Axborot-texnologik konsalting

Tashkilot boshqaruvining zamonaviy va samarali tuzilishining asosi apparat-dasturli AT- infratuzilmasidir. Axborot-texnologik konsalting tizimdan foydalanuvchilarning tashkilotning axborot resurslariga bo’lgan kirish huquqi tizimini takomillashtirish va AT- manbalari ishlatilishining samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Ushbu profil talabalari quyidagilarni o’rganadilar:

  • takomillashtirish usullari;
  • AT-loyihalar boshqaruvi;
  • Biznes-tahlil uslubiyati  va AT-infratuzilmalari rivojlanishi strategiyasini ishlab chiqarish;
  • Texnik tasniflash loyihasi va tayyorgarligi;

O’quv jarayonida o’quvchilar ilmiy-tadqiqot va tajribaviy-konstruktorlik ishlari metodologiyasini o’rganadilar, o’quv va ishdagi amaliyotni o’taydilar. O’qishning so’nggi bosqichida o’quv bosqichida magistrlik akademik darajasi izlanuvchilari ilmiy tadqiqotni amalga oshiradilar va dissertatsiya himoya qiladilar.

Profilning mahsus fanlari toifasiga quyidagilar kiradi:

  • ekspert tizimlar va bilim bazalarini ishlab chiqish;
  • tizimga oid integratsiya texnologiyalari;
  • biznes-jarayonlar va tizimlarni loyihalashtirish;
  • AT-konsalting uslubiyati;
  • Tashkilotning AT-infratuzilmalarini boshqarish;
  • Axborot va telekommunikatsion tizimlarni loyihalashtirish;
  • Tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirish tizimi;
  • Axborot-tahlil va qidiruv tizimlari;
  • Axborot xavfsizligi sohasidagi menejment.

O’quv jarayoni natijasida bitiruvchi:

  • loyihalarni boshqarishda, biznes-jarayonlardagi  muhandislik va qayta muhandislikda, biznes-jarayonlarni avtomatlashtirishda  zamonaviy uslub va asboblarni qo’llay oladi;
  • tizim va tahlilga oid tadqiqot olib boradi, tashkiliy tuzilmalar, biznes-jarayonlar va buyurtmachining boshqarma tizimlari andozasini yaratadi;
  • biznes boshqaruvi, moliya va xodimlar boshqaruvi sohasida maslahat bera oladi;
  • loyiha hujjatlashtirishni va ichki hisobotlarni hujjatlashtirishni amalga oshiradi;
  • AT-infratuzilmalarining alohida qismlarini baholashning aniq mezoni ostida audit yuritadi, hamda dasturiy, apparat manbalarining, ularni kuzatish jarayonlarining va tekshiriayotgan kompaniyaga xizmat ko’rsatilishi auditini amalga oshiradi.

Ishga joylashish:

Informatika va hisoblash texnikasi yo’nalishidagi magistr ilmiy tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, ishlab chiqarish-texnologik, ekspluatatsion, tashkiliy-boshqarma, pedagogik faoliyat olib borishi mumkin.

Bitiruvchilar quyidagi lavozimarda muvaffaqiyatli ishlamoqdalar: AT-infratuzilmalar auditori, korporativ axborot tizimlarini joriy qilish bo’yicha ekspert, tahlilchi, joriy qilish loyihalari rahbari, biznes-arxitektor.

O’qitish davomiyligi:
2 dan 2,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
Bakalavr darajasini tasdiqlovchi tegishli sohadagi diplom, yoki ixtisoslik mutaxassiligi berilgani haqida shahodatnoma.

Diplomlar:
«Axborot-texnologik konsalting» dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
82 900 rub.
(110 000 rub.)*
110 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project].

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика