Moskva tehnologik instituti taqdim etayotgan Master of Public Administration dasturi davlat va ma’muriy hukumat organlaridagi hodimlarning, hamda davlat organlari bilan o’zaro ta’sirda bo’ladigan biznes-tuzilmalarning boshqaruv ko’nikmalarini rivojlantirish uchun taqdim etilgan.

O’quv jarayoni katta hajmdagi materiallarni masofadan o’rganishni nazarda tutadi, bu asosiy faoliyatdan uzluksiz tarzda o’qishga imkon beradi. O’qish jarayonining samaradorligi videoma’ruzalar, vebinarlar, muzokara seminarlardan forum fazosida foydalanish hisobiga oshadi. Talabalar doim barcha qiziqtirayotgan masalalar bo’yicha o’qituvchilar-amaliyotchilar va tyutorlar bilan maslahatlashish imkoniyatiga egalar.

Dastur zamonaviy boshqaruvchiga zarur bo’lgan amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Talabalar davlat va ma’muriy boshqarish yuridik masalalarining zamonaviy nazariyasini va amaliyotini, shuningdek, iqtisodiy masalalarni (hususan, ho’jalik) o’zlashtirishlari mumkin. MPA dasturi hukumat tuzilmalarida haqiqiy ish tajribasiga, hamda kontragentlar sifatida davlat sektori bilan o’zaro ta’sir tajribasiga ega bo’lgan ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan.

MPA dasturi bo’yicha o’qish sizga davlat sektorida boshqarish ko’nikmalarini rivojlantirishga, biznes va hukumat tuzilmalarining samarali o’zaro ta’siri tehnikasini o’zlashtirishga imkon beradi.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • Davlat va ma’muriy boshqarishning zamonaviy tizimida samarali ishlash bilimlari va ko’nikmalariga ega bo’lasiz;
  • Tez va sifatli tarzda muammoli vaziyatning tahlilini amalga oshirib, optimal qarorni topishni o’rganasiz;
  • Yanada operativ va samarali holda favquloddagi vaziyatlarga e’tibor qaratasiz;
  • Diplom ishi doirasida Moskva tehnologik institutining amaliyotchilari bilan birgalikda professional faoliyat sharoitlari va natijalarini yahshilashning haqiqiy loyihasini ishlab chiqish imkoniga ega bo’lasiz;
  • Olingan bilimlar asosida siz uchun eng optimal bo’lgan hukumat va biznesning o’zaro ta’sir usullarini ishlab chiqasiz;
  • Davlat va ma’muriy xizmatda strategik fikrlash gorizontlarini kengaytirasiz;
  • Biznes vakillarini jalb qilgan holda davlat tuzilmalari professionallarining yanada muvaffaqiyatli jamoali ishlash ko’nikmalariga ega bo’lasiz;
  • Dastur talabalari, o’qituvchilari va tyutorlari orasidan hamfikrdoshlar va hamkasabalarga ega bo’lasiz;
  • Karyera bo’yicha ko’tarilish va davlat tuzilmalari uchun yangi loyihalarni yaratish uchun yangi bilimlarga ega bo’lasiz

Ushbu o’quv dasturini tanlash kimga tavsiya etiladi?

  • Davlat va ma’muriy tuzilmalarning rahbarlari va ularning o’rinbosarlariga
  • Davlat va ma’muriy tuzilmalarning rahbarlari lavozimlarini egallash uchun kadrlar zahirasiga kiritilgan professionallarga 
  • Davlat sektori tashkilotlarining o’rta va yuqori pog’onali rahbarlarga
  • Rossiya va jahon kompaniyalarining GR-menedjerlariga
  • Davlat va ma’muriy hukumat organlari bilan faol ish olib borayotgan kompaniyalarning menedjerlariga

O`qitish muddati va o`quv rejasi

«Master of Public Administration (MPA)» dasturi bo’yicha o`qitish muddati 2 yil.

Abiturientlarga talablar:

  • Tugatilgan oliy ma’lumot;
  • Davlat sektori tashkilotlarida davlat yoki ma’muriy xizmatida yoki jamoatchilik, biznes-tuzilmalar va notijorat tashkilotlardagi davlat idoralari bilan aloqalar bo’yicha ijtimoiy bo’limlar va xizmatlarda 2 yildan ortiq ish tajribasi.

O’quv shakli va narxi:

MTTni qo’llash bilan sirtqi shakl
219 000 rub.
(269 000 rub.)
269 000 rub.

O`qitish narhiga to`liq (2 yil) o`qitish kursi kiradi, qo`shimcha to`lovlar yo`q;
Boshlang`ich badali 0% bo`lgan 36 oygacha ta’lim kreditini olish mumkin.

Diplom

MBA professional dasturi bo'yicha o'qish jarayoni nihoyasiga yetgach, hamda diplom loyihasi himoya qilingach, har bir bitiruvchi qo’shimcha (oliyga) diplomga ega bo’ladi. Bu diplom “Davlat va munitsipal boshqarish mutaxassisi – Master of Public Administration (MPA)” qo’shimcha malakaning berilganligini tasdiqlaydi.

Яндекс.Метрика