Axborot texnologiyalari
XXI asrda muvaffaqiyat keltiradigan strategiyalardan biri — bu texnologik rahnamolik ekanligi sir emas. Ilg`or texnologiyalarni qo`llagan holda kompaniyani rivojlantirish yoki yangi biznesni yaratishning yangi imkoniyatlarini ko`ra bilish esa — muvaffaqiyatli menejer yoki tadbirkorning muhim kompetensiyalaridan biri. Yil sayin axborot texnologiyalari sohasining jadal rivojlanishi tuuayli yangi biznes-strukturalar, oldingi yillardagi kvaliuikatsion spravochniklarda mavjud bo`lmagan yangi kasblar paydo bo`lmoqda.
Bugungi kunda siz mazkur revolyutsion dastur yordamida nafaqat o`zingizning boshqaruv saviyangizni kengaytirishingiz, balki biznesda turli AT-yechimlar va loyihalarni tanlash va samarali qo`llash, AT-xizmatlarning tashqi provayderlari bilan o`zaro aloqa qilish, bunday hamkorlikning xavfsizligini ta’minlash, axborot biznesini shakllantirish va arxitektura yechimlari hamda boshqa qator mavzular problematikasiga cho`mishingiz mumkin.
O’qish jarayoni natijasida siz:
- Sizning vakolat doirangizdagi boshqaruv masalalari yechimiga tizimli yondashishingiz mumkin;
- AT va kommunikatsion texnologiyalardagi eng zamonaviy yechimlar bilan tanishasiz;
- AT-soha kompaniyalari va AT-bo`limlarni boshqarishda o`z xodimlaringiz va ekspert-amaliyotchilarning tajribalari bilan tanishishingiz mumkin;
- Yangi AT – va internet loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlarini izlashning samarali AT-strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish instrumentlarini o`zlashtirib olasiz;
- Infratuzilmaga egalik qilish qiymatini baholashni bilib olasiz, axborot tizimining optimal arxitekturasini tanlashga zamonaviy tarzda yondashishni o`rganasiz;
- Diplom loyiha ustida ishlash jarayonida AT-bo`limda loyihalarni boshqarish tizimini takomillashtirishingiz yoki mazkur sohada yangi biznes-loyihani ishlab chiqishingiz mumkin.
Ushbu dasturni tanlash kimlarga tavsiya etiladi?
- AT–xizmat rahbarlariga
- Axborot biznes sohasidagi kompaniyalarning egalari va menejerlariga.
O`qitish muddati va o`quv rejasi
“Axborot texnologiyalari” ixtisosligiga MBA Professional dasturi bo`yicha o`qitish muddati 2 yil. O`qitish jarayonida 14 ta bazoviy modul, shuningdek qo`shimcha maxsus qism o`rgatiladi.