MBA O’zgarishlari boshqaruvi va bilimlar menejmenti

MBA O’zgarishlari boshqaruvi va bilimlar menejmenti yangi loyihalarni joriy etish va o’zgarishlar bilan bog’liq xarajatlarni baholash uchun zarur bo’lgan bilimlar orttirishning eng yaxshi usuli.

MBA O’zgarishlari boshqaruvi va bilimlar menejmentistrategik yuksalish, loyihalarni boshqarish, axborot texnologiyalarini qo’llagan holda biznes jarayonlarini faollashtirish, guruh boshqaruvi haqida chuqur tushuncha beradi

MBA boshqaruv o’zgarishlari va menejment bilimlari bitiruvchilari tashkilot va loyiha rahbari, boshqaruv maslaxatchisi va shu kabi lavozimlarda ishga joylashish kabi qo’shimcha ustunlikka ega bo’ladilar.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • Tashkiliy o’zgarishlar muammosiga amaliy yondashuvni o’rganasiz
  • O’zgarishlarni amalga oshirish uchun tashkilotning tayyorligini taxlil qilish bo’yicha bilim va ko’nikmalrga ega bo’lasiz
  • O’zgarishlar boshqaruviga jarayoniy yondashishni ishlab chiqasiz
  • O’zgarishlarga qarshi ishlashni o’rganasiz
  • Tijoriy madaniyat doirasida o’zgarishlarni boshqarishni uchun zarur bilim va ko’nikmaga ega bo’lasizlar.
  • O’zgarishlar siyosati va g’oyasini muayyan shaklga keltirishni o’rganasizlar
  • Jamoada ishlash asoslariga tayangan holda, jamoadagi muhim qatnashchilarni tanlash va ularga o’z vazifalarini mukammal tarzda taqsimlashni o’rganasizlar
  • Loyiha muddati va manbaalari bo’yicha ularni savodli ravishda rejalashtirish va yo’lga qo’yish
  • Loyihani qay tarzda nazorat qilishni o’rganasiz va uning natijasini oldindan bashorat qila olasiz
  • Xavf-xatar va o’zgarishlarni qay tarzda boshqarishni o’rganish
  • Zudlik bilan loyiha guruhini tashkil qilish va ularnisavodli tarzda boshqarishni o’rganasiz
  • Boshqaruv jamoalarini tuzish bo’yicha zarur qonun va buyruqlarni o’rganasiz
  • Jamoalarni tuzish va qayta shakllantirish bo’yicha zamonaviy texnologiyalarni o’rganasiz
  • Xodimlarni faol xarakatlari va yuqori tashabbuslarini rag’batlantirish bo’yicha ko’nikma hosil qilasiz
  • Boshqaruvdagi kadrlar va tashkiliy xavf-xatarlarni hisobga olishni o’rganasiz
  • Boshqaruv jamoasidagi kelishmovchilik holatlarini hal etish va boshqarish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lasiz

Ushbu dasturni tanlash kimlarga tavsiya etiladi?

  • Tashkilot egalari va rahbarlariga
  • Loyiha xodimlari va menejerlarga
  • Rivojlanish, marketing va PR bo’yicha direktorlarga
  • Kadrlar bo’limi rahbariga
  • Tashkilit rivojlantirish bo’yicha mutaxassisga

O`qitish muddati va o`quv rejasi

“MBA O’zgarishlari boshqaruvi va bilimlar menejmenti” dasturi bo`yicha o`qitish muddati 2 yil. O`qitish jarayonida 14 ta bazoviy modul, shuningdek qo`shimcha maxsus qism o`rgatiladi. Maxsus qism qatnab o’qish shaklida o’rgatiladi.

Аbituriеntlаrgа tаlаblаr:

  • Tugаllаngаn оliy tа`lim (bakalavriat, mutahassislik yoki magistratura);
  • Ikki yildаn оrtiq mеhnаt tаjribаsi.

Diplomlar:

Konsalting mutahassisligi bilan MBA professional dasturi bo'yicha o'qish jarayoni nihoyasiga yetgach, hamda diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo'ladi:

  1. “Ish yuzasidan boshqarish masteri — Master of Business Administration (MBA)” qo'shimcha kvalifikasiyaning berilganini tasdiqlovchi qo'shimcha (oliy) ma'lumotga diplom;
  2. Chet el tashkilotlarda taqdim etish uchun qo'shimcha tarjima qilinishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak bo'lmagan Master of Business Administration darajasining berilganligi to'g'risidagi ingliz tilidagi xalqaro diplom, hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement).

O’quv shakli va narxi:

Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 2-tа kunduzgi sеssiya bilan
219 000 rub.
(269 000 rub.)
269 000 rub.

O`qitish narhiga to`liq (2 yil) o`qitish kursi kiradi, qo`shimcha to`lovlar yo`q;
Boshlang`ich badali 0% bo`lgan 36 oygacha ta’lim kreditini olish mumkin.

Яндекс.Метрика