Marketing boshqaruvi

Zamonaviy sharoitlarda marketing har qanday korxonaning majburiy vazifalaridan biridir. Korxonaning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishini belgilovchi marketing masalalarini samarali yechish maqsadida rahbarlar va marketing mutaxassislari professional bilim va malakaga ega xodimlarni qo’lga kiritish zarur.

Magistrlik dasturi bilimlarni yangilash va kengaytirish, kasbiy mahorat darajasini oshirish va qo’shimcha tahliliy va tadqiqiy malakani qo’lga kiritish imkoniyatini beradi.

Ushbu profil talabalari quyidagilarni o’rganadilar:

  • menejmentning zamonaviy muammolari, chet tili, ilmiy tadqiqotlarning metodologiyasi va falsafasi, boshqaruv tizimlari tadqiqoti, institutsional va boshqarma iqtisodiyoti;
  • menejmentning tadqiqot metodlari, zamonaviy korporativ tahlil, korporativ moliya, tashkilot nazariyasi va tashkilotdagi xulq.

Qo’shimcha o’qish uchun quyidagi fanlar xohish asosida o’tiladi: boshqaruvdagi matematik modellar, biznes-jarayonlarni boshqarishda axborot texnologiyalari.

Profilning mahsus fanlari toifasiga quyidagilar kiradi:

  • Strategik marketing, reklama asoslari, marketing tadqiqotlar, iste’molchilar ahloqi;
  • Loyihalar boshqaruvi, innovatsion menejment.

Xohish asosida internet-marketing, narxlarning vujudga kelishi, marketingda axborot texnologiyalari fanlari o’tiladi.

O’quv jarayoni natijasida bitiruvchi:

  • Bozor tahlili va bozordagi narxlar o’zgarishi faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
  • Korxonaning marketing strategiyasini yaratadi va amalga oshiradi;
  • Xaridorlar sodiqligini oshirishga qaratilgan dastur va loyihalarni, reklama va PR-kampaniyani boshqaradi;
  • Zamonaviy korxonaning marketing faoliyatini muvaffqiyatli boshqaradi.

Ishga joylashish:

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar turli tarmoqdagi yirik, o’rta va kichik korxona va tashkilotlarning marketing va reklama bo’limlarida, reklama va marketing bilan shug’ullanuvchi korxonalarda quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • Kompaniya direktori, marketing direktori, bo’lim va bo’linmalar boshliqlari, dastur va loyiha rahbari, bosh mutaxassis.

O’qitish davomiyligi:
2 dan 2,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
Bakalavr darajasini tasdiqlovchi tegishli sohadagi diplom, yoki ixtisoslik mutaxassiligi berilgani haqida shahodatnoma.

Diplomlar:
«Marketing boshqaruvi» dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
72 900 rub.
(100 000 rub.)*
100 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project].

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика