Davlat boshqaruvi va mintaqaviy boshqaruv

Ushbu dastur davlat boshqaruvi sohasida, jahon xo’jaligining o’sish su’ratlarini e’tiborga olgan holda mintaqalar va munitsipal maskanlarning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida zamonaviy nazariy bilim va malakaga ega bo’lgan, mintaqaviy darajada boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishning zamonaviy metodologiya va metodikalarini qo’llanilishini ta’minlab bera oluvchi yuqori malakali mutaxassislar va boshqaruvchilarni tayyorlashga qaratilgan.

Ushbu profil talabalari quyidagilarni o’rganadilar:

  • menejmentning zamonaviy muammolari, chet tili, soliq huquqining zamonaviy jihatlari;
  • makroiqtisodiy rejalashtirish va oldindan aytib berish, zamonaviy iqtisodiy siyosat, institutsion o’zgarishlar nazariyasi.

Profilning mahsus fanlari toifasiga quyidagilar kiradi:

  • davlat va munitsipal boshqaruv, moliyaviy tizim, mintaqaviy iqtisod va boshqaruv;
  • byudjetlashtirish, strategik menejment, inson resusrlarini boshqarish.

Xohish asosida xavflarni boshqarish, moliyaviy bozor va institutlar, pul va kredit masalalarini tartibga solish, davlat va huquq masalalarini tartibga solish.

O’quv jarayoni natijasida bitiruvchi:

  • mintaqalar va munitsipal makanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqa oladi;
  • iqtisodiy o’sishning mintaqaviy sharoitlarining o’zgarishi ko’rsatkichlarini tahlil qila oladi;
  • ichki va mintaqalararo maqbul qarorlar qa’bul qilinishini va tahlilini amalga oshiradi;
  • mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy sohalari rivojlanishi yo’nalishini yaratishda ishtirok eta oladi;
  • vazifalarni, vakolatlarni va majburiyatlarni davlat tizimlarining tegishli ishchilari orasida taqsimlash malakasiga ega bo’ladi.

Ishga joylashish:

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar federal, mintaqaviy va munitsipal darajadagi davlat muassasalarida, yurtga tegishli, qo’shma va xorijiy korxonalarda; moliyaviy-sanoat uyushmalarida; xolding kompaniyalarda, yirik tijorat tuzilmalarida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish sohasidagi ilmiy tadqiqotarda quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • rahbar, mintaqaviy darajada boshqaruvga oid qarorlarning tashkiliy, axborotga oid va ekspert ta’minotining mutaxassislari.

O’qitish davomiyligi:
2 dan 2,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
Bakalavr darajasini tasdiqlovchi tegishli sohadagi diplom, yoki ixtisoslik mutaxassiligi berilgani haqida shahodatnoma.

Diplomlar:
«Davlat boshqaruvi va mintaqaviy boshqaruv» dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
72 900 rub.
(100 000 rub.)*
100 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project].

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика