuchga ega ekanligiga roziligini bildiradi.

Horijiy davlatlarning oliy va oliygohdan keyingi professional ta’lim to’g’risidagi hujjatlarini Rossiya Federatsiyasida tan olish va ularning ekvivalentligini o’rnatish haqidagi qaror  ta’limni nazorat qilish federal organi tomonidan Rossiya Federatsiyasining muvofiq halqaro shartnomalari asosida qabul qilinadi.

Nostrifikatsiyani kimlar o’tishi shart?

Agarda siz oliy ta’lim to’g’risidagi diplomni:

  • 1991 yilgacha SSRIda.
  • Rossiya Federatsiyasida.

olgan bo’lsangiz, nostrifikatsiyani o’tishingiz kerak emas.

Nostrifikatsiya quyidagi hollarda zarur:

Agarda siz Rossiya Federatsiyasidan tashqaridagi oliygohda olingan diplomga ega bo’lsangiz.

Nostrifikatsiyani qanday o’tish kerak?

2010 yil 1 fevraldan boshlab horijiy davlatlarning ta’lim to’g’risidagi hujjatlarining tan olinishi (THH) Ta'lim va ilm sohasida nazoratni amalga oshirish bo’yicha federal xizmati tomonidan quyidagi manzil bo’yicha amalga oshiriladi: Moskva, Shabolovka, 33 uy.

Hujjatlarni shaxsan olib kelishingiz yoki pochta orqali “THH tan olish” belgisini qo’ygan tarzda quyidagi manzil bo’yicha yuborishingiz mumkin: Shabolovka ko’chasi, 33 uy, Moskva, 115998.

Horijiy davlatlarning ta’lim to’g’risidagi hujjatlarining tan olinishi to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotni www.glavex.ru saytida yoki quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin: +7 (495) 952-0940, +7 (495) 954-5216, +7 (495) 954-5302, +7 (495) 954-5502.

Birinchi o’qishga kirib, so’ng nostrifikatsiya jarayonini o’tish mumkinmi?

Ha, buni tilhat-arizani taqdim etgan tarzda amalga oshirish mumkin.

Tushunchalar va izohlar

Bakalavr

Bakalavr (lotin. baccalarius — «yosh yigit», o’z navbatida lotin. bacca lariu — dafna mevasi) — akademik daraja bo’lib, talabalarga o’qishning asosiy dasturini o’zlashtirgandan so’ng beriladi. Rossiyada tayyorgarlikning ushbu bosqichi 1993 yilda kiritilgan. Bakalavrni tayyorlash dasturining me’yoriy muddati – 4 yil. Daraja bitiruv ishining davlat attestatsiya komissiyasining majlisidagi ximoyasidan keyin beriladi, va tanlangan sohada professional faoliyat bilan shug’ullanish hamda magistraturaga o’qishga kirish huquqini beradi.

Magistr

Magistr (lotin. magister — murrabiy, o’qituvchi, rahbar) — oliy ta’limning ikkinchi darajasi bo’lib, talaba tomonidan magistraturani bitirgandan so’ng olinadi, ushbu dasturda o’qish ma’lum professional yo’nalish bo’yicha mutahassislikni chuqurlashtirishga yoki qayta malakani o’tishga imkon beradi. Magistr darajasi bitiruvchiga turli sohalar va turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlarda rahbar kadrlarning yuqori pog’onalarida ishlash imkonini, shuningek, aspiranturaga o’qishga kirish imkonini beradi.

Masofadan o’qish

Masofadan o’qish orqali ta’lim olish — bu to’liq yoki qisman kompyuterlar yoki telekommunikatsion tehnologiayalar va vositalar yordamida amalga oshiriladigan ta’lim turi. Masofadan o’qish yordamida olinadigan ta’lim o’qitishni erkinroq rejimda olib borish, o’qishni hamda ishni, yoki boshqa oliygohdagi o’qishni birgalikda amalga oshirish uchun imkon yaratadi.

