Axborot tizimlarining xavfsizligi

Har yili axborot xavfsizligi bozori o’rtacha 25-30%ga oshadi. Eng yirik o’sish ko’rsatkichi (yiliga 50-60%)kichik va o’rta biznes sektorida kuzatilishi taxmin qilinadi.

Ushbu sohaning shiddatli su’ratlarda o’sishi axborot himoyasi va xavfsizligi tizimlarida yuqori malakaga ega mutaxassislarning, jumladan, bank tizimlari auditori, AT-qarorlarni joriy qilish bo’yicha maslahatchi, axborot xavfsizligi tizimlarining joriy qilinishi, yaratilishi va kuzatib borilishi bo’yicha injenerlarning yetishmovchiligiga olib kelmoqda.

Ushbu profil talabalari quyidagilarni o’rganadilar:

  • optimal sharoitlar yaratish uslublari;
  • yuqori ishlab chiqarish hisobi va bulutli xizmatlar;
  • hisoblash tizimlari;
  • informatika va hisoblash texnikasining zamonaviy muammolari;
  • AT loyihalar boshqaruvi.

O’quv jarayonida o’quvchilar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarning metodologiyasini o’rganadilar, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotini o’tadilar. O’quvning so’nggi bosqichida akademik daraja izlanuvchilari ilmiy tadqiqot amalga oshiradi va dissertatsiya himoya qiladilar.

Profilning mahsus fanlari toifasiga quyidagilar kiradi:

  • kriptografiya asoslari;
  • mualliflik huquqi himoyasining texnik manbalari;
  • axborot xavfsizligi sohasi menejmenti;
  • axborot tizimlarining antivirus himoyasi;
  • tashkilotning AT-infratuzilmalari boshqaruvi;
  • tizimlarni boshqarish;
  • ma’lumotlar saqlashning tizimlari va tarmoqlari;
  • dasturiy ta’minlashni loyihalashtirish va ishlab chiqish.

O’quv jarayoni natijasida bitiruvchi:

  • hisoblash texnikasi sohasida zamonaviy texnologiyalarning qo’llanila olishini o’rganadi;
  • ilmiy-texnik muammolar uslubiyatini, ilmiy-texnik axborot va patent manbalarining tizimlashtiruvi va umumlashtirilishini, ilmiy tadqiqotlarning maqsad va vazifalarini belgilashni o’rganadi;
  • hodisa, jarayon va tizimlarning matematik andozasini saralash va o’zgartirish uslubiyatini ularning dastur va apparat jihatdan samarali amalga oshishi, va ularning hisoblash texnikasini qo’llagan holda tadqiqot qilinishi maqsadida o’rganadi;
  • Algoritmlar, matematik andozalar, uslublar, kompyuter texnologiyalari va ilmiy tadqiqotlarda, loyiha-konstruktorlik faoliyatida,insonning texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar sohalar boshqaruvida qaror qa’bul qilish tizimlari bilan ishlash malakasini orttiradi.

Ishga joylashish:

Informatika va hisoblash texnikasi yo’nalishidagi magistr ilmiy tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, ishlab chiqarish-texnologik, ekspluatatsion, tashkiliy-boshqarma, pedagogik faoliyat olib borishi mumkin.

O’quv yakunida magistrlar:

  • AT bo’limlarda rahbarlik lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlaydilar;
  • muhandis, ilmiy xodim, laboratoriya va ilmiy-tadqiqot markazlari boshliqlari lavozimlarida ishlaydilar;
  • Informatika va zamonaviy texnika sohasida professional olim-tadqiqotchi, yangi texnologiyalar ishlab chiqaruvchisi mavqe’ini tanlagan holda aspiranturada o’z o’qishlarini davom ettiradilar.

O’qitish davomiyligi:
2 dan 2,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
Bakalavr darajasini tasdiqlovchi tegishli sohadagi diplom, yoki ixtisoslik mutaxassiligi berilgani haqida shahodatnoma.

Diplomlar:
«Axborot tizimlarining xavfsizligi » dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
82 900 rub.
(110 000 rub.)*
110 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project].

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика