MBA texnologiyalar boshqaruvi

Zamonaviy biznes sharoitlarida tashkilotlarning mavjudligi ularning doimiy tarzda o’zgarib borayotgan zamon talablariga moslashishi va javob berishi bilan o’lchanadi. Mahsulot ishlab chiqarishda, xizmat ko’rsatishda, biznes boshqaruvida, mijozlar bilan muloqot davomida yangi uslublarni amalda qo’llash raqobat ustunligini taminlaydi. Har qanday rahbar yangi ishlanmalarni boshqarish uchun savodli tarzda strategiya, uslub va asboblarni tanlashi muhim ahamiyat kasb etadi.

MBA “Texnologiyalar boshqaruvi” dasturi bitiruvchilari yangi texnologiyalar boshqaruvi sohasida qo’shimcha bilimga ega bo’ladilar.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • Innavatsion faoliyatning strategik yo’nalishini aniqlashni o’rganasiz
  • Innavatsiya joriy qilish strategiyalarini ishlab chiqasiz
  • Innavatsion faoliyatni baholash asboblarini o’rganasiz
  • Tizimli usul doirasida strategic fikr yuritish malakalariga ega bo’lasiz
  • xususiy va tijoriy mijozlar bilan o’zaro muloqot qilish ko’nikmalariga ega bo’lasiz
  • Biznes rivojlanishining turli xil strategiyalarini baholay olasiz
  • Ishga oid va o’zaro shaxsiy muloqotni samarali o’rnatish ko’nikmalariga ega bo’lasiz
  • Tashkilot xodimlari o’rtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni aniqlash va ularni samarali bartaraf etish bo’yicha bilimga ega bo’lasiz
  • Marketing boshqaruvini texnik nazoratini o’rganasiz
  • Samarali tarzda kommunikatsion dasturlar rivojlanishini yarata olasiz
  • Biznes jarayonining savdo sotiq bo’limiga oid yangiliklar bilan tanishasiz

Ushbu dasturni tanlash kimlarga tavsiya etiladi?

  • Biznes egalari, oliy va o’rta bo’g’in menejerlariga
  • Yangi ishlab chiqarish texnologiyasi bilan shug’ullanuvchi mutaxassis, moliya mutaxassisi, tijoriy mutaxassis, boshqaruv va shu sohaga oid mutaxassis
  • Federal innovatsion loyiha va dastur rahbarlariga
  • Savdo sotiq bo’limi rahbarlariga
  • Savdo sotiq bo’limi direktorlariga
  • Savdo sohasidagi direktorlariga
  • Tijorat sohasidagi direktorlarga

O`qitish muddati va o`quv rejasi

“MBA texnologiyalar boshqaruvi” ixtisosligiga MBA Professional dasturi bo`yicha o`qitish muddati 2 yil. O`qitish jarayonida 14 ta bazoviy modul, shuningdek qo`shimcha maxsus qism o`rgatiladi. Maxsus qism qatnab o’qish shaklida o’rgatiladi.

Аbituriеntlаrgа tаlаblаr:

  • Tugаllаngаn оliy tа`lim (bakalavriat, mutahassislik yoki magistratura);
  • Ikki yildаn оrtiq mеhnаt tаjribаsi.

Diplomlar:

Konsalting mutahassisligi bilan MBA professional dasturi bo'yicha o'qish jarayoni nihoyasiga yetgach, hamda diplom loyihasi himoya qilingach, har bitta bitiruvchi ikkita diplomga ega bo'ladi:

  1. “Ish yuzasidan boshqarish masteri — Master of Business Administration (MBA)” qo'shimcha kvalifikasiyaning berilganini tasdiqlovchi qo'shimcha (oliy) ma'lumotga diplom;
  2. Chet el tashkilotlarda taqdim etish uchun qo'shimcha tarjima qilinishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak bo'lmagan Master of Business Administration darajasining berilganligi to'g'risidagi ingliz tilidagi xalqaro diplom, hamda diplomga umumyevropalik ilova (Diploma Supplement).

O’quv shakli va narxi:

Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 2-tа kunduzgi sеssiya bilan
219 000 rub.
(269 000 rub.)
269 000 rub.

O`qitish narhiga to`liq (2 yil) o`qitish kursi kiradi, qo`shimcha to`lovlar yo`q;
Boshlang`ich badali 0% bo`lgan 36 oygacha ta’lim kreditini olish mumkin.

Яндекс.Метрика