“VTU” MTI Magistraturasida ta’lim shakllari

“VTU” Moskva Texnologik Instituti Magistraturasi oliy ma’lumot egalariga o’z o’qishlarini davom ettirishni yoki katta magistrlik dasturlari tanlovidan ikki yo’nalishdan birida yangi mutaxassislik sohasini o’zlashtirishni taklif etadi. Ta’lim 2-2,5 yil davom etadi va magistrlik darajasi berilishi bilan tugallanadi. Hozirda “VTU”MTIda ta’limning quyidagi shakllari amal qilmoqda:

Masofadan o’qitish texnologiyalari qo’laniluvchi sirtqi ta’lim

Ta’lim “VTU” MTIning masofadan o’qitish texnologiyalari qo’llanilishi bilan amalga oshiriladi va belgilangan rejaga muvofiq ravishda masofadan o’qish tizimida o’quv materiallarini mustaqil ravishda o’rganishning nisbatan erkin o’quv jadvalini hamda maxsus dasturiy ta’minot yordamida real vaqt rejimida (veb-konferensiyalar) o’qituvchilar va kursdoshlar bilan muloqotni nazarda tutadi.

Har bir fan o’rganilishi oraliq nazorat ishlarni muvaffaqiyatli topshirgan studentlargina topshirishi mumkin bo’lgan yakuniy test shaklidagi sinov yoki imtihon topshirish bilan yakunlanadi. Agar o’quv dasturi kurs ishini amalga oshirishni talab qiladigan fandan bo’lsa, student elektron pochta orqali mavzu va o’qituvchi maslahatini qa’bul qiladi va bajarilgan loyihani yuboradi.

Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda student mavzu tanlaydi, unga ilmiy rahbar va taqrizchi biriktiriadi. Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi “VTU” MTI filiallari bazasi asosida yuzma-yuz yoki onlayn – konferensiya rejimida topshiriladi. Sifatli Internet imkoniyati bo’lmagan holatda, siz “VTU” MTI sheriklari binolaridagi Internetga kirish nuqtalaridan foydalanishingiz mumkin.*

Biz sizga, birinchi navbatda, magistrlik darajasini erkin rejimda o’qishga va oliy o’quv yurtidagi ta’limni ish faoliyatingiz bilan bir vaqtda olib borishga imkon beruvchi aynan masofadan o’qish shaklida olish imkoniyatini qarab chiqishni tavsiya etamiz.

Qa’bul va o’qishga kirish yil davomida amalga oshiriladi. Dasturda ta’lim olish har oyning birinchi sanasidan boshlanadi.

* — xizmat faqat RF va MDH mintaqalariga ko’rsatiladi, xizmat Moskva va Sankt – Peterburg yashovchilariga ko’rsatilmaydi. Internetga kirish huquqi faqat “VTU” MTI sheriklari binolarida beriladi, batafsil ma’lumot uchun qa’bul komissiyasi maslahatchilariga Moskvadagi telefon orqali murojaat qiling: +7 (495) 648-62-26, Rossiya viloyatlaridan qo’ng’iroqlar uchun: 8 800 700 33 04 (qo’ng’iroq bepul)

Яндекс.Метрика