Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit

Ushbu dastur buxgalteriya hisobi, amaliy moliyaviy-iqtisodiy tahlil va audit sohasida, Rossiya buxgalteriya hisobining jahon standartlariga to’g’ri kelishidagi muammolar hamda boshqarish hisobining zamonaviy uslubarini joriy qilish to’g’risida chuqur bilimga ega bo’lgan rahbar va mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Ushbu profil talabalari quyidagilarni o’rganadilar:

  • menejmentning zamonaviy muammolari, soliq huquqining zamonaviy jihatlari, zamonaviy iqtisodiy siyosat;
  • makroiqtisodiy rejalashtirish va oldindan aytib berish, boshqaruv tizimlarini tadqiqot qilish.

Profilning mahsus fanlari toifasiga quyidagilar kiradi:

  • iqtisod va boshqaruvda axborot texnologiyalari, moliya hisobi va hisobot, audit;
  • boshqaruv hisobi, iqtisodiy tahlil, hisob va moliyaviy hisobotning jahon standartlari.

Xohish asosida iqtisodiyotda oldindan aytib berishning statistik uslublari, korporativ (tijorat) moliya, soliq va soliqqa tortilish, narxlarning vujudga kelishi, tashkilotning moliyaviy va xo’jalik faoliyatining tahlili va tashxisi kabi fanlar o’tiladi.

O’quv jarayoni natijasida bitiruvchi:

  • hisobning rossiya va jahon standartlarini biladi va qo’llay oladi;
  • aktivlar, majburiyatlar, kapital, pul oqimlarining harakati, daromad va xarajatlar, hamda tashkilot faoliyatining moliyaviy natijalari haqidagi axborotni shakllanishi, tahlili va ishlatilishini ta’minlab bera oladi;
  • soliqqa tortilish sohasida kasbiy mahoratga ega bo’ladi va audit usullarini biladi;
  • buxgalteriyani hujjatlashtirishni biladi va hisob olib borishga qodir bo’ladi;
  • tashkilotning moliyaviy va xo’jalik faoliyati jarayonlarini tahlil qia oladi va ularning rivojlanishi uchun asoslangan qarorlar qa’bul qila oladi.

Ishga joylashish:

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar turli darajadagi davlat, munistipal va mintaqaviy tizimlarda, konsalting va audit korxonalarda, bank, sarmoya va sug’urta tashkilotlarida, ilmiy muassasa va institutlarda, ilm maskanlarida quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • korxona rahbari, bosh buxgalter, ichki yo tashqi auditor, menejer, maslahatchi.

O’qitish davomiyligi:
2 dan 2,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
Bakalavr darajasini tasdiqlovchi tegishli sohadagi diplom, yoki ixtisoslik mutaxassiligi berilgani haqida shahodatnoma.

Diplomlar:
«Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit» dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
72 900 rub.
(100 000 rub.)*
100 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project].

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика