МВА tibbiy buyumlar va dorilar ishlab chiqarishda

Tibbiy buyumlar va dorilarni ishlab chiqarishda MBA dasturi — bu tibbiy va farmasevtik bozorlarning bir nechta segmentlarini o’zlashtirishga imkon beruvchi dasturdir.

Dastur raqobatdoshlik, investision jozibadorlik va ichki motivasiyaning oshishini ta’minlovchi biznes-jarayonlarni loyihalashtirish ko’nikmalariga ishlov berishni o’z ichiga oladi.

Tibbiy buyumlar va sorilar ishlab chiqarishda МВА dasturi talabalarga ish olami va moliyalar olamining chuqur tushunchasini taqdim etadi: talabalar hatarlarni boshqarish, moliyaviy tahlil, ishlab chiqarish hususiyatlari va yana ko’plab mavzularni o’rganadilar.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • Tibbiy va farmasevtik profildagi kompaniyani boshqarishning amaliy asboblarni o’zlashtirasiz
  • O’zgarayotgan vaziyatda inqirozli boshqarish va qarorlarni qabul qilish ko’nikmalarini ishlab chiqasiz
  • Strategik menedjment va kompaniya menedjmenti sohasida boshqaruv malakasini oshirasiz
  • Universal boshqarish komepetensiyalarini egallaysiz
  • Soq’liqni saqlash va farmasevtika sohasidagi idoralarni boshqarish uchun arur bo’lgan bilim va ko’nikmalarning zamonaviy to’liq majmuasiga ega bo’lasiz 

Ushbu o’quv dasturini tanlash kimga tavsiya etiladi?

  • Tibbiy va farmasevtik biznesda ishlayotgan kompaniyalarning rahbarlariga
  • Kompaniayalar turli xizmatlari va bo’linmalarining rahbarlariga va ofislarining mutahassislariga
  • O’z ko’nikmalarini ishlab chiqarishni boshqarishda mukammallashtirmoqchi bo’lgan hamma shaxslarga

O`qitish muddati va o`quv rejasi

Tibbiy buyumlar va dorilarni ishlab chiqarishda MBA dasturi bo`yicha o`qitish muddati 2 yil. O`qitish jarayonida 14 ta bazoviy modul, shuningdek qo`shimcha maxsus qism o`rgatiladi. Maxsus qism qatnab o’qish shaklida o’rgatiladi.

Abiturientlarga talablar:

  • Tugallangan oliy ma’lumot;
  • 2 yildan ortiq ish tajribasi.

Diplom

Sohali MBA dasturi bo’yicha o’quv jarayoni nihoyasiga yetgach, va diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo’ladi:

  1. Qo’shimcha (oliyga) ma’lumot to’g’risidagi diplom, “Ish yuzasidan boshqarish masteri – Master of Business Administration (MBA)” qo’shimcha malakaning berilganligini tasdiqlaydi;
  2. Ingliz tilidagi UNESCO logotipli Master of Business Administration darajasi berilganlik to’g’risidagi diplom hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement), horijiy tashkilotlarda taqdim qilinishi uchun qo’shimcha tarjima yoki notarial tasdiqlanishi kerak emas.

O’quv shakli va narxi:

Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 2-tа kunduzgi sеssiya bilan
219 000 rub.
(269 000 rub.)
269 000 rub.

O`qitish narhiga to`liq (2 yil) o`qitish kursi kiradi, qo`shimcha to`lovlar yo`q;
Boshlang`ich badali 0% bo`lgan 36 oygacha ta’lim kreditini olish mumkin.

Яндекс.Метрика