MBA sohaviy dasturlari

Sohaviy MBA — amaliyotga qarab mo‘ljal oladigan, o‘z biznesiga ega bo‘lganlar yoki uni qaysi sohada ochishni aniq biladiganlar, shuningdek muayyan faoliyat sohasida o‘z boshqaruv faoliyatini rivojlantirishni rejalashtirgan menejerlar uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturlar turkumi.

Moscow Business School quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha ta’lim dasturlarini taklif qiladi:

Bu dasturlarning har biri MBA General standartlari bo‘yicha to‘laqonli ta’lim kursini va qo‘shimcha sohaviy komponentni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, Sohaviy MBA dasturini bitiruvchilar zamonaviy rahbar-jeneralistning har qanday kompaniyani yoki uning biznes-birligini boshqarish uchun zarur bo‘lgan barcha bilimlarga, shuningdek muayyan sohani samarali boshqarish uchun maxsus bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Kunduzgi seminarlar va stajirovkalar shaklidagi sohaviy maxsus kurslar talabani qiziqtiruvchi sohada biznesni rivojlantirish bo‘yicha yetakchi konsultantlar hamda Rossiya va chet el kompaniyalarini samarali boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan professional ekspertlar tomonidan o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning maqsadi — barcha biznes-jarayonlarni tashkil etish xususiyati va sohani boshqarish eng yaxshi amaliyotlari bilan atroflicha tanishtirish. Talabalarga xorijiy va mahalliy kompaniyalarni samarali boshqarish amaliy tajribasini o‘z biznesiga ko‘chirish, o‘z biznes-loyihalarini ochish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha professionallar va ekspertlardan tavsiyalar olish taklif qilinadi.

Ta’lim kursining oxirida bitiruvchi diplom loyihasi — o‘z ishini ochish bo‘yicha biznes-rejani himoya qilishi kerak bo‘ladi. Bu rejada marketing, strategik rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlarni puxta ishlab chiqish yoki mavjud biznesni takomillashtirish yuzasidan takliflarni ta’riflash talab etiladi. Bularning barchasi tajribali professionallar-murabbiylarning rahbarligi ostida va ularning ishtirokida ishlab chiqiladi.

Ta’lim jarayoni quyidagilarni ham o‘z ichiga oladi:

  • Test sinovlari va nazorat ishlari.
  • Etakchi amaliyotchi-mutaxassislar ishtirokida videokonferentsiyalar va onlayn-seminarlar; ularga Siz o‘zingizni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha savollarni real vaqt rejimida berishingiz mumkin.
  • Ma’ruzalar, konferentsiyalar va seminarlarning yozuvlarini, ekspertlarning elektron konspektlari, o‘quv qo‘llanmalari va maqolalarini o‘z ichiga olgan Moscow Business School bilimlar bazasidan foydalanish imkoniyati.
  • Tajriba almashish va amaliy hamkorlarni qidirib topish uchun keng imkoniyatlar yaratadigan yirik biznes hamjamiyatida ishtirok etish.

Abiturientlarga talablar:

  • Tugallangan oliy ma’lumot;
  • 2 yildan ortiq ish tajribasi.

Diplom

Sohali MBA dasturi bo’yicha o’quv jarayoni nihoyasiga yetgach, va diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo’ladi:

  1. Qo’shimcha (oliyga) ma’lumot to’g’risidagi diplom, “Ish yuzasidan boshqarish masteri – Master of Business Administration (MBA)” qo’shimcha malakaning berilganligini tasdiqlaydi;
  2. Ingliz tilidagi UNESCO logotipli Master of Business Administration darajasi berilganlik to’g’risidagi diplom hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement), horijiy tashkilotlarda taqdim qilinishi uchun qo’shimcha tarjima yoki notarial tasdiqlanishi kerak emas.

O’quv shakli va narxi:

MTTni qo’llash bilan sirtqi shakl Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 2-tа kunduzgi sеssiya bilan
Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 1-tа kunduzgi sеssiya va
chet elda 1-ta kunduzgi sessiya bilan
149 000 rub. dan
(219 000 rub. dan)
219 000 rub. dan
219 000 rub. dan
(269 000 rub. dan)
269 000 rub. dan
249 000 rub. dan
(369 000 rub. dan)
369 000 rub. dan

O`qitish narhiga to`liq (2 yil) o`qitish kursi kiradi, qo`shimcha to`lovlar yo`q;
Boshlang`ich badali 0% bo`lgan 36 oygacha ta’lim kreditini olish mumkin.

Яндекс.Метрика