MBA Savdo va distributsiya

Agar tashkilot o’z mahsulotini sotmoqchi bo’lsa, istak va savodli marketingning o’zi yetmaydi. Qisqa vaqt ichida ma’lum hajmdagi sotuvni ta’minlab beruvchi sales-menejment zarur.

Bugunda savdo boshqaruvi sohasidagi muvaffaqiyat savdo sohasidagi, hamda rahbarlik va boshqaruv sohasidagi bilimlar uyushmasisiz bo’lishi mumkin emas. “Savdo va distributsiya” kursi umuman olganda savdo tizimi va siyosatini eng samarali usul bilan to’g’rilashni o’rganish imkoniyatini beradi. Ekspert — amaliyotchilar yordamida siz xodimlarni ilhomlantirishning mukammal usullarini ishlab chiqasiz hamda mijozni mahsulot xarid qilishiga undaydigan tamoyillarni o’rganib chiqasiz.

Moscow Business Schoolning har qanday dasturining sezilarli imtiyozi — ularning amaliyotga qaratiganligi, ya’ni bilimlarni tez orada ishda qo’llash imkoniyati.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • Savdo bo’limi biznes jarayonlaridagi yangiliklar bilan tanishasiz
  • Savdo bo’limi texnologiya boshqaruvi va xodimari motivatsiyasini o’zlashtirasiz
  • Savdo rejalarini to’g’ri tuzishni va daromadni oldindan ko’zlashni o’rganasiz
  • Savdo bo’limining marketing bo’limi va boshqa bo’linmalar bilan samarali muloqotini yo’lga qo’ya olasiz
  • Savdo strategiyasini ishlab chiqishni va joriy etishni o’rganasiz
  • Mijozlar bilan aloqani eng yuqori natijaviylik bilan shakllantirishni bilib olasiz
  • Diplom loyihangiz ustida ishlagan holda o’z tashkilotingizda savdo va distributsiya tizimini mukammallashtira olasiz

Ushbu dasturni tanlash kimlarga tavsiya etiladi?

  • Savdo bo’limi rahbarlari va menejerlariga
  • Savdo bo’yicha direktorlarga
  • Mahsulotni taqsimlash bo’yicha direktorlarga
  • Tijoriy direktorlarga

Аbituriеntlаrgа tаlаblаr:

  • Tugаllаngаn оliy tа`lim (bakalavriat, mutahassislik yoki magistratura);
  • Ikki yildаn оrtiq mеhnаt tаjribаsi.

Diplomlar:

Konsalting mutahassisligi bilan MBA professional dasturi bo'yicha o'qish jarayoni nihoyasiga yetgach, hamda diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo'ladi:

  1. “Ish yuzasidan boshqarish masteri — Master of Business Administration (MBA)” qo'shimcha kvalifikasiyaning berilganini tasdiqlovchi qo'shimcha (oliy) ma'lumotga diplom;
  2. Chet el tashkilotlarda taqdim etish uchun qo'shimcha tarjima qilinishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak bo'lmagan Master of Business Administration darajasining berilganligi to'g'risidagi ingliz tilidagi xalqaro diplom, hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement).

O’quv shakli va narxi:

Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 2-tа kunduzgi sеssiya bilan
219 000 rub.
(269 000 rub.)
269 000 rub.

O`qitish narhiga to`liq (2 yil) o`qitish kursi kiradi, qo`shimcha to`lovlar yo`q;
Boshlang`ich badali 0% bo`lgan 36 oygacha ta’lim kreditini olish mumkin.

Яндекс.Метрика