MBA Transport sohasida

Transport sohasi MBA dasturi transport va logistika sohasida biznes-masalalarni muvaffaqiyatli tarzda hal qilish uchun zarur bo’lgan umumiy tayyorgarlik bilan birgilkda ho’jalik faoliyatining ushbu sohasi uchun menedjment va marketing zamonaviy asboblarini o’rganish jarayonini qamrab oladi. Moscow Business School da ta’lim olishning ahamiyatli ustuvorligi shundaki — u tajribaga yo’naltirilgan, ya’ni olingan bilimlarni tez orada tajribada qo’llash imkoniyati mavjud.

O’quv jarayoni doirasida tinglovchilar tovarlarni turli transport turlari yordamida yetkazib berish sohasida bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar, yuk tashish jarayonini optimallashtirishning asosiy tehnologiyalarini o’zlashtiradilar, transport qonunchiligi va davlat tarif siyosatining asosiy nizomlarini o’rganadilar, tartibga solish va hujjat almashinuvi usullarini o’zlashtiradilar, ushbu jarayonni boshqarishning innobasion usullarini joriy etishni o’rganib chiqadilar.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • Transport logistikasini o’rganasiz
  • Transport-logistika harajatlarni minimallashtirishni o’rganasiz
  • Transport ob’yektlarining moliyaviy faoliyatini rejalashtirish va ularni byudjetlash bo’yicha professional tavsiyalarga ega bo’lasiz
  • Kompaniya faoliyatining transport sohasining moliyaviy istiqbollarini baholash va logistik strategiyani ishlab chiqishning ob’yektiv usullarini egallaysiz
  • Transportda faolitaning boshqaruv tahlilini o’rganib chiqasiz
  • Diplom loyihasi ustida ishlah borasida kompaniyada logistik jarayonlarni mukammallashtira va optimallashtira olasiz

Ushbu o’quv dasturini tanlash kimga tavsiya etiladi?

  • Transport sektoridagi kompaniyalar egalariga
  • Logistik xizmatlar va bo’limlar rahbarlariga
  • Transport yuk tashishlarni amalga oshirishga aloqasi bor menedjerlar, huquqshunoslar va boshqa hodimlarga

Abiturientlarga talablar:

  • Tugallangan oliy ma’lumot;
  • 2 yildan ortiq ish tajribasi.

Diplom

Sohali MBA dasturi bo’yicha o’quv jarayoni nihoyasiga yetgach, va diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo’ladi:

  1. Qo’shimcha (oliyga) ma’lumot to’g’risidagi diplom, “Ish yuzasidan boshqarish masteri – Master of Business Administration (MBA)” qo’shimcha malakaning berilganligini tasdiqlaydi;
  2. Ingliz tilidagi UNESCO logotipli Master of Business Administration darajasi berilganlik to’g’risidagi diplom hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement), horijiy tashkilotlarda taqdim qilinishi uchun qo’shimcha tarjima yoki notarial tasdiqlanishi kerak emas.

O’quv shakli va narxi:

Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 2-tа kunduzgi sеssiya bilan
219 000 rub.
(269 000 rub.)
269 000 rub.

O`qitish narhiga to`liq (2 yil) o`qitish kursi kiradi, qo`shimcha to`lovlar yo`q;
Boshlang`ich badali 0% bo`lgan 36 oygacha ta’lim kreditini olish mumkin.

Яндекс.Метрика