МВА ko’chmas mulkda

Ko’chmas mulk sohasi ish va investisiyalar uchun eng daromadli, barqaror va jalb qiluvchi sohalardan biri bo’lib qolmoqda. Hatar omillarining biznesga ta’sirini kamaytirish uchun boshqaruv sifatini doimiy tarzda oshirish zarur.

Moscow Business Scholl dan MBA dasturi doirasida siz kompaniyani boshqarishning ma’muriy, marketing va moliyaviy tehnologiyalari sohasida bilimlarga ega bo’lib, ular doimiy tarzda rivojlanayotgan bozorda barqaror yuqori natijalarga erishisga imkon yaratadilar.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • Asosiy moliyaviy hisobotlarni tahlil qilishni o’rganasiz;
  • Ko’chmas mulk agentligining daromadligi va moliyaviy barqarorligiga erishish uchun moliyaviy asoslarni o’rganib chiqasiz;
  • Raqobat ustuvorliklarini yaratish, ko’chmas mulk agentligini o’rnashish va oldinga siljishi bo’yicha tavsiyalarga ega bo’lasiz;
  • Eng yahshi agentlarni qanday tarzda tanlash, o’qitish va ushlab qolishni o’rganasiz;
  • Ko’chmas mulk ob’yektlarining rivojlanish jarayonini loyihalashtirishdan ishlatishgacha bo’lgan davrni ko’rib chiqasiz;
  • Biznes-jarayonlarni optimallashtirishni o’rganasiz;
  • Maqsadli auditoriyanign ko’chmas mulk ob’yektlarini tanlashning asosiy tamoyillarini bilib olasiz;
  • Barqaror pul mablag’lariningg oqimini ta’minlay olasiz;
  • Ko’chmas mulk bozorining maqsadli auditoriya bilan o’zaro ta’sir mehanizmlarini o’rganib chiqasiz.

Ushbu o’quv dasturini tanlash kimga tavsiya etiladi?

  • Ko’chmas mulk agentligining egasi yoki rahbarlariga;
  • Ofis yoki qo’shimcha ofis direktoriga;
  • Rieltorlik kompaniya bo’limining rahbariga;
  • Ko’chmas mulk sohasida ish yuritadigan kompaniya boshlig’iga;
  • Turar joy yoki tijorat ko’chmas mulk egasiga;
  • Korhonaning ko’chmas mulkini boshqarish va ekspluatasiya qilish uchun javob beradigan korhona rahbari yoki mutahassisiga;
  • Kompaniyani boshqaradigan yoki ishlatadigan rahbar yoki mutahassisga;
  • TMSh yoki boshqa ko’chmas mulk mulkdorlari birlashmasining raislariga.

O`qitish muddati va o`quv rejasi

МВА ko’chmas mulkda dasturi bo`yicha o`qitish muddati 2 yil. O`qitish jarayonida 14 ta bazoviy modul, shuningdek qo`shimcha maxsus qism o`rgatiladi. Maxsus qism qatnab o’qish shaklida o’rgatiladi.

Abiturientlarga talablar:

  • Tugallangan oliy ma’lumot;
  • 2 yildan ortiq ish tajribasi.

Diplom

Sohali MBA dasturi bo’yicha o’quv jarayoni nihoyasiga yetgach, va diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo’ladi:

  1. Qo’shimcha (oliyga) ma’lumot to’g’risidagi diplom, “Ish yuzasidan boshqarish masteri – Master of Business Administration (MBA)” qo’shimcha malakaning berilganligini tasdiqlaydi;
  2. Ingliz tilidagi UNESCO logotipli Master of Business Administration darajasi berilganlik to’g’risidagi diplom hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement), horijiy tashkilotlarda taqdim qilinishi uchun qo’shimcha tarjima yoki notarial tasdiqlanishi kerak emas.

O’quv shakli va narxi:

Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 2-tа kunduzgi sеssiya bilan
219 000 rub.
(269 000 rub.)
269 000 rub.

O`qitish narhiga to`liq (2 yil) o`qitish kursi kiradi, qo`shimcha to`lovlar yo`q;
Boshlang`ich badali 0% bo`lgan 36 oygacha ta’lim kreditini olish mumkin.

Яндекс.Метрика