Ishlab chiqarish menejmenti

Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona va kompaniyalar boshqaruv sohasida ko’pgina muammolar majmuasini yechishga majbur. Biznesning muvaffaqiyati bu masalalarni yechilishiga bog’liq. Bu esa rahbarlarni ishlab chiqarish menejmenti sohasidagi bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish sari harakat qilishga majburlaydi.

Ushbu profil talabalari quyidagilarni o’rganadilar:

  • menejmentning zamonaviy muammolari, chet tili, ilmiy tadqiqotlarning metodologiyasi va falsafasi, boshqaruv tizimlari tadqiqoti, institutsional va boshqarma iqtisodiyoti;
  • menejmentning tadqiqot metodlari, zamonaviy korporativ tahlil, korporativ moliya, tashkilot nazariyasi va tashkilotdagi xulq.

Qo’shimcha o’qish uchun quyidagi fanlar xohish asosida o’tiladi: boshqaruvdagi matematik modellar, biznes-jarayonlarni boshqarishda axborot texnologiyalari.

Profilning mahsus fanlari toifasiga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish menejmenti, sifat boshqaruvi, loyihalar boshqaruvi;
  • operatsiyalar boshqaruvi, innovatsion menejment, xodimlar boshqaruvi.

Xohish asosida marketing, logistika, o’zgarishlar boshqaruvi fanlari o’tiladi.

O’quv jarayoni natijasida bitiruvchi:

  • ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi texnologiyalar va tovarlarni o’zlashtirish, ishlab chiqarish quvvatini zamonaviylashtirish va kengaytirish bo’yicha dastur va loyihalarni boshqaradi,
  • Ishlab chiqarish tizimlarining boshqaruvi muammolar majmuasini yechadi;
  • Ishlab chiqarish jarayonlari sharoitini yaxshilaydi va samaradorligini oshiradi;
  • Ishlab chiqarish bo’linmalarini samarali operativ va strategik boshqaruvini amalga oshiradi.

Ishga joylashish:

Bu dastur bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar ishlab chiqaruvchi, moliya, konsalting, xizmat ko’rsatish va boshqa tashkilotlarning strategik rivojlantirish, ishlab chiqaruvchi-texnik, rejalashtiruvchi-iqtisodiy va rejalashtirish bo’limlarida hamda oliy darajadagi rahbarlik o’rinlarida quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli ishlaydilar:

  • direktor, bo’lim va bo’linmalar rahbar, katta va bosh mutaxassis, dastur va loyiha rahbarlari.

O’qitish davomiyligi:
2 dan 2,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
Bakalavr darajasini tasdiqlovchi tegishli sohadagi diplom, yoki ixtisoslik mutaxassiligi berilgani haqida shahodatnoma.

Diplomlar:
«Ishlab chiqarish menejmenti» dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
72 900 rub.
(100 000 rub.)*
100 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project].

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика