МВА fitness sanoatida

Fitnesda MBA dasturi sizga fitness-klub faoliyatini tashkil etish bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish imkoniyatini beradi: strategik rivojlanish, xizmatlar tuzilmasi, sotuvlar, marketing va hisob siyosatining tizimi, xizmatlarni ko’rsatish standartlari. Siz mijozlar bilan o’zaro ta’sirning optimal tizimni qanday qurishni, alohida bo’linmalarni qanday boshqarishni, byudjetni rejalashtirishni, samaradorlikni tahlil qilishni bilib olasiz. Bundan tashqari, dastur sport menedjmenti asoslarini o’rganib chiqishga imkon yaratadi.

Fitnesda MBA dasturining bitiruvchilari marketing, reklama va PR bo’yicha mutahassis, reklama agentligining direktori yoki menedjeri, fitness-klubning boshqaruvchisi lavozimlariga ishga joylashisha qo’shimcha imtiyozlarga ega bo’ladilar.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • Fitness-markazning samaradorlik asosiy ko’rsatkichlarini qanday boshqarishni bilib olasiz;
  • Fitness-xizmatlar bozorida o’zingizni qanday tarzda to’g’ri tutishni bilib olasiz;
  • Fitness-markazning asosiy va qo’shimcha xizmatlar to’plamini to’g’ri ravishda shakllantira olasiz;
  • Xizmatlarni sotish tizimini qanday tashkillashtirishni o’rganasiz;
  • Klub oldida marketing vazifalarni belgilay olasiz;
  • Marketing asboblarini mijozlarni jalb qilish va ushlab qolishda qanday ishlatishni o’rganasiz;
  • Sport tashkilotlarining moliyaviy faoliyatining hususiyatlari to’g’risida bilimga ega bo’lasiz;
  • Sport xizmatlari sohasida me’yoriy-huquqiy bazani ko’rib chiqasiz;
  • Sport tashkilotlarini boshqarish, musobaqalar va mashqlar jarayonini tayyorlash va o’tkazish prinsiplarini o’zlashtirasiz;
  • Boshqarish, funksiyalarni taqsimlash, samaradorlik ko'rsatkichlarini aniqlash tuzilmasini shakllantira olasiz.

Ushbu o’quv dasturini tanlash kimga tavsiya etiladi?

  • Fitness-markazning boshqaruvchilari, mulkdorlari;
  • Fitness-klubining yuqori va o’rta pog’onali menedjerlari;
  • Sport tashkilotining marketing, reklama va PR bo’yicha yuqori va o’rta pog’onali menedjerlari va mutahassislariga.

O`qitish muddati va o`quv rejasi

МВА fitness sanoatida dasturi bo`yicha o`qitish muddati 2 yil. O`qitish jarayonida 14 ta bazoviy modul, shuningdek qo`shimcha maxsus qism o`rgatiladi. Maxsus qism qatnab o’qish shaklida o’rgatiladi.

Abiturientlarga talablar:

  • Tugallangan oliy ma’lumot;
  • 2 yildan ortiq ish tajribasi.

Diplom

Sohali MBA dasturi bo’yicha o’quv jarayoni nihoyasiga yetgach, va diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo’ladi:

  1. Qo’shimcha (oliyga) ma’lumot to’g’risidagi diplom, “Ish yuzasidan boshqarish masteri – Master of Business Administration (MBA)” qo’shimcha malakaning berilganligini tasdiqlaydi;
  2. Ingliz tilidagi UNESCO logotipli Master of Business Administration darajasi berilganlik to’g’risidagi diplom hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement), horijiy tashkilotlarda taqdim qilinishi uchun qo’shimcha tarjima yoki notarial tasdiqlanishi kerak emas.

O’quv shakli va narxi:

Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 2-tа kunduzgi sеssiya bilan
219 000 rub.
(269 000 rub.)
269 000 rub.

O`qitish narhiga to`liq (2 yil) o`qitish kursi kiradi, qo`shimcha to`lovlar yo`q;
Boshlang`ich badali 0% bo`lgan 36 oygacha ta’lim kreditini olish mumkin.

Яндекс.Метрика