MBA Mijozlar servisi va loyallik bilan ishlash

Loyallik dasturlari mijozlar bilan munosabatlarni yahshilash va saqlab qolishning eng rivojlangan asboblaridan biri bo’lib hisoblanadi. “Eski” mijozlarni ushlab qolish va aksariyat “yangi” mijozlar doimiy bo’lib qoladigan tizimni ishlab chiqish mijozlar servisini yaratishning eng asosiy masalalari hisoblanadi.

Moscow Business School taklif etayotgan “Mijozlar servisi va loyallik bilan ishlash” MBA dasturi muloqot qilish qobiliyati, stresslarga qarshi turish, hamda nizoli vaziyatlar vujudga kelganda operativ tarzda fikrlash kabi sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Dasturda muvaffaqiyatli tarzda erkin bayon qilish va professional yondashuv, nazariy asoslar va trenerlarning amaliy tajribasi birlashgan. Ishtirokchilar kompaniyada mijozlar servisinining yuqori darajada yaratish va ta’minlash uchun zarur bo’lgan bilimlarni oladilar.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • Samarali tarzda mijozlarga yo’naltirilgan yondashuvni mijozlar loyalligini kuchaytirishning ko’plab usullar bilan qo’llashni o’rganasiz;
  • O’z kompaniyangiz uchun servis xizmatini qurush/optimallashtirish bo’yicha harakatlarning aniq rejasini ishlab chiqa olasiz;
  • Iste’molchilar idrokini boshqara olasiz;
  • Potensial iste’molchiga marketing, reklama va PR ta’sirlarning samaradorligini oshiradigan asboblarni o’zlashtirasiz;
  • Iste’molchilar qarorlariga qanday ta’sir qilishni o’rganasiz;
  • G’oyalarni yaratish va ularni maqsadli segment va iste’molchilar idrokini hisobga olgan tarzda amalga oshirish asosiy usullarini ko’rib chiqasiz;
  • Diplom loyihasi ustida ishlash davomida o’z tashkilotingizda mijozlar servisi sohasida boshqarish tizimini mukammallashtira olasiz.

Ushbu o’quv dasturini tanlash kimga tavsiya etiladi?

  • Kompaniyalarning bosh va tijorat direktorlariga;
  • Marketing, reklama va sotuvlar bo’limlarining rahbarlariga;
  • Marketing va reklama bo’yicha menedjerlarga, brend-menedjerlarga;
  • Kompaniyalarning analitiklariga.

Abiturientlarga talablar:

  • Tugallangan oliy ma’lumot;
  • 2 yildan ortiq ish tajribasi.

Diplom

Sohali MBA dasturi bo’yicha o’quv jarayoni nihoyasiga yetgach, va diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo’ladi:

  1. Qo’shimcha (oliyga) ma’lumot to’g’risidagi diplom, “Ish yuzasidan boshqarish masteri – Master of Business Administration (MBA)” qo’shimcha malakaning berilganligini tasdiqlaydi;
  2. Ingliz tilidagi UNESCO logotipli Master of Business Administration darajasi berilganlik to’g’risidagi diplom hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement), horijiy tashkilotlarda taqdim qilinishi uchun qo’shimcha tarjima yoki notarial tasdiqlanishi kerak emas.

O’quv shakli va narxi:

Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 2-tа kunduzgi sеssiya bilan
219 000 rub.
(269 000 rub.)
269 000 rub.

O`qitish narhiga to`liq (2 yil) o`qitish kursi kiradi, qo`shimcha to`lovlar yo`q;
Boshlang`ich badali 0% bo`lgan 36 oygacha ta’lim kreditini olish mumkin.

Яндекс.Метрика