MBA loyiha menejmenti

O’tgan asr oxirlaridan boshlab loyiha boshqaruvi elementlari nafaqat yangilikka shay bo’lgan tashkilotlar yoki menejment loyihasiga ehtiyoj his qilayotgan korxonalar (kasbiy xizmat sohalari, qurilish va boshqalar) faoliyatida, balki yanada ko’proq konservativ tashkilotlar faoliyatiga, jumladan hukumat organlari faoliyatida ham mujassamlashtirildi.

Shuning uchun Moscow Business School Moskva Texnologik Insituti bilan hamkorlikda yo’nalish ixtisozligini e’tiborga olgan holda nafaqat sizning boshqaruvga bo’lgan umumiy yondashuvingizga e’tibor qaratishingizga, balki loyihalar boshqaruvining zamonaviy uslublari, vaqtinchalik va virtual guruhlarning samaradorligini shakllantirishga yondashuvlar, autsorsing va qator boshqa loyihalarning o’ziga xosligi bilan tanishib chiqish imkoniyatini beruvchi MBA dasturini taklif qiladi. O’quv davomida siz nafaqat qatnagan holda muntazam mashg’ulotlarda, balki loyiha boshqaruvi, innovatsiyalar, sarmoyaga oid loyihalar boshqaruvi sohasidagi ekspert-amaliyotchilarning vebinarlarida ishtirok eta olasiz.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • Tashkilotingiz boshqaruvining samaradorli tizimini tuza olasiz, moliya, marketingga oid tashabbuslar, xodimlar va jarayonlarni boshqarish sohasidagi boshqaruvga oid masalalarni yechishga tizimli yondasha olasiz;
  • Loyiha va loyihalar to’plami boshqaruvining zamonaviy uslubari bilan tanishib chiqasiz;
  • O’z kursdoshlaringiz va loyiha boshqaruvi sohasidagi ekspert-amaliyotchilar bilan loyihaga moliyaviy va nomoliyaviy manbalarni jalb qilish masalalari yechimlari xususida bilim va malaka ayirboshlay olasiz;
  • Biznesning o’ziga xosligini hisobga olgan holda samarali strategiyalar ishlab chiqish va amalga oshirish asboblarini o’zlashtirasiz, tashkilot strategiyalarini amalga oshirishda ichki tijoriy loyihalar o’rnini his qilasiz;
  • AT infratuzilmalariga ega bo’lish qiymatini baholay olasiz, axborot tizimi va loyihani boshqarish avtomatlashtirilgan tizimlarining mukammal arxitekturasining tanloviga zamonaviy yondashuvlarni o’rganasiz;
  • Diplom loyihangiz ustida ishlash jarayonida o’z tashkilotingizdagi loyihalarni boshqarish tizimini mukammallashtira olasiz.

Ushbu dasturni tanlash kimlarga tavsiya etiladi?

  • O’z boshqaruv martabasini loyihalar boshqaruvi sohasi bilan bo’glashni istaganlarga;
  • O’z tashkilotlarida loyihalar boshqaruvi elementlarini qo’llamoqchi bo’lgan mavjud rahbarlarga.

O`qitish muddati va o`quv rejasi

O’quv boshlanishi: 1 noyabr 2012 yil.
Variant 1: Dushanba, chorshanba 18:30 dan 21:30 gacha, dushanba 16:300 dan 21:30 gacha + bir oyda bir shanba 10:00 dan 17:00 gacha.
MBA Project Management dasturida o’quv umumiy davomiyligi 2 yilni tashkil qiladi.

Fayllar: 

Аbituriеntlаrgа tаlаblаr:

  • Tugаllаngаn оliy tа`lim (bakalavriat, mutahassislik yoki magistratura);
  • Ikki yildаn оrtiq mеhnаt tаjribаsi.

Diplomlar:

Konsalting mutahassisligi bilan MBA professional dasturi bo'yicha o'qish jarayoni nihoyasiga yetgach, hamda diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo'ladi:

  1. “Ish yuzasidan boshqarish masteri — Master of Business Administration (MBA)” qo'shimcha kvalifikasiyaning berilganini tasdiqlovchi qo'shimcha (oliy) ma'lumotga diplom;
  2. Chet el tashkilotlarda taqdim etish uchun qo'shimcha tarjima qilinishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak bo'lmagan Master of Business Administration darajasining berilganligi to'g'risidagi ingliz tilidagi xalqaro diplom, hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement)

O’quv shakli va narxi:

Qatnab o’qish
280 000 rub.
(400 000 rub.)
400 000 rub.

Narhi bitta tinglovchini to`liq o`qitish kursi uchun ko`rsatilgan, o`qitish jarayonida qo`shimcha to`lovlar yo`q.

Яндекс.Метрика