Elektron tijorat va internet-marketing

O’tgan asrning 80-yillarida hali hech kim yaqin orada yangi turdagi tadbirkorlikning - o’zining va o’zgalarning tovar va xizmatlarni internet orqali amalga oshirish biznesining paydo bo’lishini tasavvur qila olmas edi. Shuningdek, yangi turdagi kasblar– ijtimoiy tarmoqlarda targ’ibot qilish bo’yicha menedjer, internet-marketolog va birinchi o’rinda tarmoqlararo biznesning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq boshqa kasblar ham paydo bo’ldi. Boshqa tomondan ilmlar asri va umumiy axborotlashtirish iste’mol qilish xususiyatining o’zgarishiga olib keldi.

O’quv dasturining asosiy maqsad va yo’nalishlari bu elektron biznes boshqaruvi sohasida yuqori malakali boshqaruvchilarning yangi avlodini tayyorlash, zamonaviy internet –texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanish orqali o’zining bo’lim va tashkilotlarini zamonaviy miqyosda samarali takomillashtirish, jiddiy xavf- xatar va imkoniyatlarni yuzaga keltiruvchi o’sib borayotgan murakkab globalizatsiya va jadal rivojlanayotgan axborot muhitida biznes masalalarini muvaffaqiyatli yechish, elektron tijorat va internet — marketingni tashkil qilishning so’nggi vositalarini qo’llash hisobiga Rossiya iqtisodining samarali modernizatsiyasi va tadbirkorlikning innovatsion rivojlanishida amaliy hissa qo’shish.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • boshqaruvning eng yaxshi amaliyotiga tayangan holda elektron biznes yoki elektron tijorat  tarkiblarini o’zida mujassamlashtirgan an’anaviy biznesni rivojlantirish bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishga tizimli yondasha olasiz;
  • marketingning zamonaviy trendlari bilan tanishasiz;
  • asosiy biznes-jarayonlar va logistik tizimni optimizatsiya qila olasiz;
  • boshqaruvga loyihaviy va jarayoniy yondashishni o’rganasiz;
  •  virtual va an’anaviy  komandalarni boshqarishni o’ziga xos xususiyatlari bilan  tanishasiz
  • operatsion menedjment, xalqaro va an’anaviy marketing  va boshqa  sohalarda eng  yaxshi amaliyotni o’zingizning tashkilotlaringizda qo’llashga moslashtira olasiz;
  • elektron tijorat va marketing sohalarida o’z loyihalarini amalga oshiruvchi  ekspert-amaliyotchilar va kursdoshlaringizdan kompaniyaning boshqaruvi va tuzilishi bo’yicha tajribalari bilan tanishasiz

Ushbu dasturni tanlash kimlarga tavsiya etiladi?

  • elektron tijorat  va marketing sohalarida loyihalarni amalga  oshirishni o’z ma’suliyatiga olgan turli darajadagi boshqaruv  rahbarlariga
  • biznesni rivojlantirish yoki  strategik boshqarish va  marketing bo’yicha  menedjer va direktorlarga;
  • konsalting loyihalari rahbarlariga.

O`qitish muddati va o`quv rejasi

“Elektron tijorat va internet-marketing” ixtisosligiga MBA Professional dasturi bo`yicha o`qitish muddati 2 yil. O`qitish jarayonida 14 ta bazoviy modul, shuningdek qo`shimcha maxsus qism o`rgatiladi.

Аbituriеntlаrgа tаlаblаr:

  • Tugallangan oliy ma’lumot (bakalavriat, mutaxassis yoki magistratura);
  • 2 yildan ortiq ish tajribasi.

Diplomlar:

Konsalting mutahassisligi bilan MBA professional dasturi bo'yicha o'qish jarayoni nihoyasiga yetgach, hamda diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo'ladi:

  1. «Ish yuzasidan boshqarish masteri — Master of Business Administration (MBA)» qo'shimcha kvalifikasiyaning berilganini tasdiqlovchi qo'shimcha (oliy) ma'lumotga diplom;
  2. Chet el tashkilotlarda taqdim etish uchun qo'shimcha tarjima qilinishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak bo'lmagan Master of Business Administration darajasining berilganligi to'g'risidagi ingliz tilidagi xalqaro diplom, hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement).

O’quv shakli va narxi:

MTTni qo’llash bilan sirtqi shakl Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 2-tа kunduzgi sеssiya bilan
Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 1-tа kunduzgi sеssiya va
chet elda 1-ta kunduzgi sessiya bilan
149 000 rub.
(219 000 rub.)
219 000 rub.
219 000 rub.
(269 000 rub.)
269 000 rub.
249 000 rub.
(369 000 rub.)
369 000 rub.

O`qitish narhiga to`liq (2 yil) o`qitish kursi kiradi, qo`shimcha to`lovlar yo`q;
Boshlang`ich badali 0% bo`lgan 36 oygacha ta’lim kreditini olish mumkin.

Яндекс.Метрика