Global MBA

Global MBA — bu yuqori darajali menejerlar uchun mo’ljallangan MBA dasturi bo’lib, u Moskva texnologik instituti va Moscow Business School mutaxassislari tomonidan Linocoln University amerika universtiteti hamkorligida ishlab chiqildi.

Global MBA dasturi xalqaro yetakchi biznes maktablarining boshqaruv borasidagi zamonaviy tajribalarini o’z ichiga oladi va xalqaro munosabatlarga tegishli malakalarini yuksak darajada o’zlashtirishga hamda keyinchalik yirik kompaniya va xalqaro korporatsiyalarning boshqaruvida faol ishtirok etishga imkon beradi.

Dastur xalqaro bozorlar boshqaruviga moyillikni o’zida aks ettiradi va tinglovchilarni xalqaro munosabatlar va boshqaruv sohasidagi muhim amaliyotga asoslangan bilimlar bilan ta’minlaydi.

Dastur ACICS va CHEA tomonidan akkreditatsiyalangan. Lincoln University professor va o’qituvchiar tarkibi IIE, BALIS, AACRAO, NAFSA va AAHE akkreditatsiyasiga ega.

Ushbu dasturni tanlash kimlarga tavsiya etiladi?

Global MBA kursi yuqori darajali menejerlarga, tadbirkorlaga va kompaniya egalariga, xalqaro bozorlarda ishlayotganlarga yoki ishlashga intilayotganlarga tavsiya etiladi.

O’quv natijasida siz:

Global MBAda o’quv bitiruvchilarga o’zining mehnat munosabatlarini jiddiy tarzda kengaytirishga va keyinchalik xalqaro kompaniyalarning biznesida yetakchi o’rinlarni va boshqaruv lavozimlarini egallashga imkon beradi.

Global MBA dasturi bo’yicha ta’limning ustunliklari:

  • Leksiya va seminarlar Lincoln University ning malakali o’qituvchilari tomonidan olib boriladi;
  • O’quv Moscow Business School ning moskvadagi kampusida olib boriladi;
  • Darslar kechki vaqt va dam olish kunlari olib boriladi;
  • Tinglovchilar o’quv va ishni birga olib borishlari mumkin;

O’quv muddati

O’quv 3 semestr (1,5 yil) davom etadi. Darslar kechki vaqt va dam olish kunlari Moscow Business School ning moskvadagi kampusida olib boriladi. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.

O’quv jarayonidagi o’ziga xosliklar:

  • Qatnov sessiyalarning amerikalik o’qituvchilar boshchiligida o’tkazilishi

    Executive tizimi darslar o’tkazilish vaqtini qisqa muddatli bloklarga ajratishga imkon bergan holda MBA ta’limning modul tizimini optimallashtiradi. Shu tarzda, (qatnab o’tiladigan) darslar fanlar bo’yicha intensive tarzda 14-16 kun davom etadi, guruh har kuni ta’lim olsa: tanaffuslarni hisobga olganda ish kunlari 19:00 dan 21:30 gacha, dam olish kunlari 10:00 dan 17:30 gacha darslar olib boriladi.

  • Loyihaviy ishlarining amerikalik o’qituvchilar boshchiligida bajarilishi

    Qatnov sessiyasining oxirida o’qituvchi har bir talabaga loyihaviy ish uchun mavzu belgilaydi va ushbu vazifa 4-6 hafta ichida o’qituvchi-rahbarning distantsion boshqaruvida bajarilishi lozim.

    O’tish ballarini olish: qatnov sessiyasi va loyihaviy ish natijalari bo’yicha talaba fan uchun umumiy baho oladi va keyingi qatnov sessiyasiga o’tadi.

Abiturentlarga talablar:

  • 4.0 shkalada 2.7 dan past bulmagan o’rta akademik ball (GPA) bilan tugallangan oliy ta’lim (bakalavriat, spetsialitet yoki magistratura)
  • Ingliz tilida esse
  • GMAT*
  • Ingliz tilini bilish haqidagi sertifikati**

* — qabul vaqtida GMAT talab qilinmaydi, lekin talabalarga birinchi o’quv yili davrida ushbu imtihonni topshirish tavsiya etiladi
** — qabul vaqtida ingliz tilini bilish haqidagi sertifikat talab qilinmaydi, talaba kurs tugagunga qadar unga ega bo’lishi lozim (ushbu sertifikat bitiruvchining shaxsiy delosiga kiritiladi)

Diplomlar:

Global MBA dasturi bo’yicha ta’lim va diplom loyiha himoyasi yakunidan so’ng har bir bitiruvchi ikkita diplom qabul qiladi:

  1. Amerika universtiteti Lincoln Universityning Master of Business Administration diploma
  2. Master of Business Administration darajasini beruvchi Xalqaro diplom hamda chet el tashkilotlari uchun qo’shimcha tarjima yoki ishonchnoma talab qilmaydigan umumyevropaga oid diplom ilovasi (Diploma Supplement)

O’quv shakli va narxi:

Qatnab o’qish
590 000 rubl

Nаrhning tаrkibigа to’liq o’quv kursi kirаdi, qo’shimchа to’lоvlаr mаvjud emаs; 36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика