MBA Start

MBA Start — MBA General standartlari bo’yicha masofadan o’qitish dasturi bo’lib, uning yuqori samaradorligi masofadan o’qishni darslarga qatnab o’qishga yaqinlashtiradigan videoma’ruzalar va qator boshqa o’quvga oid faolliklarning keng ko’lamda ishlatilishi hisobiga ta’minlanadi (veb-konferensiyalar, vebinarlar, bahs seminarlari, mintaqaviy va vazifaviy uyushmalar).

MBA start dasturi Moscow Business School Rossiya va jahon bozorida liderlik qilayotgan tashkilotlarni boshqarishda tajribaga ega bo’lgan ekspert-amaliyotchilar va o’z biznesini boshqarishga yangicha yondashuvlarni yaratgan muvaffaqiyatli tadbirkorlar yordamida mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

MBA Start — amaliyotga yo’naltirilgan o’quv dasturi bo’lib, MBA General jahon standartlariga mos keladi va biznes sohasidagi eng yangi tadqiqotlarning natijalari, haqiqiy dalillar va amaliy qarorlarni o’z ichiga oladi. Ushbu dastur tinglovchisi bo’lish bian siz o’ng yillikar mobaynida muvaffaqiyatli Rossiya va jahon tashkilotlari tomonidan yig’ilgan bilim va tajribalarning keng omboridan foydalanish imkoniga ega bo’lasiz. Biz aminmizki, MBA Start sizning uzoq maqsadlaringiz va kasbiy o’sishingizga yetishishga xizmat qiladi.

MBA Start dasturi — bu:

  • Dunyoning har qanday nuqtasidan masofada o’qish dasturi;
  • 24 soat ichida siz uchun qulay bo’lgan vaqtda o’quv materiallaridan foydalanish tartibi;
  • O’quv jarayonida o’qituvchi tomonidan har bir tinglovchiga bo’lgan alohida yordami;
  • Darslarga qatnab o’qish effektini beruvchi Video shaklidagi savod bilan tuzilgan ma’ruzalar;
  • Muntazam ravishdagi vebinarlarda yetakchi mutaxassilar bilan muloqot;
  • Turli sohadagi mutaxassislar – Moscow Business School bitiruvchilari va tinglovchilari bilan muloqot uchun ijtimoiy tarmoq;
  • MBA davlat diplomi, Diploma Supplement xalqaro diplomi;
  • Ta’limga bo’lgan moliya va vaqtincha harajatlarning kamaytirilganligi

Ushbu dasturda ta’lim olish sizga qanday imkoniyatlarni ochib beradi?

  • Eng yuqori halqa, CEO toifasida fikr yuritishni o’rganish;
  • Boshqaruv malakasini eng yuqori darajagacha takomillashtirish;
  • Tashkilotga jarayon va vazifalarning o’zaro aloqasi kabi qarash;
  • Yetishmagan bilimlarni to’ldirish va mavjud bilimlarni yangilash;
  • O’zlashtirilgan bilim va materiallarni boshqaarni o’qitishda ishlatish;
  • Ma’lum muammolarni kursdosh va o’qituvchilar maslahati bilan yechish;
  • Yangi g’oyalarga va ularni amalga oshirishda impulsga ega bo’lish;
  • Shaxsiy biznesda maqsadlarni to’liq amalga oshirmoq;
  • Kundalik ish tartibi chegarasidan chiqish va kasbiy o’sihda olg’a surilish.

MBA Start dasturi bo’yicha ta’lim olish menejment, marketing, iqtisod va moliya sohalarida nazariy va amaliy bilimlarni orttirishni nazarda tutadi.

Moscow Business Schoolning MBA Start dasturi bo’yicha ta’lim ouvchi tinglovchilar boshqaruv faoliyatiga to’liq tayyordirlar va har qanday masalalarni: xodimlarni to’g’ri ilhomlantirishdan tashkilotning bozor siyosatini ishlab chiqishgacha, korxona ichidagi aloqalarni yo’lga qo’yishdan xalqaro biznes yaratishgacha, rasmiy muloqotni olib borishdan savodli sarmoyalashgacha bo’lgan masalalarni yechishga qodirlar.

MBA Start dasturi bo’yicha o’qishning natijasi:

  • Boshqaruvga oid dunyoqarashni shakllantirish, eng yuqori malakali mutaxassislar bilan bir qatorda ishlashga tayyorlik;
  • Zamonaviy tashkilot oldida turgan kompleks va tizimli masalalarni yechishga tayyorlik;
  • Dasturga qa’bul qilinishdan oldin orttirilgan tajriba qiymatini oshirish;
  • Ishga oid malakalarni rivojlantirish va inson va guruhlarni boshqarishniong asosiy tamoyillarini qo’llashni bilish;
  • Biznes rivojlanishini o’z ma’suliyatiga olishga tayyorlik va qodirik;
  • Shaxsiy va o’z vaqtini boshqarishning asosiy tamoyilarini tushunish;
  • Strategik va operatsion menejment, loyihalar boshqaruvi, hisob va hisobot, o’zgarishlar boshqaruvi bo’yicha asosiy vakolatlarni rivojlantirish;
  • Sfatli va ko’p sonlitadqiqotarni o’tkazishga oid uslublarni bilish;
  • Biznes faoliyati asosini va bozor iqtisodiyotini tushunish.

MBA Start bitiruvchilarining malaka oshirishi

MBA Start to’liq dasturini tugatib MBA diplomini qo’lga kiritgan shaxslar boshqaruvning yuqpri va o’rta halqasi menejerlari vazifalarini amalga oshirishga tayyordirlar.

Bitiruvchilar bozor iqtisodiyoti va uning imkoniyatlari, davlat vazifasi va iqtisodiy o’rni, biznesning ijtimoiy ma’suliyatini anglash va uni amalga oshirishning etik me’yorlariga sodiqlikning o’ziga xosligini tushunishga asoslangan mos ravishdagi bilimlar, malakalar va dunyoqarashga ega bo’ladilar.

Menejment sohasida bitiruvchilar biznes va bozor sharoitida strategik boshqaruv mohiyatini tushinadi; tashkilot burchi va maqsadlarini aniqashga qodir bo’ladi; raqobatli muhitda korxonaning kuchli va zaif taraflarini aniqlashga, shuning asosida tashkilot strategiyasini ishlab chiqish va joriy etish qodir bo’ladi, menejmentning zamonaviy tahlili, tashkilotga tizimli yondashuv uslubiyoti, tashkilotning ko’p sonli uslublari, tashhis uslublari, muammolar tahlili va yechimi hamda qarorlar qa’bul qilish va ularni amalda qo’llash asboblaridan foydalanishni biladi. MBA Start bitiruvchisi korxonaning tashkilit uzilmasini savodli ravishda tahlil qila oladi, strategoyaga, maqsad va vazifalarga, ichki va tashqi faoliyat sharoitlariga mos tuzilmani ishlab chiqa oladi, delegatsiyalash asosida vakolat va ma’suliyatni taqsimlay oladi, tashkiliy xulq va inson resurslari boshqaruvining zamonaviy konsepsiyalari asosida tashkilotda xodimlarni samarai boshqarish bilim va malakalariga ega bo’ladi, ularning rejalarini amalga oshira oladi, xodimlar faoliyatini tashkil qila oladi, xodimlarni samarali ilhomlantira oladi.

Marketing sohasida bitiruvchi marketingga oid chora-tadbirlarni tashkilot strategiyasi bilan birga rejalashtira oladi hamda operativ darajada marketing faoliyatini tashkil qiladi, uning samarali nazoratini amalga oshiradi, marketing sohasidagi manbalarni oqilona foydalanilishini ta’minlaydi. Bozor va bozordagi vaziyat tahlilini amalga oshirish, iste’molchi xulqini o’rganish uchun zarur malakaga ega bo’ladi, mahsulot raqobatdoshligini baholay oladi va uning kafolati chora-tadbirlarini ishlab chiqa oladi, tashkilot raqobat siyosatida narxlarni to’g’ri shakllantirishni faol qo’llaydi, talab, savdo, mahsulotning samarali ayirboshlanishini tashkil qiladi, mahsulotning bozorda ilgari surilishini ta’minlaydi, mahsulot taqsimlanishi tarmoqlarini shakllantira oladi, reklama, raqobatdoshlik va samarali faoliyatni ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalarini jamiyatning tashkilot va mahsulotlari haqidagi ijobiy fikrini shakllantirishda qo’llay oladi.

Iqtisodiyot sohasida bitiruvchi kerakli bilimlarga ega bo’ladi, bozor faoliyati mexanizmi va ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchining xulqini tushunadi, korxona strategiyasida iqtisodiy maqsadlarni shakllantirisha oladi, boshqaruv nuqtai nazaridan ishlab chiqarish xarajatlarni baholay oladi, korxona faoliyatini makro va mikrofakrolar bilan bog’lay oladi, Rossiya iqtisodiyoti rivojlanishi nuqtai nazaridanjahon iqtisodiyoti o’sish sur’atlarini tushunadi, xalqaro raqobat masalalariga yo’naltiriladi. U chet ellik hamkorlar bilan ishlashni va tashqi iqtisodiy operatsiyalar va xalqaro biznes tashkil qilishni o’z ichiga olgan holda tashqi iqtisodiy faoliyatga oid bilim va malakalarga ega bo’ladi.

Moliya sohasida dastur bitiruvchisi moliya sohasidagi chuqur bilimlarga ega bo’ladi va moliya menejmenti asoslariga ega bo’ladi, sarmoyaga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshira oladi, sarmoyaga oid loyihalar tahlili va tanlovini amalga oshiradi, ularni amalda qo’llashni tashkil qiladi.

Bitiruvchi o’z vaqtini tashkil qilishni biladi, mustaqil tahlil va menejmentni amalga oshira oladi, guruhda ishlay oladi, samarali muloqot va rasmiy muloqotni amalga oshira oladi. Taqdim etish va muzokaralar olib borish san’atiga ega.

Ushbu o’quv dasturini tanlash kimlarga tavsiya etiladi?

  • Top-menejerlar, direktorlar, biznes egalariga
  • Bo’lim va bo’linmalar rahbarlariga
  • Menejer va mutaxassislarga

O’quv davomiyligi va rejasi

MBA Start dasturida o’qish davomiyligi 2 yilni tashkil qiladi. O’qish davomida 15ta fan o’tiladi.

Abiturientlarga talablar:

  •  Tugallangan oliy ta’lim (bakalavriat, mutaxassislik yoki magistratura)
  • 2 yildan ko’p ish tajribasi

Diplomlar:

MBA Start dasturini tugashi va diplom loyihasi himoyasidan keyin har bir bitiruvchi ikki xil diplomni qo’lga kiritadi:

  1. Qo’shimcha malaka: “Rasmiy boshqaruv ustasi – Master of Business Administration (MBA) ” berilishi haqidagi  qo’shimcha oliy ma’lumot haqida diplom.
  2. Master of Business Administration darajasi berilganligi haqida ingliz tilidagi xalqaro diplom hamda jahon tashkilotlarida taqdim etiishi uhun qo’shimcha tarjima va isbot talab qilmaydigan diplomga umumyevropa ilovasi (Diploma Supplement).

Tа`lim shаkli vа nаrhi

Sirtqi dаm оlish kunlаri guruhidа
Mоskvаdа 1 tа kunduzgi sеssiya bilаn
109 000 rubl
(189 000 rubl)
189 000 rubl

Nаrhning tаrkibigа to’liq o’quv kursi (2 yil) kirаdi, qo’shimchа to’lоvlаr mаvjud emаs; 36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика