Moliya

Ushbu dastur sarmoya va moliya boshqaruvi sohasida qaror qa’bul qilinishining axborot bilan qo’llab-quvvatlay oladigan, moliyani boshqarish, moliyaviy tahlil, moliya va soliqga oid rejalashtirish, moliyaviy menejment sohasida yuqori malakaga ega bo’lgan rahbar va mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Ushbu profil talabalari quyidagilarni o’rganadilar:

  • iqtisodiyotning zamonaviy muammolari, soliq huquqining zamonaviy jihatlari,  tashqi iqtisodiy siyosat;
  • makroiqtisodiy rejalashtirish va oldindan aytib berish, institutsion o’zgarishlar nazariyasi, tizimlar nazariyasi va tartibli tahlil.

Profilning mahsus fanlari toifasiga quyidagilar kiradi:

  • moliya tizimi, moliyaviy menejment, audit, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning jahon standartlari;
  • moliyaviy bozor va institutlar, moliyaviy xizmatlar marketingi, va boshqalar.

Xohish asosida iqtisodiyotda ma’lumotni oldindan aytib berishning statistik uslublari, korporativ moliya, sarmoya tahlili, soliq va soliqqa tortilish, tashkilotning moliyaviy va xo’jalik faoliyatining tahlili va tashxisi fanlari o’tiladi.

O’quv jarayoni natijasida bitiruvchi:

  • tashkilotning moliyaviy va xo’jalik faoliyatining tahlili asosida korxonaning moliyaviy strategiyasi, siyosati va taktikasi borasida qaror qa’bul qila oladi va unga javob bera oladi;
  • Rossiya va jahon buxgalteriya hisobining standartlarini biladi va ularni qo’llay oladi;
  • Audit uslublarini biladi, soliqqa tortilish masalalarini yecha oladi;
  • Tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida turli moliyaviy sxemalar yarata oladi.

Ishga joylashish:

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar davlat, munitsipal va mintaqaviy darajadagi moliya oliygohlarida, moliya uyushmalarida, sarmoya va moliya korxonalarida, bank tuzilmalarida, konsalting va audit korxonalarida, sug’urta kompaniyalri, brokerlik idoralarida, iqtisodiy nashriyotlarda, hamda yirik uyushma va davlatni boshqarish organlarida quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • moliya bo’linmasi direktori, moliya bo’limi va xizmatlari direktori, moliya direktori, moliya menejeri.

O’qitish davomiyligi:
2 dan 2,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
Bakalavr darajasini tasdiqlovchi tegishli sohadagi diplom, yoki ixtisoslik mutaxassiligi berilgani haqida shahodatnoma.

Diplomlar:
«Moliya» dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
72 900 rub.
(100 000 rub.)*
100 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project].

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика