Rahnamolik

Bugungi kunda tom ma’noda rahbar bo`lish uchun strategik va moliyaviy tahlil va rejalashtirishni amalga oshirish ko`nikmalarini egallashning o`zi yetarli emas, o`z hamkasabalarini yaxshiroq tinglay olish hamda o`zining boshqaruv uslubini vaziyatga qarab o`zgartirib va turli ta’sir etish instrumentlarini qo`llab, ularning harakatlarini boshqarishni o`rganishi kerak

“Rahnamolik” shunchaki quruq so`z emas, balki biznesda muvaffaqiyatga erishish vositasi ekanligiga ishonchi komil bo`lganlar uchun Moskva texnologiya instituti va Moscow Business School “Rahnamolik” ixtisosligi bo`yicha MBA Professional dastur ishlab chiqdilar.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • O`z kompaniyangizni boshqarishning samarali tizimini yaratishingiz va moliya, marketing tashabbuslari, odamlar va jarayonlarni boshqarish sohasidagi vaziualarni yechishga tizimli yondashishingiz mumkin;
  • Rahnamolikning zamonaviy kontseptsiyalari va zamonaviy tashkilotda rahnamolik institutini qurishning eng yaxshi amaliyotchilari bilan tanishasiz;
  • Kursdoshlaringiz va menejment sohasidagi ekspert-amaliyotchilar bilan bilim va tajriba almashishingiz mumkin;
  • O`zingizning rahnamolik salohiyatingizni ochasiz va biznesingizning xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish instrumentlarini o`zlashtirasiz;
  • Kouching, qimmatliklarni boshqarish, ta’sir ko`rsatish, shaxsiy brendingiz va aloqa tarmoqlarini yaratish va ilgari surish, loyihalarni boshqarish ko`nikmalariga ega bo`lasiz;
  • Diplom loyiha ustida ishlash jarayonida o`z tashkilotingizda boshqarish tizimini takomillashtirishingiz mumkin.

Ushbu dasturni tanlash kimlarga tavsiya etiladi?

  • O`zining boshqaruv mavqeini uyushgan va maqsadga intiluvchan komandalarni shakllantirish bilan bog`laydiganlarga;
  • O`z samaradorligi va biznesining samaradorligini oshirishni rejalashtirayotgan rahbarlarga.

O`qitish muddati va o`quv rejasi

“Rahnamolik” ixtisosligiga MBA Professional dastur bo`yicha o`qitish muddati 2 yil. O`qitish jarayonida 18 ta modul o`rgatiladi.

Mashg`ulotlar jadvali

Mashg`ulotlarning boshlanishi: 2012 yil 1 noyabr.

O`qitish rejimi — har hautaning dushanba va chorshanbasida soat 18:30 dan 21:30 gacha, jumada soat 16:30 dan 21:30 gacha, shuningdek oyda bir marta shanba kunlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Аbituriеntlаrgа tаlаblаr:

  • Tugаllаngаn оliy tа`lim (bakalavriat, mutahassislik yoki magistratura);
  • Ikki yildаn оrtiq mеhnаt tаjribаsi.

Diplomlar:

Konsalting mutahassisligi bilan MBA professional dasturi bo'yicha o'qish jarayoni nihoyasiga yetgach, hamda diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo'ladi:

  1. “Ish yuzasidan boshqarish masteri — Master of Business Administration (MBA)” qo'shimcha kvalifikasiyaning berilganini tasdiqlovchi qo'shimcha (oliy) ma'lumotga diplom;
  2. Chet el tashkilotlarda taqdim etish uchun qo'shimcha tarjima qilinishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak bo'lmagan Master of Business Administration darajasining berilganligi to'g'risidagi ingliz tilidagi xalqaro diplom, hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement)

O’quv shakli va narxi:

Qatnab o’qish
280 000 rub.
(400 000 rub.)
400 000 rub.

Narhi bitta tinglovchini to`liq o`qitish kursi uchun ko`rsatilgan, o`qitish jarayonida qo`shimcha to`lovlar yo`q.

Яндекс.Метрика