Inson resurslarini boshqarish

Inson manbasi zamonaviy bilimlar iqtisodiyotida muhim biznes-aktiv hisoblanadi. Inson resurslarini samarali boshqarish uchun kasbiy bilimlar dunyoqarashini muntazam ravishda kengaytirib borish, kasbiy mahorat va malaka darajasini oshirib borish lozim.

Magistrlik dasturi rahbar va mutaxassislarga inson resurslarini boshqarishdagi o’z kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniyatini beradi.

Ushbu profil talabalari quyidagilarni o’rganadilar:

  • menejmentning zamonaviy muammolari, chet tili, ilmiy tadqiqotlarning metodologiyasi va falsafasi, boshqaruv tizimlari tadqiqoti, institutsional va boshqarma iqtisodiyoti;
  • menejmentning tadqiqot metodlari, zamonaviy korporativ tahlil, korporativ moliya, tashkilot nazariyasi va tashkilotdagi xulq.

Qo’shimcha o’qish uchun quyidagi fanlar xohish asosida o’tiladi: boshqaruvdagi matematik modellar, biznes-jarayonlarni boshqarishda axborot texnologiyalari.

Profilning mahsus fanlari toifasiga quyidagilar kiradi:

  • Xodimlarning strategik boshqaruvi, xodimlarni ta’lim olishini rivojlantirish, mehnat huquqi;
  • Loyihalar boshqaruvi, innovatsion menejment, mehnat tashkiloti, me’yorlanishi va mehnat haqi.

Xohish asosida jamiyatshunoslik va boshqaruv psihologiyasi, xodimlarning boshqaruvida axborot texnologiyalari, konfliktologiya o’tiladi.

O’quv jarayoni natijasida bitiruvchi:

  • bo’lim va bo’linmalarning inson resurslarini boshqarishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • Korxonaning xodimlar bilan bo’g’liq siyosatini belgilaydi va amalga oshiradi;
  • Ta’lim loyihalarini, guruh tuzish masalalarini, xodimlar attestatsiyasini, tashkiliy rivojlanishni rejalashtiradi va amalga oshiradi.
  •  Motivatsiya tizimlarini joriy etadi va xodimlar sodiqligini oshiradi;
  • Korxonaning inson kapitalining strategik  rivojlanishini amalga oshiradi.

Ishga joylashish:

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar turli tarmoqdagi yirik, o’rta va kichik korxona va tashkilotlarning xodimlar bilan shug’ullanuvchi bo’limlarida, xodimlar qidiruvi bilan shug’ullanuvchi, o’rgatuvchi va konsalting korxonalarda quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • Korxona direktori, xodimlarni tanlash bo’yicha direktor, dastur va loyihalar hamda bo’lim va bo’linmalar rahbarlari, bosh mutaxassislar

O’qitish davomiyligi:
2 dan 2,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
Bakalavr darajasini tasdiqlovchi tegishli sohadagi diplom, yoki ixtisoslik mutaxassiligi berilgani haqida shahodatnoma.

Diplomlar:
«Inson resurslarini boshqarish» dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
72 900 rub.
(100 000 rub.)*
100 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project].

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика