Logistika

Deyarli har qanday zamonaviy korxonaning faoliyati sotib olish, yetkazib berish, yukni transport orqali tashishning ichki va tashqi jarayonlari, moddiy va axborotga oid obyektlarning taqsimlanishi jarayonlarining samarali ishlashiga asoslanadi.

Bu maqsadda logistik faoliyat boshqaruvining murakkab va doimo rivojlanayotgan tizimlari qo’llaniladi. Magistrlik dasturi doirasidagi chuqur bilimlar rahbarlarga ularning korxonalarini raqobatbardosh ustunlik bilan ta’minlovchi malakalarga erishish imkoniyatini beradi.

Ushbu profil talabalari quyidagilarni o’rganadilar:

  • menejmentning zamonaviy muammolari, chet tili, ilmiy tadqiqotlarning metodologiyasi va falsafasi, boshqaruv tizimlari tadqiqoti, institutsional va boshqarma iqtisodiyoti;
  • menejmentning tadqiqot metodlari, zamonaviy korporativ tahlil, korporativ moliya, tashkilot nazariyasi va tashkilotdagi xulq.

Qo’shimcha o’qish uchun quyidagi fanlar xohish asosida o’tiladi: boshqaruvdagi matematik modellar, biznes-jarayonlarni boshqarishda axborot texnologiyalari.

Profilning mahsus fanlari toifasiga quyidagilar kiradi:

  • Umumiy logistika, mobor logistikasi, sotib olish logistikasi, transport logistikasi;
  • Innovatsion menejment, sifat boshqaruvi

Xohish asosida o’qitiladigan fanlar: ehtiyotkor ishab chiqarish, loyihalar boshqaruvi, logistikada axborot texnologiyalari.

O’quv jarayoni natijasida bitiruvchi:

  • Sotib olish, yetkazib berish, moddiy obyektlarni transport orqali tashish jarayonlarining tezkor va strategik boshqaruvini amalga oshiradi;
  • Logistik jarayonlar va tizimlar boshqaruvi muammolari majmuasini yechadi;
  • Logistik operatsiyalarni hujjatlashtirishning samarali jarayonlarini tashkil qiladi;
  • Kompaniyaning logistik majmualarini, transport va ombor infratuzilmalarini boshqaradi.

Ishga joylashish:

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar tovar sotib olish va taqsimlash jarayonlarida rivojlanayotgan yirik, o’rta va kichik kompaniya va korxonalarda, logistika, sotib olish, transport yoki taqsimlash bo’limlarida; professional logistik kompaniyalarda quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • direktor, bo’lim rahbari, katta mutaxassis.

O’qitish davomiyligi:
2 dan 2,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
Bakalavr darajasini tasdiqlovchi tegishli sohadagi diplom, yoki ixtisoslik mutaxassiligi berilgani haqida shahodatnoma.

Diplomlar:
«Logistika» dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
72 900 rub.
(100 000 rub.)*
100 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project].

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика