Iqtisod

Zamonaviy kompaniyaning barqaror rivojlanishini uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatdagi yuqori malakali boshqaruvsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Biroq, iqtisodchi biznesning qanday ishlashini, biznesning bahosini oshirish uchun uzoq muddatli manbalarning joylashuvini, yoki uning barqarorligining qanday ta’minlashni faxmlamasa, bunday iqtisodchi yomondir.

MBA Professional “Iqtisod” sohasiga yo’nalgan dasturda o’qish orqali, siz biznesni boshqarish muammosiga, shuningdek uning barcha yo’nalishlariga- marketing, operatsion faoliyat, kadrlar boshqaruvi, strategik menedjment va boshqalarga chuqur yondashish bilan bir qatorda, kichik guruhlarda bugungi kundagi iqtisodiy-moliyaviy faoliyatning tashkiloti bilan bog’liq muammolarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz, shuningdek siz moliyaviy iqtisodiy faoliyatdagi qaytimning samarasini oshirishga qaratilgan bir qancha zamonaviy texnologiyalarni va instrumentlarini qo’llashni o’rganib olasiz.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • o’zingizning kompaniyangizning  samarali boshqaruv tizimini va moliyaviy boshqaruv,  marketing tashabbusi,  insonlar va jarayonlar  doirasidagi boshqaruv masalalarini bosqichma bosqich qaror qilishni shakllantirasiz;
  • zamonaviy asboblarning  investitsiya strategiyasi,  soliq yukini eng qulay shart sharoit yaratishni, qaltis jarayonlarni boshqarishni, moliyaviy prognozlar takomillashuvi va ishlanmasidagi o’rni bilan tanishasiz;
  • moliyaviy-iqtisodiy bo’limlardagi boshqaruv savollari  bo’yicha tengdoshlaringiz va ekspert- amaliyotchilar bilan tajriba va bilimlaringizni almasha olasiz;
  • samarali moliyaviy strategiyaning uslublarini takomillashuvi va ishlanmasini o’zlashtirasiz va uni tashqi muhitdagi o’zgarishlarga qarab moslashtirishni o’rganasiz;
  • investorlar bilan aloqa o’rnatish malakasiga, loyihaning boshqaruvini moliyaviy – xo’jalik faoliyatini avtomatizatsiyalashni o’zlashtirasiz;
  • diplom ishining loyihasi ustida ishlash jarayonida o’zingizning  tizimingizni moliyaviy-iqtisodiy bo’limlarini takomillashtirish , yoki moliyaviy strategiyani va sistemani ishlab chiqarish va uni amalga oshirish imkoniga ega bo’lasiz

Ushbu dasturni tanlash kimlarga tavsiya etiladi?

  • o’zining menedjer sifatidagi mavqeini zamonaviy kompaniyaning  moliyaviy-iqtisodiy boshqaruvi bilan bog’lagan shaxslarga;
  • Firmaning moliyaviy-iqtisodiy bo’limidagi faoliyatida takomillashtirish loyihalarini amalga oshirish vakolatiga ega, endigina o’z faoliyatini boshlayotgan rahbarlarga

O`qitish muddati va o`quv rejasi

“Iqtisod” ixtisosligiga MBA Professional dastur bo`yicha o`qitish muddati 2 yil. O`qitish jarayonida 18 ta modul o`rgatiladi.

Mashg`ulotlar jadvali

Mashg`ulotlarning boshlanishi: 2012 yil 1 noyabr.

O`qitish rejimi — har hautaning dushanba va chorshanbasida soat 18:30 dan 21:30 gacha, jumada soat 16:30 dan 21:30 gacha, shuningdek oyda bir marta shanba kunlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Аbituriеntlаrgа tаlаblаr:

  • Tugаllаngаn оliy tа`lim (bakalavriat, mutahassislik yoki magistratura);
  • Ikki yildаn оrtiq mеhnаt tаjribаsi.

Diplomlar:

Konsalting mutahassisligi bilan MBA professional dasturi bo'yicha o'qish jarayoni nihoyasiga yetgach, hamda diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo'ladi:

  1. “Ish yuzasidan boshqarish masteri — Master of Business Administration (MBA)” qo'shimcha kvalifikasiyaning berilganini tasdiqlovchi qo'shimcha (oliy) ma'lumotga diplom;
  2. Chet el tashkilotlarda taqdim etish uchun qo'shimcha tarjima qilinishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak bo'lmagan Master of Business Administration darajasining berilganligi to'g'risidagi ingliz tilidagi xalqaro diplom, hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement)

O’quv shakli va narxi:

Qatnab o’qish
280 000 rub.
(400 000 rub.)
400 000 rub.

Narhi bitta tinglovchini to`liq o`qitish kursi uchun ko`rsatilgan, o`qitish jarayonida qo`shimcha to`lovlar yo`q.

Яндекс.Метрика