Masofadan ta’lim olishning asosiy tamoyili bo’lib — talabalarni har kungi ko’p soatli darslardan bo’shatish, hamda ularning vaqtini bunday tarzda tejash, va shu bilan birga, to’liq ta’lim berish hisoblanadi. Bunday tarzda olingan bilimlar yuzaki ekanligi haqidagi fikr noto’g’ri. Talaba bilimlarni mustaqil o’zlashtiradi, o’zlashtirish darajasini esa o’qituvchi nazorat qilib turadi. Buning uchun talaba sinov va imtihonlarni topshiradi va davlat (yakuniy) attestatsiyasining ijobiy natijalari asosida davlat namunasidagi diplomga ega bo’ladi.

Tyutor

Tyutor — tarix taraflama shakllangan mahsus pedagogik o’rin bo’lib, u talabalarning shaxsiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqilishini ta’minlaydi va o’quv yurtida, qo’shimcha va to’htovsiz ta’lim tizimlarida individual ta’lim olish jarayonini kuzatib boradi.

Bolon jarayoni

Bolon jarayoni — bu Yevropa davlatlarining ta’lim tizimlarini yaqinlashtirish va uyg’unlashtirish jarayoni bo’lib, uning maqsadi oliy ta’limning yagona yevropalik fazosini yaratish hisoblanadi. Rossiya Bolon jarayoniga 2003 yilning sentabr oyida Yevropa mamlakatlarining ta’lim ministrlarining Berlindagi uchrashuvida qo’shildi.

Ushbu jarayonning 2010 yilga qadar erishilishi kutilayotgan maqsadlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Oliy ta’lim yevropa hududining fuqarolarning ishga joylashishga imkoniyati bo’lishi bilan mobilligining rivojlanishining asosiy yo’nalishi sifatida qurilishi;
  • Yevropaning intellektual, madaniy, ijtimoiy va ilmiy-tehnik salohiyatining shakllanishi va mustahkamlanishi;
  • Yevropa oliy maktabining obro’sini jahon miqyosida ko’tarish;
  • Yevropa oliy yurtlarining boshqa ta’lim tizimlari bilan bo’lgan talabar, pul, ta’sir uchun kurashda raqobatbardoshligini ta’minlash;
  • Oliy ta’lim milliy tizimlarining bir-biriga to’g’ri kelishiga va taqqoslanishiga erishish; ta’lim sifatini yahshilash;
  • Universitetlarning yevropa madaniy qimmatliklardagi markaziy rolini yuksaltirish.

Bolon jarayoni doirasida oliy professional ta’lim ikkita bosqichga ega – bakalavriat va magistratura va ular butun dunyoda tan olingan.

Kreditlarni to’plash va o’tkazish yevropa tizimi

ECTS (ing. European Credit Transfer and Accumulation System yoki Kreditlarni to’plash va o’tkazish Yevropa tizimi) — bu talabalarning ta’lim dasturini yoki kursini o’zlashtirishdagi o’quv ishini hisobga olish umumyevropalik tizim hisoblanadi. Amaliyotda ECTS tizimi talabalarning bitta o’quv yurtidan Yevropa ittifoqi va ushbu tiizimni qabul qilgan boshqa yevropalik davlatlar hududidagi boshqa oliygohga o’tishida qo’llaniladi. Bir o’quv yili 60 ECTS-kreditlarga teng, bu 1500-1800 o’quv soatini tashkil qiladi.

ECTS tizimi talabalarning oz’lashtirishi baholarning mavjud bo’lgan milliy shkalasi bilan aniqlanishini nazarda tutadi, biroq qo’shimcha tarzida ECTS baholarning statistik shkalasini ishlatish tavsiya etiladi  (ing. ECTS grading scale). ECTS shkalasi bo’yicha quyidagi ijobiy baholar talabaning reytingdagi o’rniga bog’liq holda (fan yoki o’quv faoliyatining boshqa turi bo’yicha) qo’yiladi:

  • А — eng yahshi 10%
  • В — keyingi 25%
  • С — keyingi 30%
  • D — keyingi 25%
  • Е — keyingi 10%
Яндекс.Метрика